G'ARBIY YEVROPA UYG`ONISH DAVRI
Reja:
1.Yevropa Uyg`onish davri madaniyati va uning asosiy xususiyatlari.
2.Gumanizm, reformasiya, yangi inson idealining shakllanishi. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning oqibatlari.
3.Yevropa Uyg`onish davrining daholari: Leonardo da Vinchi, Rafael`, Mikelanjelo va boshqalar.
4.Tabiiy bilimlar va texnik taraqqiyot. N.Kopernik, D.Bruno, G.Galiley.
Uyg`onish davri to`g`risida qanday tassavurga egasiz? Nega bu davr Uyg`onish davri deb atalgan?
«Renessans» so`zining ma`nosi O`rta sar va madaniyatdan voz kechish, antik (yunon-rim) madaniyati va san`ati an`analariga qaytish, uning Uyg`onishi davridir. Shu bilan birga Renessans badiiy uslub hamdir. Ikki yarim asr davomida Italiya va so`ngra boshqa Yevropa mamlakatlarida sezilarli o`zgarishlar yuz berdi. Birinchi navbatda inson tafakkuri o`zgardi: odamlar osmonga, erga, tabiatga o`ziga boshqzacha nuqtai nazar bilan qaray boshladi. Oldingi odamlardan farqli o`laroq boshqacha maqsadlar paydo bo`lib, ular san`tda ham xos ohangda tasvirlana boshlandi. Chunki, haqiqatdan ham bu davrga kelib dunyo ancha o`zgargan edi. Ammo buni tushunish oson kechmadi. Bunda ayniqsa O`rta asr tafakkuri kishilaridan xolos bo`lish lozim edi. Shu boisdan ham inson endilikda antik madaniyatning boy merosiga murojaat eta boshladi. «Uyg`onish» atamasi XIX asrda ishlatila boshlangan bo`lsa ham bu jarayonlar ancha ilgari yuz berdi. Uni quyidagicha kichik davrlarga bo`lish mumkin:
Uyg`onish arafasi davri: XIII asrning ikkinchi yarmi – IX asr;
Ilk Uyg`onish: XV asr;
Yuqori Uyg`onish: XV asr oxiri – XVI asrning birinchi choragi;
Quyi Uyg`onish: XVI asrning so`ngi davri;
Uyg`onish Italiyada asosan XIV, boshqa Yevropa mamlakatlarida XV-XVI asrni qamrab oladi.
Uyg`onish madaniyatining shakllanishi, birinchi navbatda, o`rta asr madaniyatining chuqur inqiroziga nisbatan yuz berdi. Shu boisdan, Uyg`onishning asosiy xususiyati bu antifeodal yo`nalish kasb etganlik hamda dunyoviylik va racionalizmning diniylikdan ustuvorligidir. Dinning inqirozi ayni chog`da O`rta asr madaniyatining g`oyaviy-siyosiy asosini ham inqirozini belgilab berdi.
Shimoliy va O`rta Italiyaning tog`li hududlarida katta er egaligi paydo bo`lishiga sharoit bo`lmagani bois, X-XI asrlardayoq bu erlarda shaharlar paydo bo`lib, rivojlana boshladi. Bu esa jamiyatda savdogarlar, hunarmandlar qatlamlari, ya`ni burjuaziya vakillari mavqeining oshishiga olib keldi. Ular XIII asrdayoq feodallarga qarshi kurashda Florenciya, Bolonya, Siena g`ududlarida siyosiy hokimyatni qo`lga olishga ulgurgan edilar. Bu esa o`z navbatida, kapitalizmning dastlabki belgilari paydo bo`lishiga olib keldi. Burjua ishlab chiqarish munosabatlarining shakllanishi – bu esa Uyg`onish davri iqtisodiy hayotiga xos xususiyatdir.
Shuningdek, aynan Italiyada antik Rim madaniyati an`analari, ayniqsa, lotin tili, antik davr shaharlari, pullari va h.k. eng ko`p salanib qolgan edi. O`tmish ulug`vorligini tasdiqlovchi tarixiy xotiraning ham saqlanib qolganligi yangi madaniyatning shakllanishida katta ahamiyat kasb etdi.
Jamiyat hayotida shaharlar rolining kuchayishi, ya`ni shaharning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi ahamiyatining oshib borishi, savdo aloqalarining avj olishi, hunarmanchilikning taraqqiy etishi bilan hisochi, huquqshunos, muhandislar, texniklar, o`qituvchilar, shifokorlar va boshqa o`qimishli odamlarga nisbatan talab kuchaya bordi. shunday qilib, shaharlarda aqliy mehnat bilan shug`ullanuvchi kishilarning alohida toifasi – intelligenciya paydo bo`ladi.
^ Gumanizm, Reformasiya, yangi inson idealining shakllanishi. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning oqibatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |