Tillarning morfologik tasnifi. Jahon tillarining morfologik tasnifi nisbatan keng tus olgan, chunki morfologik tizim tilning eng barqaror sathi hisoblanadi. Morfologik tasnif so‘zning tuzilishidagi o‘zak va qo‘shimchalarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishga asoslanadi. Bu tasnifga ko‘ra tillarning qarindoshligidan qat’i nazar, so‘zlarning tuzilish turi asos qilib olinadi. Morfologik tasnifga muvofiq jahon tillari to‘rt guruhga bo‘linadi: 1) amorf (so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchasiz) tillar; 2) agglyutinativ tillar; 3) flektiv tillar; 4) polisintetik tillar.
Do'stlaringiz bilan baham: |