O‘z-o‘zini tahlil qilish metodi
Shaxsning o'zi, o'z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqyeini tasavvur qilish orqali hosil bo'lgan obraz- «Men»-obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi insonning jamiyatdagi ijtimoiy mavqyeini belgilaydi va barkamollik mezonlari bo'lib hisoblanadi.
O‘z-o‘zini tahlil qilish – shaxsning o‘ziga va o‘z faoliyatiga bir jamoa yoki butun jamiyat nuqtai nazaridan baho bera olish, xatti-harakatlarini tahlil qila olishi.
Har bir inson o'zini, o'zligini qanchalik aniq va to'g'ri anglasa, tasavvur qilsa, unda jamiyatning axloq normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kamayadi
Bunda quyidagi reflektiv jarayonlar farqlanadi:
o‘z-o‘zini va boshqalarni tushunish;
o‘z-o‘ziga va boshqalarga baho berish;
o‘z-o‘zini va boshqalarni izohli tahlil qilish.
Og‘zaki va yozma so‘rov metodi ta'lim muassasasi o‘qituvchilari va tahsil oluvchilar jamoasi bilan ota-onalar va keng jamoatchilik bilan, yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo‘llaniladi. Suhbat metodini tadbiq etishdan oldin reja tuziladi, uni amalga oshirish yo'llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga kelinadi. Bu metod so‘rashning bir turi bo‘lgani holda tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik ko‘rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita aloqada bo‘lish vaqtida og‘zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini yozmasdan erkin muomala shaklida qo‘llaniladi. Suhbat metodidan farq qilib, intervyu olish metodi savollarni oldindan belgilangan izchillikda intervyu yo‘li bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so‘rash nazariyasi va amaliyotida intervyu tashkil etishning bir necha usullari mavjud:
- guruhlar bilan ishlash;
- intensiv, rivojlantiruvchi;
- sinash va boshqalar.
Bu metod orqali o‘rganilayotgan muammoning yechimini topish yo‘llari belgilanadi. So‘rash savollari mantiqiy izchillikda, nazokatli shaklda bo‘lgani maqsadga muvofiq. Quyilayotgan savollar aniq ifodalanishi, mavjud nuqson va salbiy oqibatlarning oldini olishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. So‘ralgan savolga to‘liq javob olish bilan birga, qat'iy shaklda:«ha», «yo‘q» tarzida ham javob olinadi. So‘rashning modifikatsiyalashtirilgan shakli – intervyudir. Intervyudagi savollar oldindan tayyorlanib, suhbatdoshiga uzatiladi. Olingan javoblar har doim ham pedagogik muammoni yaxlitligicha tahlil qilishga imkoniyat yaratmaydi, chunki intervyu javoblari keng jamoatchilik ichida tahlil qilinadi. Shu sababli suhbatdosh ayrim paytlari o‘z fikrini aniq, va ravshan, baralla aytishga iymanadi.
Anketalashtirish metodi
Anketalashtirish metodi (intervyu) — oldindan tayyorlab qo‘yilgan savollarga o‘quvchi tomonidan beriladigan yozma yoki og‘zaki javoblarning mazmuni;
Anketa yordamida ijtimoiy, iqtisodiy, demografik, psixologik, pedagogik va boshqa tadqiqotlar uchun dastlabki materiallarni yig‘ish jarayoni.
Biror masalaga nisbatan fikrlarni aniqlash, ba‘zi faktlarni to‘plash talab qilingan hollarda anketalashtirish metodidan foydalaniladi. Agar javoblar og‘zaki olinadigan bo‘lsa, u holda bu javoblar qarorga to‘la yoziladi. Ko‘pchilik bir savolning o‘ziga javob berganda, buning ustiga har kim mustaqil javob bersa, yozma anketalash qim-matli bo‘ladi.
Anketadan foydalanilganda quyidagi ikki talabga amal qilish zarur:
1) anketada savollar kam bo‘lishi kerak;
2) savollar shunday tuzilishi kerakki, ularni hamma bir xil tushinsin, ular aniq (mujmal bo‘lmagan) javoblarni talab qilsin.
Test so‘rovi metodi
Ilmiy tadqiqotlarda test, so'rovnomalar metodi takchi bo'lib hisoblanadi. So'rovnoma - anketa metodi qo'llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, tadqiq qilinuvchilarning yakka yoki guruhli fikrlari, qarashlarini o‘rganishga imkon yaratiladi; qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o'tkaziladi.
Test, anketa savollarini ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayondir. Pirovard natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilayotgan savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Odatda test savollarining ma'lumotlarini kompyuterda matematik- statistika metodlari bilan ishlov berishga imkon beradigan qilib tuziladi.
Ishbilarmonlik o‘yinlari metodi
ma’lum faoliyat, jarayon yoki munosabatlar mazmunini yoritish, ularni samarali, to‘g‘ri, oqilona uyushtirishga doir ko‘nikma, malaka hamda sifatlarni o‘zlashtirish maqsadida tashkil etiladigan o‘yinlar. Bu turdagi o‘yinlar ta’lim oluvchilarda aniq faoliyat yo‘nalishida zarur BKM va sifatlarni shakllantirish yoki rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi. Shu jihatdan ishbilarmonlik o‘yinlari ishlab chiqarish jarayoni, kasbiy faoliyatining modellashtirilishini anglatadi. Ishbilarmonlik o‘yini talabalarda kasbiy sifatlarni hosil qilish bilan birga shaxsiy sifatlarni ham tarbiyalaydi, ularning ijtimoiylashuvini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |