66
(ψ) o’lchaniladi. Poligon tomonining uzunligi quyidagi formula yordamida hisoblab
chiqariladi:
d
1
= b sin ψ
1
cosecφ
1
(6.5)
Qisqa bazisli paralaktik poligonometriyada
ham poligon tomonining
direksion burchaklari va burilish punktlarining koordinatalari formula asosida
hisoblaniladi.
Keyingi yillarda magistral poligonometriyaning tomonlarini yoki paralaktik
planimetriyaning bazislarini o’lchashda svetodalnomer va radiodalnomerlar
qo’llanilmoqda. Dalnomer poligonometriyasi ham koordinatalari ma’lum bo’lgan
ikki tayanch punkt oralig’ida o’tkaziladi. Bunda poligon tomonlari dalnomer bilan
poligon burilish burchaklari aniq teodolit bilan o’lchanadi.
Poligon tomonlarining
direksion burchaklari boshlang’ich tomonning direksion burchagidan va burchak
o’lchash natijalaridan
foydalanib formula yordamida, poligonometriya
punktlarining koordinatalari esa boshlang’ich punktning ma’lum koordinatalaridan
va o’lchash natijalaridan foydalanib formula yordamida topiladi.
6.5. Davlat planli tayanch tarmoqlari
Davlat planli geodezik tayanch
tarmoqlari triangulyatsiya, trilateratsiya va
poligonometriya uslublarida barpo qilinadi. Uslublar joyning sharoitiga va iqtisodiy
jihatdan afzalligiga qarab tanlanadi. Hozir asosan
triangulyatsiya uslubidan
foydalanilmoqda.
Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilishqa punktlarning bir-biriga yaqin-
uzoqligi (zichligi) katta ahamiyatga ega. Territoriyaning 1:25000 va 1:10000
masshtabli planini olishda davlat planli geodezik tayanch tarmoqlari 50-60 km
2
ga
bir punkt to’g’ri keladigan qilib, 1:5000 masshtabli tasvirga olishda 20-30 km
2
ga,
1:2000 masshtabli tasvirga olishda esa 5-15 km
2
ga bir punkt to’gri keladigan qilib
hosil qilinadi. Davlat planli tayanch tarmoqlari burchak va masofani o’lchash
aniqligiga, uchburchak tomonlarining uzunligiga va tarmoqlarni hosil qilish tartibiga
qarab 1, 2, 3 va 4 – klasslarga bo’linadi.
67
Davlat geodezik tayanch tarmoqlari umumiydan bo’lakka , yuqori klassdan
pastki klassga o’tish prinsipida quriladi. Bunda dastlab 1-klass tarmog’i, unga
asoslanib esa birin-ketin 2, 3 va 4- klass tarmoqlari o’tkaziladi.
Bunday prinsipni
qo’llanish
mamlakatimiz
territoriyasida qisqa muddatda
yagona
koordinata
tizimini
tarqatishga imkon beradi.
1-klass
davlat
planli
tayanch
tarmoqlari
qator
uchburchaklardan iborat bo’lib,
meridian va parallel yo’nalishi
bo’yicha
o’tkaziladi.
Uchburchaklar
zvenosining
uzunligi 250 km ga boradi (6.10-
rasm).
Uchburchaklar
zvenosining o’zaro kesishishidan
hosil bo’lgan to’rtburchakning
perimetri tahminan 800-1000km
dir. 1-klass
tarmoqlarida har bir
uchburchak tomoni 20 km dan qisqa bo’lmasligi kerak. Uchburchakning bir-biri
bilan kesishgan joylarida bazis (chiqish tomon) o’lchanadi
va bazis uchlarining
koordinatalari astronomik usulda aniqlanadi. Uchburchak qatori bo’yicha
astronomik- gravimetrik nivelirlash o’tkaziladi. 1-klass geodezik tayanch
tarmoqlariga astronomik–geodezik tarmoqlar deyiladi.
Keyingi vaqtda ayniqsa
o’rmon zonalarida va shaharlarda masofalarni o’lchashda juda aniq svetodalnomer
va radiodalnomerlar qo’llanilganligidan, 1-klass triangulyatsiya uchburchaklari
qatori o’rniga 1-klass poligonometriya yo’llari o’tkazilmoqda.
Bunda
poligonometriya yo’lining uzunligi 20-25 km bo’ladi. Odatda 1-klass
poligonometriya yo’llari 1-klass triangulyatsiya punktlari oralig’ida o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: