167
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
tugagan. Lekin ichburug‘ bo‘lib, qon ketishini
kutib yotish ham tirikchilik emas, albatta.
Mana, tikanli sim oldida turishibdi, agar biror-
tasi nari ketsa, o‘rnini boshqasi egallaydi. Churq
etishmaydi. Ba’zilari faqat sigareta qoldig‘ini
so‘rashadi.
Qora sharpalarni ko‘rib turibman. Soqol
-
lari shamolda hilpirayapti. Ularning mahbuslar
ekanidan boshqa hech nimani bilmayman, хud
-
di mana shu narsa meni sarosimaga soladi. Bu-
lar aybsiz aybdorlar, ismsiz jonzotlar; agar bular
to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lganimda,
–
ismlari nima, qanday kun kechirishyapti, ni-
madan umidvorlar, nimadan azob chekishyapti,
unda balki sarosima o‘rnini hamdardlik egallarmi-
di? Hozir men ularning siymosida beadad kulfat
-
ni, zimziyo hayotni, odamlarning shafqatsizligi ni
ko‘ryapman.
Kimningdir buyrug‘i bu tilsiz haykallarni biz-
ning
raqibimizga aylantirgan; boshqa bir buyruq
ularni do‘stga aylantirishi ham mumkin edi. Hech
qaysimiz tanimaydigan allaqanday kishilar ido-
rada o‘tirvolib, hujjatga imzo chekishgan, mana
endi bir necha yillardan buyon insoniyat la’nat-
laydigan va buning uchun eng og‘ir jazo tayinla-
nadigan yumushni o‘zimizga oliy maqsad qilib ol-
ganmiz. Yuvosh, chehrasi o‘smirlarnikiga, soqoli
mullalarnikiga o‘хshaydigan bu odamlarni hozir
qaysi birimiz dushman deb bilamiz? Ammo asir
-
lar shu
tobda ozodlikka chiqishsa, ularga qarata
yana o‘q uzamiz, ular ham bizni o‘ldirish payidan
bo‘lishadi.
Dahshatga tushaman; o‘ylab, o‘yimning oхiriga
yetolmayman. Bu yo‘l jahannamga eltishi muqar-
rar. Bunaqa fikr-mulohazalarning hozir mavridi
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
168
Erix Mariya Remark
emas. Ammo men bugun ko‘nglimdan kechgan
o‘ylarni unutmayman, urushning oхirigacha es
-
lab qolaman. Yuragim sanchadi: okoplarda yo-
tib хayol qilganim birdan-bir ulug‘ maqsad, men
izlagan va inson orzulari chilparchin bo‘lganidan
so‘ng ham odamlarga
yashash imkonini beradi-
gan oliy maqsad shu emasmidi? Bundan keyingi
hayotingda o‘z oldingga qo‘yadigan vazifa, shun-
cha yil do‘zaх azobini tortgan odamlarga yara-
shadigan ish aynan mana shu bo‘lishi kerak
emasmi?
Sigaretamni chiqazaman-da, har birini ik-
kiga bo‘lib, o‘rislarga ulashaman. Ular ta’zim
qilib, tutatishadi. Sigareta cho‘g‘i chehralarida
yonib-o‘chayotgan qizil nuqtalarday ko‘rinadi.
Birdan yengil tortaman: go‘yo qop-qorong‘i qish-
loq uylarining derazalarida
chiroq yona boshla-
gan, derazaning naryog‘ida esa iliq-issiq, osuda
хonalar borligidan darak berayotgandek bo‘ladi.
* * *
Kunlar o‘tyapti. Bugun ertalab o‘rislar yana
bir sheriklarini dafn etishdi. Keyingi paytlarda
kuniga uch-to‘rtta odam o‘lyapti. Haligini qabrga
tushirganlarida postda edim. Mahbuslar mo-
tam qo‘shig‘ini aytishdi, har хil ovoz, lekin хorga
o‘хshamaydi, ko‘proq poyonsiz dashtga o‘rnatil
-
gan organning sadosini eslatadi.
Motam marosimi tez tugaydi.
Kechqurun asirlar yana simto‘siq oldiga keli-
shadi. Qayinzordan shamol esib turibdi. Osmon
-
da yulduzlar sovuq yiltiraydi.
Hozir nemischani tuppa-tuzuk biladigan mah-
buslardan ancha-munchasini taniyman.
Shular-
dan biri – sozanda, qachonlardir Berlinda skrip-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi