35
Sistematik xato
biror obyektni bir necha marta o’lchaganda doimo bir xil
ishora bilan bir xil miqdorda takrorlanaveradigan xatodir. Sistematik xatoning kelib
chiqishiga o’lchash asbobining yetarli darajada aniq va to’g’ri bo’lmasligi,
o’lchayotgan kishining shaxsiy xususiyatlari, tashqi muhitning ta’siri va boshqalar
sabab bo’lishi mumkin. Bunday xatoni kamaytirish uchun har gal o’lchash asbobi
sinchiklab tekshiriladi va ma’lum o’lchash usuli qo’llaniladi. Agar asbob hamisha
bir xil xato ko’rsatadigan bo’lsa, o’lchash va hisoblash paytida asboblarning xatosini
e’tiborga olish va olingan natijalarga tegishlicha tuzatish kiritish, shu yo’l
bilan
o’lchash xatoliklarini sistematik xatodan iloji boricha holi qilish zarur.
Tasodifiy xato
o’lchash natijalaridagi qo’pol va sistematik xatolar
yo’qotilgandan so’ng qoladigan xatodir. O’lchash paytida tasodifiy xato ro’y berishi
muqarrar: o’lchash paytida uni e’tiborga olib bo’lmaydi.
Biror obyektning haqiqiy qiymati ma’lum bo’lsa, bu obyektni o’lchash
paytida ro’y bergan tasodifiy xatoni bilish uchun obyekt bir necha marta o’lchanib,
olingan natijalarni, obyektning haqiqiy
qiymatidan ayirish kerak, shunda har bir
o’lchashdagi tasodifiy xato kelib chiqadi.
Masalan: obyektning haqiqy qiymati x bilan, uni o’lchab olingan natijalari l
1
,
l
2
, l
3
….l
n
bilan, har o’lchashdagi tasodifiy xatoni
∆
1
,
∆
2
,
∆
3
……
∆
n
bilan belgilasak ,
har bir o’lchashdagi tasodifiy xato quyidagiga teng bo’ladi:
l
1
-x=
∆
1
l
3
-x=
∆
3
………
l
n
-x=
∆
n
(4.1)
Obyekt bir necha marta o’lchanib, qo’pol va sistematik xatolardan holi
qilingandan so’ng ham o’lchash natijalari bir-biridan farq qiladi. Bu farq tasodifiy
xatodan iborat bo’ladi. Bu xato tasodifan kelib chiqsa ham ma’lum bir qonuniyatga
bo’ysunar ekan-tajribada shu narsa aniqlandi. Bu qonuniyatni o’rganish o’lchash
natijalarining ishonchli va aniq bo’lishiga imkon beradi.
36
Tasodifiy xatolarga xos xususiyatlar:
1) teng aniqlikda o’lchangan vaqtda tasodifiy
xatoning absolyut qiymati
belgilangan chegaradan chetga chiqmaydi. Belgilangan miqdordan katta xato
tasodifiy xato emas, balki qo’pol xato bo’ladi;
2) o’lchash vaqtida absolyut qiymati kichik xatolar absolyut qiymati katta
xatolarga qaraganda ko’proq uchraydi;
3) musbat ishorali tasodifiy
xato nacha marta uchrasa, manfiy ishorali
tasodifiy xato ham shuncha marta uchraydi;
4) biror obyektni ko’p marta o’lchash vaqtida kelib chiqadigan tasodifiy
xatolarning o’rtacha arifmetik miqdori o’lchashlar soni ortgan sari nolga yaqinlasha
boradi.
Bu to’rtinchi hossani quyidagicha ifodalash mumkin:
lim
n→∞
∆
1
+∆
2
+∆
3
+⋯+∆
n
n
0
(4.2)
bunda-
∆
1
,
∆
2
,
∆
3
……
∆
n
– tasodifiy xatolar; n-o’lchashlar soni.
Agar tasodifiy xatolar (
∆
1
,
∆
2
,
∆
3
……
∆
n
) yig’indisini [∆]
bilan belgilasak,
formulamiz quyidagi ko’rinishga keladi:
lim
n→∞
∆
n
= 0
(4.3)
Lekin obyektni o’lchash soni n→∞ bo’lmasdan, ma’lum chegarasi bor.
Shuning uchun o’lchashlar natijasida olingan o’rtacha arifmetik miqdor
[l]
n
bu
obyektning haqiqiy qiymati (X) dan biror kichik songa farq qiladi, ya’ni
[l]
n
− X = ∆
(4.4)
Bu yerda ∆- haqiqiy tasodifiy xatodir. Shuni aytish kerakki,
biror obyektni
nmarta o’lchash natijasida hosil qilingan o’rtacha qiymat
[l]
n
obyektning haqiqatga
yaqin qiymati, ya’ni ehtimoliy qiymati bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: