G. Shodmonova, N. D. Ibragimova R


Tarbiyaviy  ishlarni  amalga  oshirishda      "Oila,  ma      halla



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/72
Sana01.01.2022
Hajmi1,17 Mb.
#301358
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   72
Bog'liq
fayl 736 20210504

 

 

Tarbiyaviy  ishlarni  amalga  oshirishda      "Oila,  ma      halla, 



o’quv  bilim  yurti      hamkorligi"  Kontseptsiyasining  o’rni  va 

ahamiyati. 

                                 Reja: 

1. Guruh rahbari oila va jamoa bilan olib borgan faoliyati 

2. Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari. 

 

3.Yoshlarni 

tarbiyalashda 

oila, 

mahalla 

va 

o’quv  yurtining 

hamkorligini amalga oshishirsh tamoyillari va bosqichlari 

 

Tarbiya  jarayoni  ishtirokchilari  sa’y-  harakatlarini  birlashtirish  maksadida 



1993  yilda  ishlab  chikilgan  "Oila,  mahalla,  o’quv  bilim  yurti    hamkorligi" 

Kontseptsiyasi  yoshlarni  istiqlol  g’oyalariga  sadoqatli,  ma’naviy  barkamol, 

vatanparvar  etib  tarbiyalashda  keng  jamoatchilik  faoliyatini  muvofiqlashtirish 

borasida ma’lum dasturilamal buldi. 

Mamlakatimizda  keyingi  yillarda  qabul  qilingan  ta’lim  va  tarbiya 

turg’risidagi  qator  me’yoriy  hujjatlar,  jumladan  O’zbekiston  Respublikasining 

"Ta’lim  to’g’risida"gi  qonuni,  "Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi"  bozor 

iqtisodiyoti  sharoitlarida  muvaffaqiyatli  ishlay  oladigan,  mustaqil  fikrlovchi 




kadrlarni  tayyorlashda  oila,  mahalla  va    o’quv  bilim  yurti  nufuzini  yanada  yuqori 

pog’onaga kutarishni taqzo etadi. 

Zero,  ta’lim-tarbiyani  takomillashtirishda  ham  davlat  bosh  islohotchidir, 

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, birinchidan, yosh avlodga o’zligimizni, muqaddas 

an’analarimizni  anglash  tuyg’ularini,  xalqimizning  ko’p  asrlar  davomida 

shakllangan  ezgu  orzularini,  jamiyatimiz  oldiga  bugun  qo’yilgan  oliy  maqsad  va 

vazifalarni singdirish; 

ikkinchidan,  jamiyatimizda  bugun  mavjud  bo’lgan  hurfikrlikdan  qat’iy 

nazar  yoshlarni  jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, 

el-yurtimizni  eng  yuksak  maqsadlar  sari  chorlaydigan  yagona  g’oya  —  milliy 

mafkuraga sadoqat ru hida tarbiyalash; 

uchinchidan,  yoshlarni  baynalmilal  jahon  xamjamiyatida,  xalqaro 

maydonda    O’zbekistonga  munosib    hurmat  tug’dirish  uchun  intilish  ru  hida 

tarbiyalash; 

to’rtinchidan,  yosh  avlodni  vatanparvarlik,  el-yurtga  sadokat,  yuksak 

odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash; 

beshinchidan,  yosh  avlodni  ulug’  ajdodlarimizning  munosib  vorislari 

ekanliklari,  ayni  vaqtda  jahon  va  zamonning  umumbashariy  yutuqlarini  egallash 

ruhida  tarbiyalash  O’zbekistonda  talaba-yoshlarni  tarbiyalashning  eng  dolzarb 

masalasidir. 

Davlatimiz  rahbari  ko’rsatib  berganidek,  ta’lim-tarbiya  so  hasidagi 

islohotlar: 

birinchidan,  ijtimoiy-siyosiy  iqlimga  ijobiy  ta’sir  ko’rsatishga,  umuman 

mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o’zgartirishga; 

ikkinchidan, insonning  hayotda o’z o’rnini topishini tezlashtirishga; 

uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsni shakllantirishta; 

to’rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to’la ro’yobga chiqarishga; 

beshinchidan,  umumiy  va  maxsus  bilimlarga  ega,  ongli,  tafakkuri  ozod, 

zamonaviy  Duneqarash,  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarga  voris  bo’lgan, 

kuchli  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etadigan  komil  insonlarni  tarbiyalashga 

qaratilgan. 

Mazkur Kontseptsiyada taraqietimizning ma’naviy-a hloqiy negizi milliy va 

umuman  insoniy  qadriyatlar  uyg’unligi  ekanligi  e’tirof  etildi,  milliy  va 

umuminsoniy  tarbiyaning  quyidagi  o’zaro  aloqalari,  uyg’un  yo’nalishlari  belgilab 

olindi. 

Milliy  tarbiya  yo’nalishi  orqali  yoshlarda  o’zlikni  anglash,  vatanparvarlik, 

milliy  Fypyp,  millatlararo  muloqot  madaniyati,  milliy  mafkuraviy  onglilik,  milliy 

odob, fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi. 

Umuminsoniy  yo’nalishda  huquqiy,  iqtisodiy,  jismoniy,  aqliy,  estetik, 

ekologik,  gigienik  va  boshqa  tarbiya  yo’nalishlari  amalga  oshiriladi.  Bu 

Kontseptsiya  milliy  davlatchilik  va  jamiyat  qurilishi  talablari  asosliligini 

ta’minlaydi. 

Konsepsiyada oilaga alohida e’tibor qaratildi. O’zbekistonda 1998 yil "Oila 

yili" deb e’lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada kuchaytiradi. qayd etilgan 

masalalar  jamiyatimiz,  xalqimiz,  davlatimiz  taqdiri  va  uning  dunyo  miqyosidagi 



siesiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy  salohiyatini  shakllantirishda  g’oyat

 

katta  ahamiyatga 



ega  ekanligiga  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1998  yil  26 

martda qabul qilingan "Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, diniy 

aqidaparastlikning  oldini  olish  chora-tadbirlari  to’g’risida"gi  130-sonli  qarori 

misol bo’la oladi. 

Shuningdek, 

O’zbekiston 

Respublikasining 

"Ta’lim 


to’g’risida"gi 

qonunining  30-moddasida  "Voyaga  yetmagan      shaxslarning  ota-onalari  yoki 

qonuniy  vakillari      shaxsning  qonuniy  huquqlari  va  manfaatlarini  himoya 

qilishlari  shart  hamda  ularning  tarbiyasi,      o’quv  muassasasigacha,  umumiy  o’rta, 

o’rta  maxsus,  kasb-xunar  ta’limi  olishlari  uchun  javobgardirlar",  deb  belgilab 

qo’yilgan. 

"Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi"ning  3.2  bandida  esa  ta’lim 

oluvchilarning  o’qishi,  turmushi  va  dam  olishi  uchun  shart-sharoitlar  yaratish 

borasidagi  vazifalar        hal  etilishida  jamoatchilik  boshqaruvini  rivojlantirishga 

alohida e’tibor berilgan. Bu "Oila, o’quv bilim yurti, mahalla hamkorligi" bugungi 

kunning  ma’naviy,  ma’rifiy,  mafkuraviy,  tarbiyaviy  zarurati  ekanligini  bildiradi. 

Yosh avlodni ma’naviy-a hloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, 

tarixiy an’analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan 

samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy 

etilishi,  shaxsni  tarbiyalash  va  uni  har  tomonlama  kamol  toptirishning 

ustuvorligini  ta’minlash;  umumiy  hamda  milliy  pedagogik  madaniyatni  oshirish; 

mamlakatimiz 

fuqarolari 

orasida 

milliy 


mafkuraviy 

tarbiya 


ishlarini 

takomillashtirish "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti  hamkorligi" Kontseptsiyasining 

asosiy maqsadidir. 

O’zbekistonda ruy berayotgan uzgarishlar "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti  

hamkorligi"  yo’nalishidagi     shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla,  o’quv bilim 

yurtining  asosiy  vazifalarini  mazmunan  yangilab    hayotga  tatbiq  etishni  taqozo 

qiladi. 


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish