1.2. Tuproqlari va Hayvonot dunyosi
Tojikiston togʻli mamlakat, hududining 93% ini 300 m dan 7495 m balandlikkacha boʻlgan togʻlar, shuningdek, Oʻrta Osiyoning eng yirik togʻlari — Tyan-Shan va Pomir sistemasiga kiradigan togʻlar egallaydi. Hududining qariyb yarmini 3000 m dan baland boʻlgan togʻliklar tashkil etadi. Daryo vodiylarining kengaygan joylari va togʻ oraligʻidagi soyliklar tekisliklardan iborat, shimolda Qurama tizma togʻlari (Boboiob togʻi, balandligi 3769 m) va Moʻgʻultogʻ togʻlari (1624 m) joylashgan. Tojikiston markaziy qismida Olay tizma togʻlari (gʻarbiy qismi, 5539 m), Turkiston (5509 m), Zarafshon (5489 m, Chimtargʻa togʻi), Hisor va Qorategin tizma togʻlari (4643 m) va Zarafshon vodiysi (Turkiston va Zarafshon tizma togʻlari orasida), janubi-gʻarbiy qismida (Hisor-Olay tizma togʻlarining janubda va Pomirning gʻarbida) unchalik baland boʻlmagan Bobotogʻ, Oqtogʻ, Qoratogʻ, Teraklitogʻ, Sarsarak, Rangontogʻ, Ilonlitogʻ va boshqalar bor. Ushbu togʻlardan ayrimlari janubiy va janubi-gʻarb tomonga pasaya borib, Panj va Amudaryo qirgʻoqlarigacha qoʻshilib ketgan tekisliklardan iborat. Yuqoridagi tizma togʻlar oraligʻida Hisor, Vaxsh, Yovon, Quyi Kofarnihon, Surxob (Qizilsuv) va Yaxsuv vodiylari joylashgan. Tojikiston janubi-sharqiy qismida Pomir togʻlari qad koʻtargan (Tojikistonning eng baland joyi — 7495 m). Uning markazida Muzkoʻl tizma togʻlari va janubi-gʻarbda Shimoliy va Janubiy Alichur tizma togʻlari joylashgan.
Tojikiston hududida Oʻrta va Janubiy Tyanshan, Pomir burmali tizimlari hamda 2 yirik togʻlararo botiq (Fargʻona va Tojikiston depressiyalari) bor. Pomir va Hisor Olay tizma togʻlarida togʻ billuri, oltin, kumush, simob, surma, mishyak, volfram, molibden, toshtuz, asbest, koʻmir, neft, tabiiy gaz, temir, rux, qimmatli toshlardan laʼl, lojuvard, marmar konlari mavjud. Oʻnlab mineral buloqlar, shu jumladan, Garmchashma shifobaxsh bulogʻi mashhur.
Iqlimi kontinental. Yanvarda oʻrtacha harorat vodiy va togʻ yon bagʻirlarida 2 °C dan —2 °C gacha, Pomirda —22 °C. Iyulning oʻrtacha harorati vodiylarda 30 °C, Pomirda 10 °C, eng yuqori harorat 48 °C gacha (Vaxsh vodiysi va Quyi Panjda). Yillik yogʻin miqsori Hisor tizma togʻlarining shimoliy yon bagʻirlarida 1600 mm gacha. Tojikiston markazi va janubda yoz va kuzda quruq issiq shamol va qisman garmsel, janubda afgʻon shamoli esadi. Asosan, Pomir hududida mingdan ortiq kattakichik muzliklar bor. Daryo koʻp, uzunligi 10 km dan ortiq boʻlgan daryolar 947 ta. Ular, asosan, Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryosi havzalariga mansub. Faqat Sharqiy Pomirdagi Oqjilgʻa, Qorajilgʻa va Muzkoʻl daryolari berkkoʻl — Qorakoʻlga quyiladi. Tojikistonda 930 koʻl boʻlib, aksariyati Pomir va Xisor-Olay tizma togʻlari etagida joylashgan. Sarez, Yashilkoʻl, Iskandarkoʻl, Kattakoʻl koʻllari, Qayroqqum, Norak, Farhod, Kattasoy, Moʻminobod va boshqa suv omborlari bor.
1.5-rasm Tog’lari
Tojikiston janubi-gʻarbi va shimoldagi pasttekisliklarda och kulrang, togʻ yon bagʻirlarida tabiiy kulrang, toʻq kulrang yoki jigarrang tuproqlar uchraydi. Shimoliy va Hisor-Olay etaklari tuproqlari och jigarrang, yuqoriroqda tabiiy jigarrang tuproqlar. Gʻarbiy Pomir soyliklarida toʻq kulrang, Sharqiy Pomirda esa choʻl tuproqlari mavjud. Tojikiston hududida oʻsimliklarning 4,5 mingdan ortiq turi oʻsadi. Togʻ yon bagʻirlarida, shuningdek, Qurama, Zarafshon, Hisor tizma togʻlarida butazor va archazor, Dangʻara, Moʻminobod, Xovaling, Chubek va Farxor atrofidagi togʻ va togʻ yon bagʻirlarida pista, yongʻoq, anor, olcha, oʻrik, nok, tut, bodom, doʻlana, jiyda, archa va boshqa yovvoyi mevali daraxtlar oʻsadi.
Hayvonot dunyosi boy. Sut emizuvchilarning 84, qushlarning 346, sudralib yuruvchilarning 44, hasharotlarning 10 mingdan ortiq, baliqlarning 40 turi mavjud. Yovvoyi hayvonlardan toʻngʻiz, yovvoyi echki, arxar, kiyik, ayiq, sugʻur, qushlardan tovushqon, kaklik, chil, qirgʻovul, bedana va boshqalar mavjud. Janubi-sharq va shimoldagi togʻlarda qoplon, boʻri, tulki, jayra, qashqaldoq, ilon, yovvoyi mushuk, togʻ echkisi, kiyik, parrandalardan burgut, oʻrdak, laylak va boshqalar jonivorlar uchraydi. Tabiatni qoʻriqlash maqsadida Polvontoʻqay, Romit, Dashtijum qoʻriqxonalari va botanika bogʻlari tashkil etilgan. Tojikiston dengizga chiqish imkoniga ega emas va hududi bo'yicha Markaziy Osiyodagi eng kichik davlatdir. U asosan 36 ° va 41 ° shimoliy kengliklarda va 67 ° va 75 ° E. uzunliklarda joylashgan bo'lib, u Pomir tizmasining tog'lari bilan qoplangan va mamlakatning katta qismi dengiz sathidan 3000 metr (9800 fut) balandlikda joylashgan. Amudaryoni tashkil etuvchi shimolda (Farg'ona vodiysining bir qismi), janubda esa Kofarnihon va Vaxsh daryolari vodiysining pastki qismida joylashgan. Dushanbe Kofarnihon vodiysidan yuqori bo'lgan janubiy yon bag'irlarida joylashgan.
Tog’lari
|
Balandligi
|
Manzili
|
Ismoil Somoni Peak (highest)
|
7,495 m
|
24,590 ft
|
Tog'li Badaxshonning shimoliy-g'arbiy chekkasi (GABO), Qirg'iziston
chegarasidan janubda
|
|
Ibn Sina Peak (Lenin Peak)
|
7,134 m
|
23,537 ft
|
Ismoil Somoniy cho'qqisidan shimoliy sharqda, Trans-Oloy
tizmasidagi shimoliy chegara
|
|
Tepalik Korzhenevskaya
|
7,105 m
|
23,310 ft
|
Ismoil Somoni cho'qqisidan shimolda, Muksu daryosining janubiy qirg'og'ida
|
|
Independence Tepalik (Revolution Tepalik)
|
6,974 m
|
22,881 ft
|
Markaziy Tog'li Badaxshon, Ismoil Somoniy cho'qqisidan janubi-sharqda
|
|
Academy of Sciences Range
|
6,785 m
|
22,260 ft
|
Shimoliy-g'arbiy Tog'li Badaxshon, shimoliy-janubiy yo'nalishda cho'zilgan
|
|
Karl Marx Tepalik
|
6,726 m
|
22,067 ft
|
G'AQO, Afg'oniston bilan chegara yaqinida, Qorakoram tizmasining shimoliy tizmasida
|
|
Garmo Tepalik
|
6,595 m
|
21,637 ft
|
Shimoliy-g'arbiy Tog'li Badaxshon.
|
|
Mayakovskiy Tepalik
|
6,096 m
|
20,000 ft
|
G'arbiy G'arbiy janubi-g'arbiy qismida, Afg'oniston chegarasi yaqinida
.
|
|
Concord Tepalik
|
5,469 m
|
17,943 ft
|
Qorakoram tizmasining shimoliy tizmasidagi janubiy chegara
|
|
Kyzylart Pass
|
4,280 m
|
14,042 ft
|
Trans-Oloy tizmasidagi shimoliy chegara
|
|
Amudaryo va Panj daryolari Afg'oniston bilan chegarani belgilaydi va Tojikiston tog'laridagi muzliklar Orol dengizi oqimining asosiy manbai hisoblanadi. Tojikistonda 10 kilometrdan ortiq 900 dan ortiq daryolar mavjud.
1.6-rasm Mamuriy bo’linmalar
Tojikiston 4 ta ma'muriy bo'linmadan iborat. Bular Sug'd va Xatlon viloyatlari, Tog'li Badaxshon avtonom viloyati (qisqartirilgan holda GABO) va Respublikaning bo'ysunish mintaqasi (RRP - Raiony Respublikanskogo Podchineniya) rus tilidan tarjima qilingan yoki NTJ - tojik tilida Nohiyalar tobei respublikasi; ilgari Karotegin viloyati sifatida tanilgan). Har bir mintaqa bir necha tumanlarga bo'linadi (tojikcha: Nohiya, nohiya yoki tuman), ular o'z navbatida jamoatlarga (qishloq darajasidagi o'zini o'zi boshqarish bo'linmalari), so'ngra qishloqlarga (qishloqlar) bo'linadi. 2006 yil holatiga ko'ra, Tojikistonda 58 ta tuman va 367 ta jamoat mavjud edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |