G. R. Akramova


Pedagogik konfliktologiyaning ilmiy asoslari



Download 1,19 Mb.
bet6/233
Sana31.12.2021
Hajmi1,19 Mb.
#258205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   233
Bog'liq
Конфликтология

1.2. Pedagogik konfliktologiyaning ilmiy asoslari

Pedagogik konfliktologiya bugungi kunda mustaqil fan sifatida shakllanib bormoqda. Fan nuqtai-nazaridan ilk marotaba konfliktni ilmiy o‘rganish davlat hokimiyati, jamiyat a’zolari hamda alohida ijtimoiy guruhlar orasidagi ziddiyatlarni o‘rganishdan boshlangan.

Keyinchalik ilmiy qiziqishlarni ortib borishi bilan ijtimoiy, siyosiy, milliy, guruhlararo va shaxslararo konfliktlar fan ob’ektiga aylana boshladi. Konfliktologiya XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, fan sifatida shakllana boshlagandan so‘ng, jamiyatda konfliktning tutgan o‘rnini o‘rganish jamiyat hayotida juda muhimligi sababli, etnik va guruhlararo konfliktli munosabatlarni o‘rganish, sistematik asosda ularni tahlil qilish va o‘zaro to‘g‘ri yechimga kelish zaruriy ehtiyojlardan biriga aylandi. Mustaqillikning dastlabki yillarida konfliktologiyaga oid bilimlar fanlararo paradigmasining konturlari belgilanib, ular asosi sifatida tizimli evolyusion yondashuv olindi. So‘nggi paytda konfliktologiya tarmoqlarini tashkil qilgan xususiy (alohida) konfliktologiya fanlarida bu fan muammosining ko‘p sonli qiziqarli va muhim tadqiqotlari o‘tkazilmoqda.

Ta’lim sohasining ilmiy-nazariy va amaliy muammolarini tadqiq etish masalalari bo‘yicha pedagog va psixolog olimlar Ye.I.Stepanov, S.V.Banыkina, A.N.Samarin,V.N.Shalenko, V.Sheynov, A.Ya.Ansupov,I.A.Shipilov, N.I.Leonov, V.N.Kudryavsev, V.I.Juravlev, D.V.Ivchenko, N.V.Samsonova, V.N.Vasilev, B.I.Xasanov, V.V.Bazelyuk, 3.3.Drinka, A.Ya.Klementeva, C.B. Banыkina, G.S.Berejnaya, A.A.Bodalev, N.U.Zaichenko, M.M.Rыbakova, A.K.Markova,M.Mitina H.G.Moskvina va V.V.Drujinin kabilar o‘zlarining tadqiqot ishlarida turli xil soha mutaxassislarining konfliktologik madaniyatini shakllantirish yo‘llari va usullari, har tomonlama o‘rganilgan.

Umumta’lim muassasasi mutaxassislarining kompetentligining konfliktologik (chuqur bilimga ega bo‘lish) muammosi yaqindan beri maxsus psixologik-pedagogik izlanishlar mazmuniga aylandi.2

Psixologiya fanlari doktori, professor Boris Iosifovich Xasan muammoli kompetentlikning mohiyatini ko‘rib chiqqan; faylasuf B.I.Juravlyov, tibbiyot fanlari doktori Dmitriy Valerevich Ivchenko, pedagogika fanlari doktori N.V.Samsonovalar turli xil soha mutaxassislarining konfliktologik madaniyatini shakllanti rish yo‘llari va usullarini ishlab chiqishgan; pedagog va psixolog olimlar Mitina Larisa Maksimovna va A.K.Markovlar o‘qituvchi shaxsining imkoniyatlarini pedagogik jamoadagi muammolar xususiyatiga ta’sirini o‘rganishgan. A.A.Bordalyov, N.U.Zaychenko konstruktiv muloqotni muammoli vaziyatlarni hal etish usuli sifatida o‘rgangan; Zarema Zabirovna Drinka, Valentina Vasilevna Bazelyuk va A.Ya.Klimenteva bo‘lajak o‘qituvchilarning konfliktologik tayyorgarligini konseptual (yangi) asosini aniqlashdi; S.V.Banikina, G.S.Berejnaya, N.G.Moskvina pedagogning konfliktologik kompetentligini shakllantirish usullarini ochishdi.

Umumta’lim maktab o‘qituvchilari konfliktologik muammolar bo‘yicha ilmiy adabiyotlarda mavjud ishlanmalar sinf rahbarlarining konfliktologik chuqur bilimga egalik qonuniyatlarini yaratish uchun nazariy va amaliy qiziqishga ega bo‘lishlari lozim. Professional kompetentlik (chuqur bilimga egalik) borasida falsafa fanlari doktori, professor Viktor Maksimovich Shepel ishlari diqqatga sazovordir. Muallif turli jamoalarning o‘zaro munosabatlarini o‘rganib, har qanday darajadagi jamoat rahbari o‘zaro turli shaxslar orasidagi tortishuvlarni bartaraf etishni bilishi, mojaroli vaziyatlarni hal qila olish bo‘yicha zaruriy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim deya ta’kidlaydi.

Mamlakat konfliktologiyasi rivojiga ruhshunoslar A.Ya.Ansupov hamda I.A.Shipilovlar katta hissa qo‘shishgan. Mualliflar konfliktogiyaning nazariy asoslari va ularning amaliy qo‘llanilishini o‘rgangan holda turli xil sohalardagi odamlarning o‘zaro munosabatlari orasidagi mojarolar xususiyatlarini va paydo bo‘lishi sabablarini o‘rganib, shaxslararo va turli xil shaxslar o‘rtasidagi mojarolarni hal etish hamda ulardan ogohlantirishning bir qator uslublarini belgilab berishdi.

Pedagogik konfliktologiya rivojida ruhshunos M.M.Ribakova tadqiqotlari katta ahamiyat kasb etadi. Muallif pedagogik jamoa ichida turli xil munosabatlarni o‘rganib, “o‘qituvchi – o‘quvchi” ko‘rinishidagi muammolarga katta ahamiyat qaratadi, maktab hayotidan mojaroli vaziyatlarni misol qilib ko‘rsatadi hamda ularning asosiy sabablarini ochib beradi. M.M.Ribakova mazkur guruh munosabatlarini tahlil qilib, barcha mojarolarning asosiy sababchisi o‘qituvchining o‘zi ekanligini ta’kidlaydi. Shu munosabat bilan o‘quvchilar bilan normal munosabatni yo‘lga qo‘yish uchun pedagog mojarolarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

Pedagogik konfliktologiya rivojiga S.V.Banikina tadqiqotlarga sezilarli xissa qo‘shdi. Muallif maktab jamoasidagi mojarolarning vujudga kelishidagi umumiy va o‘ziga xos sabablarini ajratib berdi, pedagogik mojarolarning toipalogiyasini ishlab chiqdi hamda o‘quv tarbiya jarayonidagi ishtirokchilar orasidagi turli xil mojarolarni hal etish bo‘yicha tavsiyalarni taqdim etdi. S.V.Bakinova o‘z ishlarida pedagog uchun konfliktologik bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishning muhimligiga katta e’tibor qaratadi.

Pedagogik konfliktologiya ilmiy-amaliy qiziqish pasaymagan ligi rossiya ta’limining zamonaviy bosqichlari sohasida uning nihoyatda dolzarbligini ko‘rsatib turibdi. So‘nggi vaqtlarda pedagogik konfliktologiya sohasidagi dissertatsiya ishlari miqdori sezilarli ortdi. Tadqiqotchilar maktabgacha ta’lim muassasasi jamoasidagi mojarolarni (I.V.Safranova); katta sinf o‘quvchilari orasidagi bahs va tortishuvlarni (G.E.Grigoreva, A.A.Kuzina); umumta’lim maktablari pedagoglarining konfliktologik bilim larini shakllantirish bo‘yicha muammolarni o‘rganishdi.

Shu bilan birga 1990-2000 yillardagi nashr etilgan psixologik-pedagogik adabiyotlarning yuzdan ortiq birligi kontent-tahlili muammolarini hal etish masalalarining asosiy qismi umumiy konfliktologiya masalalarini hal etishga qaratilganini ko‘rsatdi. Pedagogning konfliktologik qobiliyatiga bor-yo‘g‘i 8% ish bag‘ishlangan. Bunda sinf rahbarining konfliktologik chuqur bilimga ega bo‘lishi ulardan birortasida ham ko‘rsatib berilmagan.

O‘zbekiston Respublikasida yoshlarni har tomonlama komil insonlar qilib tarbiyalash, konfliktologik kayfiyat va xususiyatlarni o‘rganish bo‘yicha o‘qituvchining kasbiy, axloqiy fazilatlarini shakllantirish, rivojlantirishning ilmiy-nazariy masalalari bo‘yicha pedagog va psixolog olimlardan O.Musurmonova, S.Nishonova, H.Rashidov, G.To‘ychieva, E.Asadova, G.Berdiev, V.Karimova, E.G‘oziev, N.Egamberdieva, R.Z. Jumaev, X.Ibragimov, M.Otaqulov, B.Xodjaev, P.Ergashev, A.Muxsieva, M.Umarova, R.Musurmonov singari olimlarning ilmiy kuzatishlari shular jumlasiga kiradi.

Pedagogik konfliktologiya fanini o‘rganishda «konflikt», «ijtimoiy konflikt», «pedagogik konflikt» tushunchalari pedagogik konfliktologiya fanini to‘ldirib boradi va uning kelib chiqish mohiyatini ochib beradi. Pedagogik konfliktologiya fanini o‘rganishda «konflikt», «ijtimoiy konflikt», «pedagogik konflikt» tushunchalari fanning asosiy ildizlari bo‘lib hizmat qiladi. Shu o‘rinda “konflikt”, “ijtimoiy konflikt”, “pedagogik konflikt” tushunchalariga alohida to‘xtalsak.

“Konflikt nima” yoki aniqroq aytiladigan bo‘lsa, konflikt qanday o‘zini namoyon etadi, - degan savolga ko‘pchilik, konflikt bu – odamlarning urishishi, janjallashishi, kuch ishlatib, bir-biri bilan to‘qnashishi, so‘z aytishish, birovlarni ayblash, so‘kinish, g‘azablanish, jahl bilan gaplashish, kesatish, birovlarni urib-turtish, do‘q qilish, qo‘rqitishga urinish, u qilaman, bu qilaman deb, ularga tahdid qilish, piching bilan gapirish, to‘g‘ri so‘zlar mazmunini buzib talqin qilish, birovlarning orqasidan gapirish, qasd qilish, birovlarga jismoniy zo‘ravonlik o‘tkazish, zo‘rlash, shantaj, birovlarni oyog‘idan chalish, kamsitish, odamlar ustidan kulish, guruh-guruh bo‘lib, birovlarni yakkalab qo‘yish, dilsiyohlik, hafagarchilik, nafrat va qasos, birovlarni mensimaslik, kibrli munosabat bildirish, o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish, kek saqlash, nafsoniyatga tegadigan amallar va so‘zlar ishlatish, birovning har bir so‘zi va amalidan yomonlik qidirish va boshqa shunga o‘xshash vaziyatlarni ta’kidlab aytishadi. Mana shu insonlararo munosabatlarda uchrab turadigan barcha salbiy holatlar aslida konfliktlarning turli ko‘rinishlari, odamlar o‘rtasidagi ziddiyatlarning turli namoyon bo‘lish holatlariga kiradi.


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish