Gafurov adaxam anvarovich



Download 3,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/117
Sana23.04.2022
Hajmi3,99 Mb.
#576201
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
Bog'liq
fayl 1498 20210818 (1)

 
BEL VA QORIN PARDA ORTI 
BO‗SHLIG‗INING TOPOGRAFIK ANATOMIYASI
Bel sohasining chegarasini yuqoridan xii ko‗krak umurtqasi va xii qovurg‗a, 
pastdan yonbosh suyagining qirrasi, lateral tomondan esa o‗rta qo‗ltiq chizig‗i 
tashkil etadi. 
Chaqaloqlarda bel sohasi terisi ,teri osti yog‗ kletchatkasi, bel sohasi 
muskullari yaxshi taraqqiy etmagandir. Yonbosh suyagining qirrasi sohasida yuza 
fastsiya varag‗lari bilan xususiy fastsiya orasida yog‗ kletchatka qatlami «bel-
dumba yog‗ yostigi» joylashadi. Belning pastki bo‗limlarida ham yok kletchatkasi 
bel-dumba yog‗ yostiqchasini hosil qiladi. Xususiy fastsiya lateral belning lateral 
qismida serbar muskul va qorinning tashqi qiyshiq muskuli bilan, medial qismida 
esa ko‗krak-bel fastsiyasi bilan yopishgan bo‗ladi. 
Bolalarda bel sohasi muskullari ikkita guruh bo‗lib joylashgan:
1. Medial guruh

Bu guruhga tanani to‗g‗rilovchi muskul (m. Erector 
s‘inae), kvadrat muskul (m. Quadratus lumborum) va katga bel muskul (m. ‗soas 
major) lar kiradi.
 
2.Lateral guruh. 
Bu keng muskullar— qorinning tashqi, ichki qiyshiq va 
ko‗ndalang muskullaridan tashkil topgan. Bel sohasining muskullari tashqi 
tomondan xususiy fastsiya — fascia lumbodorsalis bilan, ichki tomondan esa qorin 
aylanma ichki fastsiyasining davom— fascia endoabdominalis bilan qoplangan 
bo‗ladi. 



Chaqaloqlarda umuman bel sohasining qavatlari (teridan to ichki 
fastsiyagacha) medial qismida 7—10 mm, lateralda esa 4—8 mm ni tashkil etadi. 
Qorin parda orti sohasida uch qavat yog‗ kletchatkasi mavjud. Shulardan 
birinchi qavatini textus cellulosus retro‘eritonealis hosil qiladi, bu qavat har holda 
yaxshi rivojlangan bo‗ladi. 
Qorin parda orti fastsiyasi ikkita varaqdan (fascia ‗rerenalis va fascia 
retrorenalis) tashkil topgan. Buyrak va siydik yo‗llari atrofidagi buyrak old va orqa 
fastsiyalari varaqlari orasida buyrak old kletchatkasi bo‗shlig‗i ‗aranefron 
joylashgan, u siydik yo‗llari bo‗ylab ‗arauretherium shaklida davom etadi. Bu 
bolalarda ikkinchi qavat yog‗ kletchatkasi 3—6 yoshga yetganda rivojlana 
boshlaydi. Ko‗tariluvchi va tushuvchi yo‗g‗on ichaklarning orqa yuzalariga orqa 
tomondan buyrak oldi fastsiyasi bilan chegaralanadigan chambar ichak 
kletchatkasi ‗aracolon yondoshib turadi, bu iii qavat yog‗ kletchatkasi hisoblanadi, 
lekin yangi tug‗ilgan bolalarda bu qavat yaxshi taraqqiy etmagan bo‗ladi. Yog‗ 
kletchatkalarining soni 7—8 yoshlarga borib ko‗payadi, balog‗at yoshiga borib 
to‗liq rivojlanadi. 
Shuni tahkidlash lozimki, qorin parda orti kletchatkasi bolalarda ham sekin-



asta qorin old devoridagi qorin parda old kletchatkasi, pastda esa kichik kletchatka 
bilan tutashadi. 
Qorin parda orti bo‗shlig‗ida quyidagi ahzolar: buyrak, buyrak usti bezlari, 
siydik yo‗llari, qorin aortasi va pastki kovak vena, ularning tarmoqlari hamda olib 
keluvchi shoxobchalari, nerv chigallari joylashgan. 
Emizikli bolalarda xii qovurka buyrakning yuqori qutbiga yaqinroq qismini kesib 
o‗tadi. O‗ng buyrakning pastki qutbi uch yoshgacha iv—v, chapiniki esa iv bel 
umurtqa sohasida yotadi. Uch yoshdan 7 yoshgacha o‗ng buyrakning pastki qutbi 
iv bel umurtqasining o‗rtasiga, chapiniki esa shu umurtqaning yuqori uchiga to‗g‗ri 
keladi. 8—10 yoshlarga borib buyrak vii qovurg‗a va bel umurtqalarining tanasiga 
nisbatan normal joylashib boradi. Bolalarda chap buyrakning darvozasi ii bel, 
o‗nginiki esa iii bel umurtqalarining yuqori qirralariga to‗gri keladi. Yangi 
tug‗ilgan bolalarda buyrak darvozasi oldinga qaragan va faqat keyinchalik 
ichkariga qarab buriladi. Buyrak qon tomirlari nisbatan uzunroq va qiyshiq 
joylashgan. Qorin aortasidan boshlanuvchi buyrak arteriyasi va buyrak venasining 
pastki kovak venaga quyilish joyi ancha muncha buyrak jomchasidan yuqoriroq 
turadi. Qon tomirlarining gorizontal yo‗nalishi bolalarda juda ham kam uchraydi. 
Bola yoshi kattalashgan sayin buyrak arteriyasining diametri va uzunligi 
ham o‗zgarib boradi. Chunonchi, dastlab arteriya diametri 2—2,5 mm, keyinchalik 
3—4 mm, maktab yoshida esa 4,5 dan 8 mm gacha kengayadi. Arteriya bilan 
venalarning diametrlari bir-biridan farq qiladi. Buyrak venalari diametri torroq
arteriyalarniki esa yo‗g‗onroqdir. Buyrak venalarining diametri 2 ml, chap buyrak 
venasining uzunligi 1,6—1,8 sm, o‗nginiki 1,2—1,4 sm ga to‗g‗ri keladi.
Yangi tug‗ilgan va 12 yashar bolalarda ham buyrak limfa sistemasi yaxshi 
rivojlangan, lekin ularning klapan apparatlari uncha taraqqiy etmagan bo‗ladi. 
Innervatsiya buyrak chigali hisobiga amalga oshadi, buyrak arteriyalari 
atrofida joylashadi. 
Yangi tug‗ilgan bolalar buyragining ko‗ndalang kesimi yumaloq shaklga 
ega. Po‗stloq qatlami 2 mm, mag‗iz qatlami ancha taraqqiy etgan bo‗lib, 8 mm ga 
yetadi. 



Yangi tukilgan chaqaloqlarda buyrak yuqori va oldindan buyrak usti bezlari 
bilan yopilib turadi. O‗ng buyrakka jigarning kam qismi, ichaklarning esa ko‗proq 
qismlari tegib turadi. 12 barmoq ichak buyrakning tashqi qirg‗og‗iga ohista tegib 
turadi. Chaqaloqlarda chap buyrak taloqqa, uning yuqori qutbiga esa mehda osti 
bezi tegishi mumkin. 
Yangi tug‗ilgan chaqaloklarda siydik nayining uzunligi 5—7 sm bo‗lib, u 
ikkita teng bo‗laqdan: qorin va chanoq qismidan iborat. Bola o‗sishi bilan uning 
uzunligi ham o‗zgarib boradi, bolalik davrida 10 sm, maktab yoshida 14 sm, 
balog‗at yoshida 18—20 sm ga yetadi. Dastlab diametri 1—1,5 mm bo‗lib, 
keyinchalik sekin-asta kengayib boradi. Bu ahzoning uchta toraygan qismi bor, 
ular orasida ikkita toraygan qismi tafovut etiladi. Yuqori toraygan qismi buyrak 
jomining siydik nayiga o‗tish qirmida, ikkinchisi (o‗rta) terminal chiziqning kesib 
o‗tish qismida va uchinchisi esa qovuqni teshib o‗tish devorida joylashadi. Bu 
toraygan kismlarda asosan mayda toshlar har xil tuzlar o‗tirib qolishi xavfi 
tug‗iladi. 
O‗ng siydik nayiga old tomondan 12 barmoq ichak, och ichak qovuzloqlari, 
bahzida ko‗richak — chuvalchangsimon o‗simta tegib tursa, chapiga esa yonbosh 
ichak qovuzloqlari, sigmasimon ichak yopishib turadi. Orqa tomondan siydik 
naylari bel muskulining fastsiyasida yotadi. Chap siydik nayidan ichkarida qorin 
aortasi, o‗ngidan ichkarida pastki kovak vena o‗rin olgan. Terminal chiziq sohasida 
chap siydik nayi chap umumiy yonbosh, o‗ngi esa o‗ng tashqi yonbosh arteriyani 
kesib o‗tadi. Kichik tos bo‗shlig‗ida ikkala siydik nayi yoy hosil qiladi. Yoy kaudal 
tomonga qaragan bo‗lib, siydik nayi yuqoriga ko‗tariladi va qov suyagining yuqori 
qirg‗og‗i sohasida qovuqqa ochiladi. 
Siydik nayining bel qismi buyrak va moyak arteriyalaridan qon bilan 
tahminlanadi, venalari bir xil nomlanadi. Innervatsiya bel chigalining tolalari orqali 
amalga oshadi. 
Chaqaloklarda siydik nayi nerv tolalariga boy. Uning devorida adventitsial 
muskul va shilliq chigallar borligi aniqlangan. Bu uchala nerv chigallari bir-biri 
bilan uzviy bog‗lanib butun siydik nayini qavatma-qavat innervatsiyalaydi. 



Buyrak usti bezlari chaqaloqlarda nisbatan kattaroq bo‗lib, uzunligi 3,5 sm, 
eni 2,5 sm, qalinligi 1,25 sm, hajmi 7 g ga tengdir. 
O‗ng bez uchburchak shaklida, chapi esa 7 yoshgacha to‗rtburchak, 
keyinchalik yarimoy shaklida rivojlanadi. Bezlar buyrakning yuqori qutblariga 
yopishib turadi. Har bir buyrak usti bezi o‗z kapsulasiga ega, 8—10 yoshga borib 
kapsula qalinlashib boradi. Bezlar asosan yuqori buyrak usti bezi arteriyasi, ya‗ni 
pastki diafragma arteriyasi tarmokidan, o‗rta buyrak usti bezi arteriyasi qorin 
arteriyasi tarmog‗i, pastki buyrak usti bezi arteriyasi tarmog‗i bo‗lgan manbalardan 
qon bilan tahminlanadi. 
Venoz qon markaziy venaga, u o‗ng tomondan v. Cava inferior ra, chap 
tomondan v. Remalis sinistra ga quyiladi. 
Innervatsiya quyosh va buyrak chigali hamda diafragma nervlari orqali 
bajariladi. Limfa buyrak usti bezidan aorta va pastki kovak vena yonida joylashgan 
tugunlarga yo‗naladi. 

Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish