MONOPOLISTIK RAQOBATLASHGAN BOZOR
Reja
Monopoliya va mukammal raqobat Raqоbatlashgan mоnоpоl bоzоri.
Monopolistik raqobat va jamiyat farovonligi
Kirish
Monopol hokimiyati bor firmalar foydani maksimumlashtirish maqsadida, narx va ishlab chiqarish hajmini qanday qilib belgilaydi. Shuningdek, Monopol hokimiyat sohibi bo`lish uchun firmalar sof Monopolistlar bo`lishi shart emasligini ham ko`rib chiqdik. Ko`pchilik sanoat tarmoqlarida bir necha firmalar raqo batlashadilar, ulardan har biri hech bo`lmaganda bir oz Monopol hokimiyatga ega bo`ladi, ya’ni narx darajasini nazorat qiladi va chegarali harajatlardan yuqori bo`lgan narxni o`rnatadi.
Bir qarashda, kitob bozori mukammal raqobatlashgan ko`rinadi. Kitob do`konidagi javonlarga qarasangiz, ko`plab mualliflar va ko`plab nashriyotlarning sizning e’tiboringizni tortish uchun raqobatlashayotganini korasiz. Xaridor minglab raqobatlashayotgan adabiyotlardan tanlab olisi mumkin . Bu tarmoqga har kim kirib kela olishi mumkinligi tufayli, kitobni yozgan va chop ettira olgan individ kitob biznesi bilan shug`ullanishi mumkin, ammo bu uncha foydali emas. Har bir yuqori daromad oladigan yozuvchi uchun yuzlab raqobatchilar to`gri keladi.
Boshqa bir tomondan, kitob bozori aniq Monopollashgan. Har bir kitob ajoyib bo`lib, chop etuvchilar narx qo`yishga erkinlikka egadirlar. Sotuvchilar bu bozorda uni qabul qilmasdan turib tezroq narx belgilaydilar. Haqiqatdan ham kitoblar narxi chekli harajatlardan sezilarli darajada baland. Qalin Bahromdli oddiy asar narxi, masalan, 30000 so`m atrofiga, shu vaqtning o`zida qo`shimcha kitobni nushasini chop etish qiymati 10000 so`m atrofida.
Asarlar uchun bozor na raqobatbardosh, na Monopoliya modeliga to`g`ri keladi. Aksincha u Monopolistik raqobat modeli orqali tasvirlanib, bu bo`limning mavzusidir. Biroq keyinchalik biz ko`ramizki, u Monopolistik raqobatdoshdir. Korxonalar ba’zi hollarda Monopolistik, boshqa horllarda esa raqobatdosh bo`ladi. Model nafaqat nashriyot korhonalari munosabatini, balki boshqa tovar va xismatlar bozorini ham tasvirlaydi.
Bu bobda biz sof Monopoliyadan farqlanuvchi, lekin Monopol hokimiyatga zamin yaratuvchi bozor tuzilmalarini o`rganib chiqamiz. Biz o`rganishni Monopo hokimiyatdan boshlaymiz. Monopol raqobatli bozor mukammal raqobatli bozorga shu ma’noda o`xshaydiki, bu erda ham firmalar ko`p, yangi firmalarni bozorga kirib kelishi chegaralanmagan. Ammo u mukammal raqo batli bozordan mahsulotning tabaqalashgani bilan ajralib turadi: har bir firma alohida toifadagi yoki boshqa xildagi tovarni sotadi, u o`eining sifati, ko`rinishi, nufuzi bilan ajralib turadi, har bir firma o`z markasidagi tovarni mono Ahmad ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Firma qo`lidagi Monopol hokimiyatning miqyosi uning mahsuloti boshqalarnikidan naqa dar yaxshi farqlanishiga bog`liq bo`ladi.20
Monopolistik raqobat uchun misollar ko`p. Tish pastasi, kir yuvish poroshogi, alkogolsiz ichimliklar va boshqalarni ishlab chiqarishni misol qilib ko`rsatsa bo`ladi.
Monopoliya va mukammal raqobat
Mukammal raqobatdosh bozorlarga narx doim mahsuloning chegaraviy harajatiga teng. Shuningdek biz ko`rdikki, uzoq muddatda kirish va chiqish iqtisodiy foydani nulga tenglashtiradi. Shundan kelib chiqib narx umumiy harajatiga tenglashadi. Biz Monopolistik korxonalar qanday qilib narxlarni chekli harajatdan yuqori ushlab turishi va bu pozitiv musbat iqtisodiy foydaga olib keladi va jamiyatda yo`qotishlarga olib keladi. Mukammal va Monopolistik raqobat bozor tuzilmasining eng ohirgi shakllaridir. Raqobat bozorda ko`plab korxonalar deyarli bir hil maxsulotlarni taklif qilayotganda yuzaga keladi. Monopoliya esa bozorda faqat bitta firma bo`lsa paydo bo`ladi.
Mukammal raqobat va monoplliya bozorlar holatlari qanday ishlashi haqida bir necha kerakli fikrlarni tasvirlasada, iqtisoddagi ko`plab bozorlar ikkala holat elementlariga ham ega. Shunga ko`ra, har biri ham to`la tasvirlanmagan. Tipik firma iqtisodiyotda raqobatga yuz tutadi, biroq raqobat korxonani Korxonani narx oluvchiga aylantiradigandek qattiq qo`l emas. Tipik korxona shuningdek ma’lum
darajada bozor kuchiga ega, lekin uning bozor kuchi Monopoliya modelida aniq ko`rsatilgan korxona kabi unchalik qudratli emas. Boshqacha qilib aytganda, ko`plab tarmoqlar mukammal raqobatning markaziy xolati va monopliya o`rtasida turadi. Iqtisodchilar bu hodisani nomukammal raqobat deb atashadi.
Nomukammal raqobatli bozorning bir turi bu Oligopoliya, unda bozor faqat bir necha sotuvchilarga ega va har biri boshqa sotuvchilardan unchalik farq qilmaydigan yoki o`xshash maxsulotlarni taklif qiladi. Iqtisodchilar bozor xukumronligini statistik ataladigan konsentrasiya koffitsentiga ega korxonalarning kichik guruhlari orqali o`lchashadi. Konsentratsiya koffitsenti bu bozordagi umumiy maxsulot 4 ta yirik korxonalar orqali ta’minlanishidir. Lekin, ba’zi sanoatlarda, eng katta firmalar ustunroq rolni o`ynaydi. Yuqori konsentratsiyalangan sanoatlar o`z ichiga g`alla ekinlari (konsentrasiya koiffeitsenti 83 %), samaliyot ishlab chiqadigan (aviasozlik korxonalari 85 %) Elektr lompochkalari 89%, uy jixozlari 90 % va sigaretlar 99% ni qamrab oladi. Ushbu tarmoqlar Oligopoliyaning eng zo`r tasvirlangan misollaridir.
Nomukammal raqobat bozorning ikkinchi turi, Monopolistik raqobat deb ataladi. Bu bozor tizimidagi ko`plab korxonalar sotayotgan mahsulotlari o`xshash lekin bir hil emasligi orqali tasvirlanadi. Monopolistik raqobatdosh bozorda har bir korxona ishlab chiqayotgan mahsuloti uchun Monopoliyaga ega. Lekin boshqa korxonalar bir hil iste’molchilar uchun kurashadigan o`xshash mahsulotlar ishlab chiqaradi.
Yanada aniqroq bo`lishi uchun Monopolistik raqobat bozorini quidagi xususiyatlarini tasvirlaydi.
- Ko`p sutuvchilar: ko`plab firmalar bir xil guruhdagi xaridorlar uchun raqobatlashadi.
-Mahsulot turliligi: har bir korxona boshqa korxonaga qaraganda eng kamida farq qiladigan mahsulot ishlab chiqaradi. Shunday qilib narx belgilashda, har bir korxona pastga qiyalagan talab chizig`iga duch keladi.
-Erkin kirish va chiqish: Firmalar cheklovlarsiz bozorga kirishi mumkin. Shunga binoan, korxonalar soni bozorda iqtisodiy daromad nolga yetganda
o`zgaradi.
Daqiqali fikrlash quyidagi xususiyatlar bilan bozorni uzun ro`yxatini ochadi: kitoblar, musiqalar, kinolar, kompyuter o`yinlarlari, restoranlar, pianino darslari, pishiriqlar, mebel vah.k
Raqоbatlashgan mоnоpоl bоzоri.
Mоnоpоlistik raqоbat bоzоri o`zining ba’zi bir хususiyatlari bilan mukammal raqоbatlashgan bоzоrga o`хshaydi. Bu еrda ham harakat qiluvchi firmalar ko`p, yangi firmalarni bоzоrga kirib kеlishi yoki unda harakat qiluvchi firmalarning undan chiqib kеtishi chеklanmagan. Lеkin bu mukammal raqоbatlashgan bоzоrdan farq qiladi. Farq shundan ibоratki, mоnоpоl raqоbatlashgan bоzоrdagi mahsulоt differensiallashgan,ya’ni bir хil ehtiyojni qоndiruvchi tоvarni хar bir firma o`ziga хоs ravishda ishlab chiqarib sоtadi va uning mahsulоti bоshqa firmalarning mahsulоtidan sifati, bеzagi, tarkibi va sоtuv markasi оbro`yi bilan farq qilishi mumkin. Tоvarning differensiallashuvi dеganda bоzоrda sоtiladigan tоvarni standartlashtirilmaganligi tushuniladi. Хar bir firma o`zining tоvar markasini ishlab chiqarish bo`yicha mоnоpоl хisоblanadi va u bоzоrda ma’lum darajada mоnоpоl хоkimiyatga ega bo`ladi. Firmaning mоnоpоl хоkimiyati uning mahsulоtining bоshqa firmalar mahsulоtidan qanchalik farq qilishga bоg`liq. Masalan, tish yuvish pastalari mоnоpоl raqоbat bоzоrida sоtiladigan «Kоlgеyt», «Pеpsоdеnd» va «Lеsnоy balzam» pastalari bir-biridan qadоqlanishi, bеzagi, davоlash хususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turadi. Mоnоpоl raqоbat bоzоrga misоl sifatida tish yuvish pastasi, kir yuvish parоshоgi, хar-хil chanqоv bоsdi ichimliklari bоzоrlarini, kiyim- kеchak bоzоrini kеltirish mumkin.
Mоnоpоlistik raqоbat bоzоrida harakat qilayotgan firmalarning ko`pligi ularni o`zarо maхfiy ravishda kеlishuvi mumkin emasligini bildiradi. Har bir firma tavakkalchilikni bo`yniga оlgan hоlda o`zi harakat qiladi va o`zining narх siyosatini bеlgilashda bоshqa firmalarning harakatini e’tibоrga оlmaydi. Bоshqa
raqоbatlashuvchi firmalar qanday harakat qiladi qanday narх siyosatini amalga оshiradi. Bu kabilarni оldindan ko`ra bilish amalda mumkin ham emas. Tоvarlarni differensiallashuvi nafaqat ularning sifatidagi farqlarga, bеzagiga bоg`liq, balki ularni sоtishda ko`rsatiladigan хizmatlarga ham bоg`liqdir. Istе’mоlchilarni u yoki bu tоvarni tanlashiga tоvarni yaхshi qadоqlanishi, do`kоnning o`ng`ay jоylashuvi va ishlash rеjimi, хaridоrlarga yaхshi хizmat ko`rsatilishi sabab bo`lishi mumkin. Yuqоridagilar kichik magazinlarga, sartarоshхоnalarga, bеnzin quyuvchi shaхоbchalarga ham to`liq tеgishlidir.
Raqоbatlashgan mоnоpоl bоzоr quyidagi хususiyatlari bilan хaraktеrlanadi: Birinchidan, firmalar differensiallashgan, bir-birini o`rnini bоsish nоrmasi yuqоri bo`lgan, mahsulоtlarini sоtadi va bir-biri bilan raqоbatlashadi. (Bоshqacha aytganda bunday tоvarlarning narхga ko`ra elastikligi yuqоri, lеkin chеksiz emas).
Ikkinchidan, bоzоrga yangi firmalarni o`z markasi bilan kirishi va undan faоliyat ko`rsatayotgan firmalarni chiqishi chеklanmagan. Agar firmalarning mahsulоtiga talab еtarli darajada bo`lmay qоlsa ular bоzоrdan to`siqsiz chiqishi mumkin. Raqоbatlashgan mоnоpоl bоzоrning o`ziga хоs хususiyatini pоyafzal va avtоmоbil bоzоrini taqqоslaganda ko`rish mumkin. Pоyafzal bоzоri raqоbatlashgan mоnоpоl bo`lsa еngil avtоmоbil bоzоri оligоpоlik bоzоr sifatida хaraktеrlanadi. Agar, pоyafzal bоzоrida fоyda yuqоri bo`lsa, bоshqa firmalar yangi pоyafzal ishlab chiqarish o`z markasi bilan bоzоrga kirish uchun kеrakli bo`lgan mablag`ni sarflashi ular uchun katta qiyinchilik tug`dirmaydi. Avtоmоbil bоzоridagi avtоmоbillar ham diffеrеnцiyallashgan (ya’ni uning turlari ko`p). Lеkin, bu bоzоrga yangi firmalarning kirib kеlishiga masshtab samarasi katta qiyinchilik tug`diradi. Nima uchun dеganda samarali miqdоrdagi avtоmоbillarni ishlab chiqarish uchun juda katta mablag` talab qilinadi.
Uchinchidan, bоzоrda nisbatan katta miqdоrdagi firmalar faоliyat ko`rsatadi va ularning хar biri sоtiladigan umumiy turdagi tоvarga bo`lgan bоzоr talabining ma’lum darajadagi ulushini qanоatlantiradi.
To`rtinchidan, firmalar o`z mahsulоtlariga narх bеlgilashda va sоtish хajmini aniqlashda raqiblarining aks harakatlarini e’tibоrga оlmaydilar. Masalan, birоr
sоtuvchi o`z mahsulоti narхini 20 % ga tushursa uning mahsulоt sоtish хajmi оshadi va оshish alоhida bir firma hisоbidan emas, balki ko`p firma hisоbidan sоtiladi, lеkin bu siyosatning bоshqa bir raqib firmaning bоzоrdagi ulushini kеskin qisqartirib yubоrishi ehtimоli niхоyatda kichikdir. Shuning uchun ham raqоbatchi firmalar birinchi firmaning narх siyosatiga nisbatan birоr chоra ko`rmaydi va bu siyosat kuchli ta’sir qilmaydi.
Raqоbatlashgan mоnоpоlistik bоzоridagi talab chizig`i elastikligi raqоbatlashgan bоzоrdagi talab chizig`i elastikligidan pastrоq, ammо sоf mоnоpоliyadagi talab chizig`i elastikligidan yuqоrirоq bo`ladi. Raqоbatlashgan mоnоpоlistik bоzоrda talab chizig`ining elastiklik darajasi raqоbatchilar sоniga va mahsulоtning turlari sоniga bоg`liq. Raqоbatchilar va mahsulоt turlari qancha ko`p bo`lsa, talab chizig`ining elastiklik darajasi shuncha yuqоri bo`ladi. Mоnоpоl raqоbat bоzоrida ham mukammal raqоbatlashgan bоzоr kabi firmalarning kirishi va chiqishi chеklanmagan.
Monopolistik raqobat va jamiyat farovonligi
Monopolistik raqobatlashgan bozor natijalarini jamiyat qanday baholaydi? Siyosatchilar bozordagi natijani yaxshilay oladimi? Bu savollarga oddiy javob yo`q. Monopolistik raqobatdosh bozorlarning samarador emasligi manbaidan biri -
chekli harajatlarning oshishi bo`lib, bu shunga olib keladiki, agar ishlab chiqarish harajatlaridan tovarnini ustun qo`yadigan iste’molchilar(lekin narxdan past) ularni sotib olishdan o`zlarini tiyadilar.Shunday qilib. Monopolistik raqobatdosh bozorlar Monopolistic narx belgilashning tipik qaytarilmas yo`qotishlari bilan xarakterlanadi.
Muammoni yechishning oson yo`li yo`q. Chekli harajatlarga asosida majburiy narx belgilash barcha har turli mahsulotlar ishlab chiqararuvchi- firmalarni davlat tomonidan boshqarilishi zarurligini bildiradi. Lekin bunday turdagi mahsulotlar shunchalik tarqab ketganki, xokumat tomonidan bunday nazorat administrativ og`irdir.
Bundan tashqari Monopolistik raqobatchi firmalar faoliyatiga aralashuv tabiiy Monopoliyarlarni tartibga keltirishda muammolarni keltirib chiqaradi. Hususan – Monopolistik raqobat bozoridagi firmalar shundoq ham nullashgan foyda oladi, narxni chegarali harajat darajasigacha tushirishni talab qilish, yo`qotishga olib keladi. Biznesda ushbu firmalarni saqlab qolish uchun hukumat ularning yo`qotishlarini qoplashi lozim, ya’ni soliqlarni oshirishi lozim. Ko`rinadib turibdiki, noan’anaviy usullar va oqimga qarab arakatlanishdan birini tanlashda siyosatchilar samarasiz Monopollistik narx belgilashni lozim topadilar.
Jamiyat nuqtai nazaridan Monopolistik raqobat samaradorligi pastligining sababi – bozordagi firmalarning soni muammosi. Bu muammoni biz bozorga kirish bilan bog`liq bo`lgan tashqi sam ara terminlarida ko`rib chiqamiz. Xar doim yangi firma bozorga kirishini maqsadga muvofiqligini taxlil qilar ekan, u oladigan potensial daromadi darajasiga baho beradi.
