O`zbek adabiyotining yirik namoyandasi G`afur G`ulom 1903- yilning 10- may kuni Toshkentning Qo`rg`ontegi mahallasida tug`ildi. U endigina 9 yoshga kirganda otasi G`ulom Mirza Orif o`g`li vafot etadi. Oradan 6 yil o`tar o`tmas bolalar mehribon onadan ham ayriladilalar. Ukalari va singillari bilan yolg`iz qolgan G`afurning “qilmagan xizmati, tutinmagan ishi” qolmaydi.
G`afur G`ulom oilani boqish uchun kosiblik, mixkorlik, aravakashlik qiladi, bosmaxonalarda harf teruvchi bo`lib ishlaydi. Biroq G`afur G`ulom hayotning bu sinovlari qarshisida dovdirab qolmadi. U o`zidagi iqtidorni faqat ma`rifat orqali ro`yobga chiqarish mumkin ekanligini juda erta angladi. Avval boshlang`ich maktabda o`qidi. Keyin esa o`sha paytda urf bo`la boshlagan rus-tuzem maktabiga kirdi. Muallimlar tayyorlaydigan maktabni ham bitirgach, avval o`qituvchilik, so`ng jurnalistlik qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |