Mana shu og`ir kunlarning barchasini yosh G`afur o`z ko`zlari bilan ko`rgani,yuragidan o`tkazgani tufayli ham uning qalbida insonparvarlik, yetimparvarlik hislari juda erta uyg`ondi. Shoining o`zi aytishicha, uning dastlabki she`riy mashqlari ham aynan yetim bolalarga bag`ishlab yozilgan edi.
Yozish-chizish ishlariga tug`ma iqtidori bo`lgan G`afur G`ulom o`z davrining mashhur nashrlari bo`lmish gazeta va jurnallar bilan yaqin aloqa o`rnatadi, tahririyatlarda xizmat qiladi. O`sha yillari “Kambag`al dehqon”, “Qizil O`zbekiston”, “Sharq haqiqati”singari gazetalarda, “Mushtum” jurnalida uning yuzlab katta-kichik maqolalari,felyetonlari bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |