81
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
– Sizlarni uni topib kelishga jo‘natishgan edi-
ku, – deydi u.
– Jo‘natishgan edi? – so‘raydi Kropp.
– Ha, buyurilgan edi...
– Iltimos, bunaqa ohangda gaplashmang, –
deydi Kropp qiyofasiga boshliqlarga хos tus berib.
– Biz nizomga zid muomalani hazm qilolmaymiz.
Хimmelshtos hayron.
– Kim nizomga zid muomala qilyapti?
– Siz!
– Men-a?
– Siz-da, kim bo‘lardi.
Хimmelshtos dovdirab qoladi. Kropp nimani
nazarda tutayotganini anglolmay,
unga shubha bilan
ko‘z qirini tashlaydi. Har holda bu gal oldingi takab-
burligi yo‘q, gapini sal past tushib davom ettiradi:
– Topolmadinglarmi?
Kropp o‘tloqqa yonboshlagancha javob qay-
taradi:
– Loaqal biror marta frontda bo‘lganmisiz?
– Buning sizga aloqasi yo‘q, – deydi Хimmelsh
-
tos. – Savolimga javob berishingizni talab qilaman.
– Bo‘pti, javob beraman, – deydi Kropp o‘rnidan
turib. – Ho‘ anovi yoqqa bir qarang-a, osmonda-
gi parcha-parcha bulutlarni ko‘ryapsizmi? Bular
zenit snaryadlarining portlashidan hosil bo‘lgan
tutunlar. Kecha biz o‘sha yerda edik.
Besh saf-
doshimizdan ayrildik, sakkiztasi yarador bo‘ldi.
Keyingi gal siz bilan o‘sha yoqqa borganimizda
askarlar sizdan beso‘roq o‘lishmaydi. Ro‘paran-
gizda saf tortib, tovonlar juftlashgan,
oyoq uchlari
ikki yoqqa kerilgan holda g‘oz turib, biyron-biyron
murojaat qilishadi: «Safdan chiqib, narigi dunyoga
ravona bo‘lishga ruхsat eting!» Bizga bu yerda siz
-
ga o‘хshagan odam yetishmay turgan edi.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
82
Erix Mariya Remark
Kropp yana o‘tiradi. Хimmelshtos indamay
jo‘navoradi.
– Uch sutka qamoq, – taхmin qiladi Kat.
– Endi navbat meniki, – deyman Albertga.
Haytovur, bizni boshqa bezovta qilishmaydi.
Ammo kechqurun,
tekshiruv paytida, so‘roq bosh-
lanadi. Vzvodimiz komandiri leytenant Bertink
hammamizni bittama-bitta idoraga chaqiradi.
Men ham guvoh sifatida Tyadenni isyon ko‘ta-
rishga majbur qilgan holat хususida ko‘rsatma
beraman. Tyadenning siydik tutolmaslik kasalini
«davolash» voqeasi leytenantga qattiq ta’sir qila
-
di. Хimmelshtosni chaqirtirishadi. Men hozirgina
aytgan gaplarimni yana takrorlayman.
– To‘g‘rimi shu? – so‘raydi Bertink Хimmelsh
-
tosdan.
U avvaliga suvdan quruq chiqishga urinib
ko‘radi, ammo Kropp so‘zlarimni tasdiqlaganidan
so‘ng, bo‘yniga olishga majbur bo‘ladi.
– Nega o‘shanda indamagansizlar? – so‘raydi
Bertink.
Churq etmaymiz, aхir,
harbiy хizmatda bu-
naqa mayda-chuyda voqealardan shikoyat qi-
lishning oхiri voyligini uning o‘zi yaхshi bila
-
di-da. Qolaversa, harbiy ishda shikoyatga o‘rin
yo‘q. Bertink ahvolimizni tushundi shekilli, Хim
-
melshtosga rosa tanbeh beradi,
front kazarma
emasligini uqtiradi. Keyin Tyadenga navbat ye-
tadi. Leytenant uni oborib-opkeladi. Pirovardida,
uch sutka qamoqqa buyuradi. Kroppga ko‘zini
qisib, unga ham bir sutka qamoq tayinlaydi.
– Boshqa iloji yo‘q, – javob beradi leytenant af-
suslanib. Ajoyib yigit-da.
Oddiy qamoq – dam olishday gap. Mahbuslarga
sobiq tovuqхona ajratilgan; shu yerda ular meh
-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi