O`zining iste`dodi adabiy ijodda ko`proq namoyon bo`lishini sezgan G`afur G`ulom davrning yangi urfga kirayotgan she`riy shakllari(barmoq, sarbast)da ko`p mashqlar qiladi. Buning hosilasi bo`lib, dastlabki she`riy to`plami 1931- yilda “Dinamo” nomi ostida chop etiladi. 1932- yili esa “Tirik qo`shiqlar” degan ikkinchi to`plami nashr qilinadi.
G`afur G`ulomning hayoti va ijodi
O`zbek adabiyotining yirik namoyandasi G`afur G`ulom 1903- yilning 10- may kuni Toshkentning Qo`rg`ontegi mahallasida tug`ildi. U endigina 9 yoshga kirganda otasi G`ulom Mirza Orif o`g`li vafot etadi. Oradan 6 yil o`tar o`tmas bolalar mehribon onadan ham ayriladilalar. Ukalari va singillari bilan yolg`iz qolgan G`afurning “qilmagan xizmati, tutinmagan ishi” qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |