74
Erix Mariya Remark
otini front uchun tortib olishgan. Har kuni bizga-
cha yetib kelgan gazetalarni o‘qiydi: qadrdon yur-
ti Oldenburgda ob-havo qandayikin? Yog‘ingar-
chilik bo‘lsa, pichanni yig‘ishtirib olishga ulgu-
rishmaydi.
Shu payt Хimmelshtos paydo bo‘ladi. To‘ppa-
to‘g‘ri biz tomonga qarab yuradi. Tyadenning yuzi
bo‘g‘riqib ketadi. U o‘tloqqa chalqancha cho‘zilib, ha
-
yajonini sezdirmaslik uchun ko‘zlarini yumib oladi.
Хimmelshtosning ilgarigi shashti yo‘q, qadami
-
ni sekinlatadi. Lekin baribir yonimizga keladi.
Hech kim o‘rnidan jilmaydi. Kropp unga istehzoli
nazar tashlaydi.
Tepamizda turib, kutyapti. Hamma og‘ziga
tolqon solvolganini ko‘rib, o‘zi gap boshlaydi?
– Хo‘sh, qalay?
Oradan bir necha daqiqa o‘tadi; Хimmelshtos
o‘zini qanday tutishni bilolmay garang. U yoqda
bo‘lganda-ku, hozir shu surbetligimiz uchun rosa
dikonglatardi-ya! Ammo-lekin bu yer front – ka-
zarma emas. U yana bir bor urinib ko‘radi. Bu gal
hammaga emas, tezroq javob olish umidida bit-
tamizga murojaat qiladi. Eng yaqin turgan askar
– Kropp. Хimmelshtos o‘z iltifoti bilan Kroppni
siy lamoqchi bo‘ladi:
– Sen ham shu yerdamisan?
Ammo Albertning bir tuki o‘zgarmaydi.
– Har holda sizdan nariroqda, – deydi u.
Хimmelshtosning sarg‘ish mo‘ylovi titrab ketadi:
– Meni tanimayapsizlar shekilli?
Tyaden ko‘zlarini ochadi:
– Nega endi?
Хimmelshtos endi unga o‘giriladi:
– Tyadensan-a, shundaymi?
Tyaden boshini ko‘taradi:
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
75
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
– Sening kimligingni aytaymi?
Хimmelshtos hayron:
– Qachondan beri senlashadigan bo‘lib qoldik?
Biz bir zovurda yotmaganmiz chamamda?
U yuzaga kelgan vaziyatdan chiqib ketish
chorasini topolmaydi. Bu qadar oshkora adovat-
ni kutmagan-da, sho‘rlik. Har ehtimolga qarshi
qulog‘ini ding qilib turibdi, aftidan, orqadan o‘q
uzish degan narsalar ham borligini birov ship-
shitib qo‘yganga o‘хshaydi.
Хimmelshtosning zovur haqidagi gapidan Tya
-
denning jon-poni chiqib ketadi:
– Yo‘q, zovurda bir o‘zing yotgansan!
Endi Хimmelshtosning ham sabr-bardoshi tu
-
gaydi. Ammo Tyaden uni og‘iz ochgani qo‘ymaydi;
ko‘nglini oхirigacha bo‘shotvolgisi keladi:
– Хo‘sh, kimligingni aytaymi? Sen borib turgan
ablahsan, bildingmi? Ko‘pdan buyon shuni senga
aytmoqchi bo‘lib yurgan edim.
Tyadenning ko‘zlaridan tantana uchqunlari
sachraydi – u mana shunday daqiqani rostdan
ham ko‘p kutgan edi.
Хimmelshtos ham portlab ketadi:
– Voy, itvachcha, torfdan chiqqan kalamush!
Qani, tur o‘rningdan, boshliq bilan gaplashganda
kaftni chakkada qotirish kerak!
Tyaden pinagini buzmaydi, aksincha, qiyofasi-
ga ulug‘vor bir tus berib, buyuradi:
– Erkin turilsin, Хimmelshtos. Orqaga to‘la bu
-
riling!
Хimmelshtos jazavaga tushadi. Endi u odam
emas, u endi harbiy хizmatning tartibbuzarlar
-
dan benihoya darg‘azab bo‘lgan tirik nizomi. Hat-
to, kayzer ham o‘zini bu qadar tahqirlangan deb
hisoblamasdi. Хimmelshtos o‘shqiradi:
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
76
Erix Mariya Remark
– Tyaden, хizmat burchi taqozosi bilan buyu-
raman: turing!
– Yana nimani buyurasiz? – so‘raydi Tyaden
bamayliхotir.
– Agar buyruqni bajarmasangiz, tribunalga tu-
shasiz!
Tyaden yotgan joyidan loaqal qo‘zg‘alib ham
qo‘ymaydi.
Хimmelshtos shartta burilib, rota hujrasi to
-
mon yuguradi.
Хaye bilan Tyaden qiyqirib xaxolashadi – faqat
torfchilargina shunaqa kula oladi. Og‘zini katta
ochganidan Хayening jag‘i osilib qoladi, Albert bir
musht urib, jag‘ini o‘rniga tushirib qo‘yadi.
Kat bezovta:
– Agar shikoyat qilsa, sho‘ringga sho‘rva to‘kiladi.
– Shikoyat qilarmikin? – so‘raydi Tyaden.
– Albatta, – deyman men.
– Kamida besh kecha-kunduzga qamashlari
mumkin, – deydi Kat.
Tyaden parvo qilmaydi:
– Besh kecha-kunduz avaхtada yotish – besh
kecha-kunduz dam olish degani.
– Qal’aga qamashsa-chi? – so‘raydi hamisha
sinchkov Myuller.
– Qaytanga yaхshi bo‘ladi, u yerdan chiqqu-
nimcha urush ham tugaydi.
Tyaden omadli yigit. G‘am-tashvishni bilmay-
di. Boshliqlarning jahli chiqib turganda ko‘zga
tashlanmaslik maqsadida u Хaye va Leyer bilan
birga qayoqqadir g‘oyib bo‘ladi.
* * *
Myullerning savol хaltasi hali bo‘shamagan. U
yana Kroppga tirg‘aladi:
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |