Gap. Gap kommunikativ (aloqa) birlik sifatida reja



Download 44,58 Kb.
bet9/11
Sana22.01.2022
Hajmi44,58 Kb.
#401013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
GAP. GAP - KOMMUNIKATIV (ALOQA) BIRLIK SIFATIDA

Flektiv tillarda birdan ortiq grammatik ma’no odatda birgina grammatik ko‘rsatkich orqali ifodalanadi. Masalan, kniga so‘zshakli tarkibidagi –a affiksi (tugallanmasi) uch grammatik ma’noni: 1) jinsni (jenskiy rod), 2) bosh kelishikni (imenitelniy padej), 3) birlik sonni (edinstvennoe chislo) bildirib kelgan; uchu so‘z shakli tarkibidagi –u affiksi ham uch grammatik ma’noni: 1) aniqlik, xabar maylini; 2) hozirgi zamonni; 3) 3-shaxs birlikni ko‘rsatish uchun xizmat qilgan. Flektiv tillardagi bunday grammatik ko‘rsatkich, tugallanma fleksiya deb yuritiladi. Fleksiya ikki xil bo‘ladi: tashqi fleksiya va ichki fleksiya.

Tashqi fleksiya so‘z oxiriga qo‘shilib kelsa, ichki fleksiya so‘zning o‘zagida bo‘ladi. Fleksiyaning ikkala turi ham so‘zni grammatik jihatdan o‘zgartiradi. Tashqi fleksiyali tilga rus tili misol bo‘la oladi: zeml-ya, vod-a, pol-e, oblak-o, lyud-i, voln-ы so‘zlari oxiridagi unlilar, tugallanmalar so‘zning grammatik ma’nosini ko‘rsatib turadi.

So‘z o‘zagi ichidagi tovushni, unli tovushni o‘zgartirish yo‘li bilan grammatik ma’noni ifodalash ichki fleksiya sanaladi. Masalan, inglizcha woman (ayol) so‘z shakli tarkibidagi a unlisi birlik sonni, women (ayollar) so‘z shaklidagi e unlisi ko‘plik sonni ko‘rsatuvchi fleksiyadir.

Bunda sodda gap, qoʻshma gap farqlanadi; b) kommunikativ vazifasiga koʻra. Bunda G.lar 3 tur ga boʻlinadi: darak gap, soʻrok gap va undov gap; v) estetik vazifasiga koʻra emotsional (soʻzlovchining turli emotsiyasini, emotsional munosabatlarni ifodalovchi) gap hamda intellektual (hech qanday emotsiyalarsiz faqat fikrning oʻzini ifodalaydigan, kommunikativ vazifani bajaradigan) gaplar mavjud. Gap boʻlaklari G.ni tashkil etuvchi qismlar hisoblanadi. Oʻzbek, umuman turkiy tillar uchun til birliklarining nutqda grammatik xususiyatlar asosida birikuvidan tashkil topgan sintaktik butunlikdan iborat G.lar xosdir.

Bizga ma`lumki , til kishilar orasida eng muhim aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladi . Tilda fikr ifodalash , bayon qilish va anglashda esa gapdan foydalaniladi . Demak , gap , avvalo , so‘zlovchi uchun fikr ifodalash , bayon qilish , tinglovchi uchun esafikr anglash vositasidir. Shuning uchun ham gap muomala vositasining eng kichik birligi deyiladi . Gap biror voqea-hodisa haqidagi xabarni , so‘roqni yoki buyruqni ifodalovchi asosiy sintaktik butunlikdir . Gap so‘z birikmasidan kesim va ega yoki faqat kesim bo‘laklarga aloqador grammatik asosga egaligi bilan farq qiladi .

Bizga ma`lumki , til kishilar orasida eng muhim aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladi . Tilda fikr ifodalash , bayon qilish va anglashda esa gapdan foydalaniladi . Demak ,

gap , avvalo , so‘zlovchi uchun fikr ifodalash , bayon qilish , tinglovchi uchun esa

fikr anglash vositasidir . Shuning uchun ham gap muomala vositasining eng kichik birligi deyiladi .

Gap biror voqea-hodisa haqidagi xabarni , so‘roqni yoki buyruqni ifodalovchi

asosiy sintaktik butunlikdir . Gap so‘z birikmasidan kesim va ega yoki faqat kesim bo‘laklarga aloqador grammatik asosga egaligi bilan farq qiladi .

So‘z birikmasi tushuncha , gap fikr ifodalaydi . Grammatik asosda gapning fikriy mundarijasi ifodalanadi . Bu fikriy mundarija fe`l - kesimning mayl va zamon

ma`nolari bilan bog‘liq bo‘ladi . Masalan , Bolalar ishlayaptilar . Ozoda rasm chizmoqda gaplari ish-harakatning hozirgi zamonda bo‘layotganidan darak bersa , Bolalar ishladi . Ozoda rasm chizdi gaplari esa ish-harakatning o‘tgan zamonda bo‘lganidan darak beradi . Siz dalaga borasizmi ? Sen hikoyani o‘qidingmi ? gaplari o‘tgan zamonda bo‘lgan ish-harakat haqida so‘roqni bildiradi . Siz she`rni o‘qing .

Siz shu ishni bajarib qo‘ysangiz gaplari esa buyruq – istak ma`nosiga ega .

Gap tarkibidagi so‘zlar ham ma`no tomondan , ham grammatik tomondan o‘zaro

bog‘lanadi .

Biz morfologiya bo‘limida o‘rgangan kelishik , egalik , son , zamon va shaxs-son qo‘shimchalari , shuningdek , ko‘makchi va bog‘lovchilar sintaksisda so‘zlarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiladi . Ayrim hollarda gapdagi so‘zlar tartib va ohang yordamida ham bog‘lanadi . M: Oq paxtalar ochildi . Havo sovuq . Ular tez yurdi .

Har bir gap biror maqsadni – mazmunni ifodalaydi . Og‘zaki nutqda ana shu mazmunga mos keladigan tugal ohang bo‘ladi . Ohang ayni bir vaqtda gaplarni

bir-biridan ajratib turadi .

Ohang gap uchun eng muhim belgidir . Ayrim so‘z ( Kuz . Tong .) yoki so‘z birikmalarini tugallik ohangi bilan aytsak , gap yuzaga keladi va biror fikr – maqsad

anglashiladi : Ko‘m-ko‘k dala . G‘arbiy chegaralardan biri .

Ayni bir sodda gapning ohangini o‘zgartirish orqali ba`zan uch xil mazmun

ifodalash mumkin : Buvijonim keldilar . - Buvijonim keldilar ! – Buvijonim keldilar ?

Yozma nutqda ana shu ohangga qarab har bir gap oxiriga yo nuqta , yo undov yoki so‘roq belgisi qo‘yiladi .M : Qor yog‘yapti . – Qor yog‘yapti ! - Qor yog‘yapti ?

Gaplar o‘zining bir qator xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bir qancha turlarga bo‘linadi .

Gapning bo‘laklarga ajratilishi

Gap bo’laklari. Ma`lumki, gap bo’laklari gapni tashkil qiluvchi so'z shakllari, birikmalari va boshqa sintaktik birliklarning tarkibiy va ma`no xususiyatlariga ko'ra farqlanadi. Bunda tarkibiy xususiyat tushunchasi gap bo’laklarining ifodalanishi, ularning gapdaga boshqa sintaktak hodisalar bilan bog’lanishi va sintaktik mavqe tushunchalarini o’zida birlashtiradi, ular ma`lum bir ma`noni tashishga xizmat qiladi.

Bosh bo’laklar. Ma`lumki, ega fikr ob`ektini, nutq, predmetini ko’rsatuvchi bosh bo'lakdir. An`anaviy tilshunoslikda gapning harkim bolaga ega deb e`tirof etiladi. «ega ikki sostavli gapning bosh bo’laklaridan biridir: u hokim sostavning grammatik markazi, shu sostavdagi bo’laklarga, shuningdek, tobe sostavdagi bosh bo’lakka - kesimga ham hokimdir. ega absolyut hokim holatdagi bo’lakdir. U gapdagi fikr, hukm o'ziga qaratilgan predmetning - nutq, predmetining nomidir. ega harakatni bajaruvchi yo qabul qiluvchi shaxsdir yoki kesim ifodalagan holat, yo belgi qarashli predmet» (G’ulomova A., Asqarova M. Hozirgi zamon o’zbek adabiy tili. Sintaksis. T., 1987, 77).

Keyingi yillarda gapning shakliy tomoni bilan bir qatorda, uning mazmuniy tomonini o’rganishga ham jiddiy e`tibor berilmoqda, ya`ni tilshunoslikda mazmuniy sintaksis degan yangi yo'naiish yuzaga keldi. Bu borada A.Berdialiev, R.Sayfullaeva, A.Nurmonov,N.Mahmudov,A.Ahmedov,S.Solixujaeva,M.Abuzalov va boshqalarning tadqiqotlarini ko’rsatib o'tish joiz. Bu tadqiqotlarda gapning bosh bo’laklari xususida ham yangicha qarashlar paydo bo’ldi. Bu, ayniqsa, N.Mahmudov, A.Nurmonov, M.Abuzalovalarning ishlarida o'z ifodasini topdi. Bu qarash bo’yicha o’zida predikativlikni aks ettiradigan, "gapni uyushtiruvchi va shakllantiruvchi bo'lak kesimdir. Kesim gapning markaziy bo'lagi bo'lganligidan butun tavsifi-grammatik kategoriyalari: tasdiq-inkorlik, shaxs, zamon, kommunikativ maqsad va hokazolar kesimga qarab belgilanadi. Kesim gap qurilishida uyushtiruvchilik rolini o'ynaydi. To'g’ri, kesim haqidagi bunday fikr-mulohazalar an`anaviy tilshunoslikda ham bor. Jumladan, A.G’ulomov shunday yozadi: «Kesim ega bilan o’zaro bog’langan bo’lib, gapning uyushtiruvchi markazlaridan biridir: u hukmni ifodalovchi, gapning asosiy belgilarini (modallik, zamon va shaxsni) - predikativlikni ko'rsatuvchi eng muhim bo’lak bo’lganligidan gapning mazmunini, strukturasini, xarakterini belgilashda katta rol` o'ynaydi, ega nutq, predmetini-temani (gapning nima to’grisida borishinigana) bildiradi, shu haqda nima deyilishini, xabarni, xarakteristikani kesim bildiradi» (G’ulomov A., Asqarova M. Hozirgi zamon gili. Sintaksis.T.,1987, 84). Shuningdek, bu asarda kesimning gapdagi eng zaruriy bo'lak ekanligini e`tirof etiladi, gapning shakllanishida kesim muhim rol` o’ynashi ta`kiddanadi: «Gapni maydonga keltirish, fikrni ifodalash jihatidan kesimning gapdagi ahamiyati juda kattadir: u kommunikaciyada (aloqa - aralashuv, xabar berishga) asosiy vazifani bajaradi. Gapda kesimning ayrim bo'lak sifatida ifodalanmay qolishi kuchli sezilib turadi. Demak, gap tushunchasi kesim tushunchasi bilan juda zich bog’langandir. Predikativ aloqaning ko'rsatkichlari, odatda, kesimda bo'ladi» (G’ulomov A., Asqarova M., yuqoridagi asar, 1987, 84).

Ma`lumki, gapning xarakterli belgilaridan biri predikativlikdir. Demak, kesim predikativ aloqaning muhim ko'rsatkichi, gap tushunchasi bilan juda zich bog’langan ekan, u gapda hokim bo'lak hisoblanishi kerak.

Ega quyidagi ma`no xususiyatlarini bildiradi:

1. Harakat, holat va belgini bildiradi: Hamul besh-on kunde abtar devananiu bozaxanada pana vir vzidek abtar boyniuniu chapiub vldurdi (Nav.XM).

2. Ish-harakat ob`ektini bildiradi: Vazirga bu xabar yetishti (Nav.TMA).

3.Ish-harakatning o'rnini bildiradi: Va ul hazratniun mubarak murnadi Jom vilayatiuda Jarjud qasabasiudadur (Nav.MN). .. .

4. Ish-harakat yoki belgining paytini bildiradi: Va Ialashniuc zamani besh yiuldiun juzviy Oksukdur (Nav.TMA). Tarkibiga kura ega sodda va murakkab turlarga bo’linadi.

Sodda ega bir so’z shakli bilan ifodalanadi

Murakkab ega bir tushunchani ifodalovchi turg’unlashgan so'zlar birikmasidan iborat bo'ladi: Bu she`rga uazrat Mahdumi Nuran javab aptiubturlar (Nav.MN).

Kesim gap tarkibida muhim o’rin tutadigan bosh bo'lakdir, shuning uchun ham u sodda gaplarda muhim poziciya tutadi. Kesim tuzilishi va ifodalanishiga ko'ra quyidagi turlarga bo’linadi:

Sodda kesim bir so’z shakli bilan ifodalanadi. Sodda kesimlar kdysi suz turkumi bilan ifodalanishiga qarab sodda fe`l kesim va sodda ot kesimlarga bo'linadi. Sodda fe`l kesimlar fe`l, uning sifatdosh va ravishdosh shakllari bilan

Ifodalanadi.

Sodda ot kesimpar fe`ldan boshk,a suz turkumlari bilan ifodalanadi: Yalgan apt^uchiu gaflatdadur (Nav.MQ). Ul ham Andiujpndiundur (Nav.MN).

Murakkab kesimyaar bir necha so'zlardan iborat bo’ladi. Ular ham sodda kesimlar kabi murakkab fe`l kesim va murakkab ot kesk

Murakkab fe`l kesim adabiyotlarda sostavli kesim deb ham yuritiladi. Murakkab fe`l kesimlar asosan kumakchi suz kushilmasidan iborat buladi.

Murakkab ot kesimlar ot+fe`l va ot+bog’lama nushilmalaridan iborat buladi: Va Shamda alarga kop muridlar payda boldiular (Nav.NM). Jami` darveshler uaziur grdilar (Nav.NM).

eski o’zbek tilida ham xuddi hozirgi o’zbek tilidagidek, ot kesimlar tarkibida -tur, -men, -siz, -biz kabi

To’ldiruvchi. To'ldiruvchi gapning uzviy bo'laklaridan bo’lgan ikkinchi darajali bo'lakdir. To’ldiruvchi uchun asosan ot ml olmosh turkumi ifoda ashyosi bulib xizmat qiladi.

Vositasiz to’ldiruvchi tushum kelishigidagi so’z bilan ifodalanadi. Ular quyidagi so’z turkumlari bilan ifoda qilingan:

I. Ot bilan ifodalangan: Bu zalimlar mulkni barbad (Nav.MYu-

Olmosh bilan: Jamiki aniu kvrdiLvr (Nav.MK,).

I. Fe`lning amaliy shakllari bilan: Ishleri tal pchmshniu, talamSh (Nav.MK,).

2. Olmosh bilan: Alarda bu hasad daim bar erdi (Nav.TMA).

3.Otlashgan sifat bilan: Turkiy va far si da tab`i yaxshiu tasarruf quyaur (Nav.MN).

Aniqlovchi. Aniqlovchilar ham ma`no xususiyatiga ko'ra

ikki guru^ga bulinadi: sifatlovchi aniclovchi va caratcich anShlovchi.

Sifatlovchi aniqlovchilar biror bulakning belgisini

a ifodalanadi:Gap bo‘laklari tushunchasi birdan ortiq so‘zdan tashkil topgan gaplarga tadbiq qilinadi . Yolg‘iz bir so‘zdan iborat bo‘lgan gaplarda , xususan , so‘z gap ( Ha .Yo‘q . Aslo . Ura ! ) va atov gaplarda ( Bahor . O‘rmon . ) gapning bo‘laklari to‘g‘risida so‘zlash mumkin emas .

Gapda so‘zlar o‘zaro grammatik munosabatga kirishib , gap bo‘laklarini hosil qiladi .

Gap bo‘laklari vazifasini esa mustaqil so‘zlargina bajaradi .

M`alumki , gapda so‘zlar bir-biri bilan teng va tobe aloqaga kirishishi mumkin .

Gapni bo‘laklarga ajratishda so‘zlarning tobe aloqaga kirishishi asosiy mezon sanaladi . Teng aloqa gapning bo‘laklarini belgilashda asosga olinmaydi .

Har bir gap bo‘lagi boshqa gap bo‘laklari bilan bo‘lgan grammatik munosabatiga ko‘ra belgilanadi , ya`ni har bir gap bo‘lagi o‘zi munosabatga kirishgan so‘z bilan ma`lum sintaktik aloqada bo‘ladi . Masalan , Dildora kechagi uchrashuv haqida zavqlanib gapirdi gapida quyidagi gap bo‘laklari mavjud :

Dildora (kim?) – ega , kechagi ( qachongi ?) – aniqlovchi , uchrashuv haqida (nima haqida ?) – to‘ldiruvchi , zavqlanib (qay tarzda ?) – hol , gapirdi (nima qildi ?) – kesim .

Gapdagi so‘zlar esa quyidagicha sintaktik aloqaga kirishgan :

1) Dildora gapirdi ; 2) zavqlanib gapirdi ;

3) uchrashuv haqida gapirdi ; 4) kechagi uchrashuv

Demak , gap bo‘laklarining turi ,odatda , bir-biriga nisbat berib tayinlanadi .Chunonchi, ega kesimga , kesim egaga , to‘ldiruvchi to‘ldirilmishga , aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan tayinlanadi . Nisbat beriluvchi so‘z bo‘lmas ekan , u yoki bu bo‘lak haqida gap bo‘lishi mumkin emas .

Gap bo‘laklari 5 ta : kesim , ega , to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchi .

Kesim gapning asosini tashkil qiluvchi markazdir . Ega kesimga ergashib , kesimda ifodalangan ish-harakatning bajaruvchisini ko‘rsatadi . Bular gapning bosh bo‘laklari sanaladi . To‘ldiruvchi , aniqlovchi , hol kabi bo‘laklar esa ega yoki kesimga ergashib kelib , ularni to‘ldiradi, aniqlaydi yoki izohlaydi . Shuning uchun ular gapning ikkinchi darajali bo‘laklari deyiladi

Sintaksisning asosiy birligi gapdir. Gap fikrni shakllantirish, ifodalash va bayon qilishning asosiy vositasi, muayyan tilning qonun-qoidalari asosida shakllangan sintaktik birligidir. Gapning asosiy funktsional belgisi kommunikativlik, ya’ni fikr ifodalash va bayon qilish vazifasidir. Til kishilar o’rtasida eng muhim fikr ifodalash vositasi ekan, demak, tilning bu vazifasini yuzaga chiqaruvchi asosiy vosita gap hisoblanadi. So’z ham, so’z birikmasi ham bu vazifani bajara olmaydi. Ularning vazifasi narsa va hodisalar, belgi, harakatlarni nomlash, ya’ni nominativ vazifadir.Gap boshqa sintaktik birliklardan predjkativlik bedgisi orqali farqlanadi.

Gapni kommunikativ birlik sifatida shakllantiruvchi vosita predikativlikdir. Masalan: O’rik gulladi va o’rikntsng gullashi qurilmalarining axborot hajmi bir xil. Ular faqat shu ob’ektiv mazmunni qanday ifodalashi jihatdan farq qiladi. Birinchisida predikativlik bor, ikkinchisida yo’q.

Predikativlik gapning grammatik ma’nosi. U gapning shakllar tizimidagi qismlarga ajralmaydigan grammatik ma’nodir (N. Yu. Shvedova).Predikativlik shaxs (son), zamon, mayl, tasdiq-inkor ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi shakllar yigindisidan tashkil topadi. Demak, shunday grammatik ma’noga va uni ifodalovchi shakllar tizimiga ega bo’lgan har qanday eng kichik sintaktik birlik gap hisoblanadi.


Predikativlikning shakllanishi xilma-xil:1) har bir predikativ ma’no komponenti (tasdiq— inkorlik, shaxs, zamon, modallik) alohida-alohida shakllar orqali ifodalanadi. Masalan: yozQmaQsa (y) Qdi Q ng Q iz qurilmasiga beshta predikatnv ma’no komponenti beshta grammatik shakl orqali ifodalangan" (inkorlik), -sa (modallik), -di (zamon), -ng (shaxs), -iz (son);

2) bir formant yordamida sintezlashgan holda ifodalanishi mumkin. Masalan: yoz Q ay (tasdiq, aniqlik mayli, kelasi zamon, I shaxs), talabaman (tasdiq, aniqliq mayli, hozirgi zamon, I shaxs) va boshqalar;

3) nol shaklga ega bo’lib, u paradigma ichida boshqa paradigma a’zolarining shakliga qiyosan belgilanadi. Masalan: yoz Q ay, yoz—, yoz Q sin. Paradigmaning ikkinchi a’zosi yozning ikkinchi shaxs, buyruq mayli (modallik), kelasi zamon, tasdiq grammatik ma’nolarinig nol shakl orqali ifodalanganligi yoz Q ay va yoz Q sin birikmalariga qiyosan belgilanadi;

4) nol shaklga ega bo’lib, u nutq vaziyati orqali belgilanadi. Masalan: Bahor. Bu so’z o’zining shakl paradigmasida bosh shakl sifatida nominativ birlik, gap emas. Paradigmadan tashqarida predmetiing umumlashgan nomini atash yo’li bilan shaxs, son, zamon, tasdiq (mavjudlik) (ma’nolarining ifodalanishi uni gapga aylantiradi.

Xullas, predikativlik gapning asosiy grammatik kategoriyasi bo’lib, u tasdiq, inkor, modallik (mayl), zamon, shaxs, son kategoriyalari sintezidan iborat.

Hozirgi sintaktik nazariyalarda gapning boshqa til birliklaridan asosiy farqi, ya’ni gapni gap qilib turgan asosiy belgi predikativlik ekanligi tan olinsa ham, lekin predikativlik hodisasiga yondashuv bir xil emas. Bu hodisaning mohiyatiga, uning tuzilishiga nisbatan ikki xil qarash mavjud. Birinchi nuqtai nazardan, gapning bosh bo’laklari — ega va kesim o’rtasidagi munosabat predikativlik (predikativ munosabat hisoblanadi. Predikativlikka bunday qarash tilshunoslikda mantiqshunoslik ta’sirida vujudga keldi. Bu tilshunoslik tarixida mantiqiy oqim deyiladi-. Mantiqiy oqimning qarashlariga ko’ra, har bir gap ma’lum bir hukmni ifodalaydi. Predikatsiya faqat hukm asosinigina emas, balki gap asosini ham tashkil qiladi.An’anaviy mantiq hukmning atributiv xarakteridan kelib chiqadi. Bunga ko’ra, hukm tuzilishi doimo sub’ekt (S) va predikatdan (R) tashkil topadi. Predikat sub’ektning belgisini bildiradi. Shunga muvofi. hukm elementlari — sub’ekt (predikat haqidagi tushuncha) va predikat (belgi haqidagi tushuncha) ga anologiya yo’li bilan grammatik ega va kesim gapning asosi deb qaraldi. Ega va kesimdan biri ishtirok etmagan gaplar gap doirasiga kiritilmadi.


Predikativlikka mantiqiy nuqtai nazardan yondashishga mashhur rus tilshunosi V. V. Vinogradov birinchi marta chek qo’ydi. U predikativlikni faqat gap bo’laklari o’rtasidagi predikativ aloqa bilan bog’liq emasligini, bu hodisa ayrim bo’laklarga bo’linmay, bu xun bir gapga xos ekanligini ko’rsatadi. Jim! Issiq! tipidagi sintaktik qurilmalarda ham predikativlik mavjudligini, bunday gaplarda u modallik, zamon va shaxs sintaktik kategoriyalari orqali ifodalanishini ko’rsatadi. II. Yu. Shvedova predikativlik har bir gapda mavjud bo’lishini va u gapning grammatik ma’nosi ekanligini ta’kidlaydi.

Shunday qilib, predikativlikka mantiqiy nuqtai nazardan yondashishdan grammatik nuqtai nazardan yondashishga o’tildi, ya’ni predikativlikka ikkinchi nuqtai nazar vujudga keldi. Buni quyidagi misolda ko’rsatish mumkin: Quyosh chiqdi gapida birinchi (an’anaviy) qarash nuqtai nazaridan predikativlik so’z shaklning (quyosh va chiqdi) o’zaro munosabatidan iborat.

Ikkinchi nuqtai nazarga ko’ra esa u ikki so’z shaklining o’zaro munosabatidan emas, balki yuqoridagi gap tarkibida ishtirok etgan grammatik kategoriyalar: aniqlik mayli, o’ttan zamon, III shaxs grammatik shakllari orqali ifodalangan.Gap termini umumlashgan birlik, mohiyat sifatida til birligini ham, reallashgan birlik, hodisa sifatida nutq birligini ham ifoda etadi.Til tuzilishidagi har bir sath birligi til (umumlashgan birlik) va nutq (aniq birlik) birliklariga bo’linganidek, sintaktik sathning birligi bo’lgan gap ham til va nutq birliklariga bo’linishi kerak. Rus tilshunosligida bu ikki hodisa ikki xil termin bilan nomlanadi: til birligi uchun «model», «struktur sxema» yoki «gap» (predlojenie), nutq birligi uchun «jumla» va (nutq birligi). Gap sathida til va nutq hodisalarini farqlash uchun «gap» yoki «gap modeli» (til birligi) va «jumla» (nutq birligi) terminlaridan foydalanish o’rinli.Gap yoki gap modeli jumlaning tipiklashtirilgan grammatik shakli (0. M. Moskal’skaya), jumla esa uning muayyan vaziyat bilan bog’langan nutqiy ko’rinishidir.Gap modeli aniq sanalish va tasvirlanish xususiyatiga ega (yopiq ro’yxatni tashkil qiladi), jumlaning esa juda keng namoyon bo’lish imkoniyati mavjud.Gap modeli aniq jumlalar gavdalanishi, jumla esa shu gap modelining nutqda turlicha namoyon bo’lishidir.Gap modeli yashash shakliga ko’ra ijtimoiy, jumla xususiy xususiyatga ega. Faol (kommunikativ), ohangiy tuzilmalar faqat jumla uchun xos.

Gapning grammatik kategoriyalari

O’rikning gullashi.

O’rik gulladi.

O’rik gullaydi.

Bu sintaktik qurilmalarning hammasida bir voqea— sub’ekt (o’rik) va uning holati (gullamoq) haqida axborot beriladi. Urik va gullamoq uzvlari bu qurilmalarning hammasi uchun doimiydir. Shu bilan birga, ular zamon, shaxs, modallik kabi qo’shimcha ma’nolar bilan bir-biridan farqlanadi. Ana shu farqlovchi ma’nolarni ifodalovchi uzvlar sintaktik qurilmalarning o’zgaruvchi uzvlari sanaladi. Sintaktik qurilmalarning bunday doimiy va o’zgaruvchi uzvlari ayrim sintaktik nazariyalarda diktum va modus atamalari bilan nomlanadi.Sintaktik qrilma ifodalagan ob’ektiv dalil, voqea diktum hisoblanadi. Ayrim mualliflar mantiq terminologiyasidan foydalangan holda, uni propozitsiya atamasi bilan nomlaydilar. Modus sintaktik qurilma orqali ifodalangan voqeaning borliqqa munosabati hamda so’zlovchining o’zi ifodalayotgan voqeaga munosabatini ifodalaydi. Sintaktik qurilmaning o’zgaruvchi unsurlari orkali ifodalanadigan, modusga kiruvchi ma’no sintaktik qurilmaning grammatik ma’nosi, ana shu ma’nolar va uni ifodalovchi shakllar tizimi gapning grammatik kategoriyalari hisoblanadi. (Gapning grammatik katego-riyalari ham grammatik ma’no (so’roq, buyruk, darak, inkor va boshqalar) va grammatik shakl birligidan iborat.Lingvistik tadqiqotlarda qaysi ma’nolarni gapning grammatik kategoriyasiga kiritish mumkinligi yuzasidan turlicha fikr yuritiladi.Rus tilshunosi T. P. Lomtev gapning ettita grammatik kategoriyasini ajratadi: 1)tasdiq (inkorlik), 2) aloqa turi (darak, so’roq, buyruk), 3) zamon, 4) modallik, 5) shaxs (aniqlik, noaniqlik, umumlashganlik), 6) nofaollik, 7) faollik (demiaktivlik (shaxsli va shaxssiz shakllar munosabati). V. G. Gak esa gapninggrammatik kategoriyalari. sirasiga gap bo’laklarining tartibini ham qo’shadi.Gapning grammatik kategoriyasi gapni gap bo’lmagan boshqa birliklardan farqlab turgan kategorial ma’no va bu ma’noni ifodalovchi shakllar tizimi ekan, birinchi navbatda, gapning grammatik kategoriyasi sifatida predikativlik qaralishi kerak.

Predikativlik bir butunlik sifatida bir necha uzvlardan tashkil topadi va bu uzvlarning har qaysisi, o’z navbatida, kichik kategoriyalarni hosil qiladi. Masalan:

1. Gapning grammatik shaxs kategoriyasi.

2. Gapning rammatik zamon kategoriyasi.

3. Gapning grammatik tasdiq-inkor kategoriyasi.

4. Gapning modal kategoriyasi.

Bundan tashqari, gapning ifoda maqsadi kategoriyasi va aktual (kommunikativ) kategoriya ham gapning grammatik kategoriyalari sirasiga kiradi.




Download 44,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish