2. Yoyiq ikki bosh bo’lakli gaplar tarkibida bosh bo’laklardan tashqari, ikkinchi darajali bo’laklar ham qatnashadi: O’quvchilar maktab zaliga yig’ildilar.
2.1.2. Bir bosh bo’lakli gaplarning turlari
1. Shaxsi ma'lum (aniq) gaplar kеsimiga qarab egani aniqlash mumkin bo’lgan gaplardir: Kecha muzeyga bordik.
2. Shaxsi noma'lum (noaniq) gaplar kеsimiga qarab ish-harakatning haqiqiy bajaruvchisini aniqlash mumkin bo’lmagan gaplardir: Yaxshini maqtaydilar, yomonni uyaltiradilar. (kеsim 3-shaxsdagi fе'l bilan ifodalanganda, shaxsi ma'lum va shaxsi noma'lum gaplar quyidagicha farqlanadi: shaxsi ma'lum gapda so’zlovchi o’ziga tanish shaxs haqida so’z yuritadi, shaxsi noma'lum gapda esa o’zi shaxsan tanimagan shaxs(lar) haqida so’z yuritadi: Katta qizini turmushga chiqargan - shaxsi ma'lum gap.O’qishni chidaganga chiqargan – shaxsi noma'lum gap)
Do'stlaringiz bilan baham: |