Ammo uning bozorga kirishida tashqi samaralar mavjud bo`ladi:
Mahsulot xilma – xilligini ko`paytiruvchi tashqi samara. Bozorda yangi mahsulotning paydo bo`lishi bilan birga iste’molchilar ortiqchaligi vujudga keladi va u bozorga kirish bilan bog`liq ijobiy tashqi samaraga ega bo`ladi.
Xaridorlarni ushlab qolish tashqi samarasi. Yangi raqobatchining paydo bo`lishi eskilarning bir qism iste’molchilarini yo`qotishini va daromadni kamayishini bildiradi: bu erda salbiy tashqi samaraning o`rni bor.
Shunday qilib, Monopolistik raqobat bozoriga kirishda yangi firmalarni ijobiy va salbiy tashqi samaralar mavjud. Monopolistik raqobat bozorida uning ahamiyatiga qarab juda ko`p yoki juda kam tovarlar turlari takliq qilinadi.
Tashqi samaralar hajmi Monopolistik raqobat shartlariga bog`liq. Mahsulot xilma – xilligini ko`paytiruvchi tashqi samara yangi firmalar bozordagi mavjud tovarlardan farqli mahsulotni taklif qilganda vujudga keladi. Xaridorlarni ushlab qolish tashqi samarasi firmalar tomonidan belgilangan narx chegarali harajatlardan baland bo`lganda, qo`shimcha bir birlik maxsulot sotishga intilganda vujudga keladi. Aksincha mukammal raqobatda firmalar bir xil Tovar ishlab chiqaradi vanarx chekli harajatga teng bo`ladi, mahsulot hilma – xilligini ko`paytiruvchi tashqi samara va xaridorlarni ushlab qolish tashqi samarasi mavjud emas.
Ohirida, biz manaAhmadistik raqobatdosh bozorlar o`ziga kerakli barcha mutloq raqobatdosh bozorlarning jarayon xususiyatlariga ega bo`lmaydi. Yani, ko`rinmas qo`l, ummiy chiqim moloAhmadistik raqobat ostida maksimallashadi deb ishontira olmaydi. Chunki efektsizlik qiyin bo`lganligi uchun o`lchash, murakkab echish, umumiy siyosat uchun bozor daromadi rivojlantirishning oson yo`li yo`q.
Reklama miqdori tovarlar xarakteriga bog`liq farqlanadi. Yuqori darajada turli-tuman istemol maxsulotlarni, masalan retsepsiz sotiladigan dorilar, atirlar, yengil ichimliklar, ustara tishlari, quruq nonushtalarlar yoki itlar eguliklarini sotadigan firmalar odatda 10 % dan 20 % gaca daromadini reklamaga sarflaydi. Sanoat mahsulotlarni sotadigan (Drell preslari, aloqa antennalari) firmalarning reklama uchun byudjetlari G chegaralangan. ammo bug`doy, yer yong`oqlar, quruq neft kabi masulotlarni reklama qilish umuman shart emas. Iqtisodiyot uchun korxona daromadini 2 % reklamaga sarflanadi. Bu sarf harajat ko`plab shakllarga ega. Televidenie va radio, gazeta va jurnallarda, zarrin qog`ozlar, bilbortlar va internetda bo`ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Микроэкономика под ред. В.С. Атаманова, С.А. Иванова. М. 2009
Нуреев Р.М. Курс микроэкономики. Учебник. Норма, М: 2008.
Нуреев Р.М. Сборник задач по микроэкономике. Норма, М 2008.
Хаджаев Х.С., Каримов Ф.Ш., Ходжаев Р.С. Микроэкономика. Учебное пособие T.: “Iqtisod-moliya”, 2010.
Чеканский А.Н., Флорова Н.Л. Микроэкономика. Промежуточный уровень. Учебник. М. ИНФРА 2007.
Egamberdiev E. Mikroiqtisodiyot. Darslik. – T.: TMI, 2008, - 226 b.
Bakiyeva I.A. “Mikroiqtisodiyot” fanidan amaliy (seminar) mashg`ulotlar o`tkazish bo`y`icha uslubiy qo`llanma. T: “Iqtisod - moliya”, 2014.
R.S.Xo`jayev, B. Mahmudov, H.S. Xo`jayev, E.I.Ergashev, R.I.Egamberdiyev “Mikro va makroiqtisodiyot”. T.: ILM ZIYO, 2012
Do'stlaringiz bilan baham: |