Eslab qoling!
Temur bilim olishni yetti yoshidan boshlagan. 9 yoshidan namoz
o ‘qisgan. 12 yoshida madrasadagi barcha o‘quvchilardan ustun bo‘lgan.
Eslab qoling!
Ta’lim-tarbiya va ilm-fanga buyuk hissa qo‘shgan Amir Temurning
farzandlari, nabiralari, avlodlari: Jahongir Umarshayx Mirzo,
Mironshoh Mirzo, Shohruh Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin
M uhammad Bobur, Sulton Xusayn Bayqaro, Xumoyun Mirzo,
Komron Mirzo, Hindol Mirzo, Gulbadanbegim va boshqalardir.
56
Buni yodlab oling!
Bir so‘z bilan aytganda XIV asrning ikkinchi yarmidan XVII
asrgacha b o ‘lgan davr M ovarounnahrda iqtisodiy, ijtim oiy,
m a’naviy yuksalish davri bo‘ldi. Markazlashgan davlatning asoschisi
Amir Temur o ‘z imperiyasini tuzib, uning iqtisodiy va m adaniy
qudratini yuksaklikka ko‘tardi. Uni Ovrupa va Sharqda eng qudratli
davlatga aylantirishga erishdi.
Buni yodda saqlang!
Buni bilib qo‘ying!
Buyuk saltanat sohibi Amir Tem ur «Kuch — adolatdadir»
degan shiorga q at’iy amal qilib, davlatni boshqargan. Bu qudratli
so‘zlar Amir Tem ur tam g‘asiga naqsh etilgan.
Amir Temur o‘gitlari va vasiyatlarini o ‘rganaylik!
— 0 ‘g ‘illarim , m illatning u lu g ‘ m artabasini, sao d atin i
saqlamoq uchun Sizlarga qoldirayotgan vasiyat va «Tuzuklar»imni
yaxshi o ‘qing, aslo unutm ang va tatbiq eting.
— Millatning dardlariga darm on b o im o q qutlug‘ vazifangiz.
Zaiflarni ko‘ring, yo‘qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat
va ozodlik — dasturingiz, rahbaringiz bo‘lsin».
— H ar m am lakatda adolat eshigini ochdim , zulmu sitam
yo‘lini to ‘sdim.
57
— Adovat emas, adolat yengadi, Adlu ehson bilan jahon
gulshani obod bo'ladi.
— Boshsiz mamlakat jonsiz tanaga o ‘xshaydi, Bir kunlik adolat
yuz kunlik toat-ibodatdan afzal.
— Har neki degan bo‘lsam unga amal qildim.
— Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulm dan uzoqrok bo‘lishga
intildim.
— Adolat va insof bilan tangrining yaratgan bandalarini
o'zim dan rozi qildim. Gunohkorlarga ham, begunohra ham rahm
qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Hayr-ehson ishlarim
bilan odamlar ko‘nglidan joy oldim.
— Menga yomonlik qilib boshim uzra shamshir ko‘tarib ishimga
ko‘p ziyon yetkazganlarni ham, iltijo bilan tavba-tazarru qilib
kelgach, hurmatlab yom on qilmishlarini xotiramdan o ‘chirdim.
Martabalarini oshirdim».
— D o ‘stu dushman bilan murosayu madoro qildim.
Bilib qo‘ying!
M irzo U lug‘bek M ovarounnahrda, butun 0 ‘rta Osiyoda
madaniy rivojlanish, dunyoviy ilmlarga qiziqish kuchaygan davrda
yashagan, ijod etgan. 0 ‘rta Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatini
jahon miqyosiga olib chiqqan ulug‘ siymolardandir.
Ulug‘bek 1394-yil 22 martda tug‘iladi. Otasi Shohruh Amir
Temurning o ‘g‘li bo‘lib, Xuroson hukmdori, m a’rifatli, ilm-fanga
qiziqqan shoh edi.
M a’rifatparvar ota-ona o ‘z farzandlari U lug‘ekning tarbiya-
siga alohida e ’tibor berib, jism onan sog‘lom, aql-zakovat, axloq-
odob va ilmda barkam ol b o ‘lib etishuviga harakat qildilar.
U lug‘bekni o ‘z davrining bilim doni va tajribali murabbiylari
tarbiyalab savodini chiqardilar, uni diniy va dunyoviy ilmlarning
asosi bilan tanishtirdilar. U lug'bek arab va fors tillarini m ukam-
mal o ‘rgandi, ko‘p vaqtini kutubxonada m utoala qilish bilan
o ‘tkazdi.
58
Do'stlaringiz bilan baham: |