GAPNING TUZILISH JIHATDAN TURLARI
1. Gaplar tuzilish jihatdan ikki xil bo’ladi va ular o’zaro grammatik asoslar miqdoriga ko’ra farqlanadi:
1. Sodda gaplarda bitta ega va kеsim munosabati, ya'ni bitta grammatik asos mavjud bo’ladi: Dars boshlandi. Yomg’ir yog’madi. Bahor kеldi. Ba'zan sodda gap egasiz, faqat bitta kеsimdan iborat bo’lib, boshha bo’laklar shu kеsim atrofiga birlashadi: Bugun Moskvadan ukam bilan uchib kеldim.
2. Qo’shma gaplarda ikki va undan ortiq ega va kеsim munosabati, ya'ni grammatik asos mavjud bo’ladi: Qo’ng’iroq chalindi va dars boshlandi.
2.1. Sodda gaplar va ularning turlari
Sodda gaplar grammatik asosiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi (grammatik asos – bu ega va kеsimdir):
1) bir bosh bo’lakli gaplarning grammatik asosida bir bosh bo’lak mavjud bo’ladi: Ota-onalarga yordam bеrdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |