G. N. Maxmudova innovatsion iqtisodiyot


-jadval  Infratuzilma elementlarining qiyosiy jadvali



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/130
Sana15.11.2022
Hajmi2,3 Mb.
#866029
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   130
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

12-jadval 
Infratuzilma elementlarining qiyosiy jadvali 
Innovatsion tadbirkorlik uchun
Bevosita innovatsiyalash uchun
Joriy qiluvchi firmalar
Muhandislik markazlari
Injeniring firmalari
Axborot xizmati koʻrsatuvchi 
firmalar
Konsalting firmalari
Reklama faoliyati boʻyicha firmalar
Banklar va boshqa kredit tashkilotlari
Innovatika ixtisoslashgan auditorlik 
firmalari
Ilmiy-texnik shirkatlar
Kadrlar tayyorlash va qayta 
tayyorlash markazlari
Sertifikatsiya markazlari
Lizing kompaniyalari
Patent-litsenziyali tashkilotlar
Biznes-inkubatorlar
Texnologiyalar transferi markazlari
Sugʻurta kompaniyalari
Sanoat universitetlari va xalq 
xoʻjaligining boshqa sektorlari
Tadqiqotchilik majmualari
Fanlar akademiyasi
Kutubxonalar va ma’lumotlar 
toʻplamlari
Sinov tariqasidagi ishlab chiqarishlar
Tajriba laboratoriyalari va markazlari
Axborot xizmati koʻrsatuvchi 
firmalar
Patent-litsenziyali tashkilotlar
Ilmiy parklar
Innovatsion markazlar
Innovatsion-ishlab chiqarish 
komplekslari
 
7.3. Texnologiyalar transferi markazlari va asosiy vazifalari 
Texnologiyalar transferi – yangi ishlanmani u olinadigan (ishlab 
chiqariladigan) sohadan amalda qoʻllash sohasiga oʻtkazishga qaratilgan 
tadbirlar majmuidir. 


111 
Oʻzbekistonda texnologiyalar transferining ustuvor yoʻnalishlari 
quyidagilardan iborat: 

mavjud texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqariladigan 
oʻxshash mahsulotga nisbatan yuqori sifatli va raqobatbardosh yangi yoki 
yaxshilangan mahsulot ishlab chiqarish; 

yangi ishlanmalar va texnologiyalar asosida mahsulotning yangi 
turlarini ishlab chiqarish;

oʻxshash texnologiyalarga nisbatan energiyani va resurslarni tejovchi 
texnologiyalarni joriy etish.
Texnologiyalar transferining asosiy usullari quyidagilardan iborat: 

texnologiyalarni bepul asosda olish; 

qoʻshma korxonalar tashkil etish orqali texnologiyalarni joriy etish; 

texnologiyalarni litsenziya shartnomalari asosida joriy etish; 

texnologik hujjatlarni berish; 

texnologiyalarni toʻlaligicha sotib olish. 
Texnologiyalar transferi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa 
usullar orqali ham amalga oshirilishi mumkin. 
Texnologiyalar transferi mexanizmlari: 

texnik tavsifnomalarni, texnik-iqtisodiy asoslarni, yoʻriqnomalarni va 
boshqa hujjatlarni tahlil qilish va baholash; 

texnologiyalar transferini amalga oshiruvchi tarafning ekspertlarini jalb 
qilgan holda oʻquv treninglarini tashkil etish;

inshootlar qurish va asbob-uskunalarni oʻrnatish hamda ulardan 
foydalanish uchun zarur boʻlgan texnik bilimlarni oʻzlashtirish;

texnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashuvchi mexanizmlardan 
foydalangan holda amalga oshiriladi. 
Texnologiyalar transferi boshqa mexanizmlardan foydalangan holda 
ham amalga oshirilishi mumkin. 
Texnologiyalar transferini amalga oshirishda quyidagi cheklovlar 
mavjud:
Oʻzbekiston Respublikasiga: 

tarkibida himoyalanmagan (ya’ni tabiiy atrof-muhitga tarqaluvchi) 
zaharli moddalar yoki qayta ishlanmaydigan, ekologik jihatdan xavfli 
chiqindilar mavjud boʻlgan; 

belgilangan normadan yuqori radioaktiv moddalar mavjud boʻlgan; 


112 

aholining sogʻligʻiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi mahsulotlar yaratish 
uchun moʻljallangan; 

milliy qadriyatlarga, an’analarga va ijtimoiy xulq-atvorga salbiy ta’sir 
koʻrsatuvchi mahsulotlarni yaratish hamda targʻib qilish uchun moʻljallangan 
asbob-uskunalar va mahsulotlardan foydalanishga asoslangan texnologiyalar 
transferiga yoʻl qoʻyilmaydi. 
Texnologiyalar transferi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. 
Intellektual mulkka boʻlgan huquq mavjudligi va undan tushgan 
foyda texnologiyalar transferi uchun shartnoma tuzishning asosiy sharti 
hisoblanadi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga xarid 
qilinadigan texnologiyalar transferi uchun shartnomalar vakolatli davlat 
organi tomonidan roʻyxatga olinadi. 
Foyda 
olish 
maqsadida 
innovatsion 
faoliyat 
subyektlari 
munosabatlarini tartibga soluvchi har xil turdagi shartnomalardan 
foydalangan holda yangi ishlanmalarni fuqarolik muomalasiga joriy etish 
jarayoni yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishdir.
Yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish: 

yangi ishlanmalarni qoʻllagan holda yaratilgan tovarlarni (ishlarni 
bajarish, xizmatlarni koʻrsatish) realizatsiya qilish yoki ulardan oʻz 
ehtiyojlari uchun foydalanish;

ta’sischisi yoki ta’sischilaridan biri ustav jamgʻarmasiga ulush sifatida 
intellektual mulk obyektini yoki texnologiyani kiritgan tashkilot (affillangan 
tashkilot) boʻlgan tijorat tashkilotlarini tashkil etish; 

intellektual mulk obyektlariga boʻlgan mulk huquqlarini uchinchi 
shaxslarga oʻtkazish va mazkur obyektlardan foydalanishga boʻlgan huquqni 
royalti ajratmalariga asoslangan litsenziya shartnomalarini tuzish yoʻli bilan 
berish, shu jumladan ularni keyinchalik ushbu huquqlarni oluvchi tomonidan 
tijoratlashtirish sharti bilan berish orqali amalga oshiriladi. 
Intellektual mulk ob’yektiga doir huquq egasining tashkilot ustav 
fondidagi ulushi miqdori ta’sischilarning oʻzaro kelishuvi boʻyicha 
belgilanadi. 
Davlat uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan yoki davlat sirlari 
jumlasiga kiruvchi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan yangi ishlanmalarni 


113 
tijoratlashtirish davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga 
muvofiq amalga oshiriladi
33

Texnologiyalar transferi markazlari (TTM) 
ilmiy-texnik natijalarning 
tijoratlashuvini 
tezlatib, 
kichik 
innovatsion 
korxonalar, 
jumladan, 
texnoparklar va innovatsion-texnologik markazlar tarkibida yaratiladi. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish