partiyalar, buyumlar (mahsulotlar)
tayyorlash
23917,2
36888,4
38714,0
97641,2
qurilish uchun loyiha ishlari
3086,2
4025,6
7677,9
6318,8
ilmiy-texnik xizmatlar
43750,3
31166
77687,2
54628,9
1-jadval ma’lumotlaridan koʻrinadiki, 2016-2019 yillarda Ilmiy tadqiqot
va tajribakonstruktorlik ishlanmalarni bajargan tashkilotlar soni 133 taga
kamaygan boʻlsada, ular tomonidan bajarilgan ishlar hajmi qariyb ikki
barobar ortgan.
5
https://www.stat.uz/uz/rasmiy-statistika/social-protection-2
12
Quyidagi tizimli muammolarning mavjudligi, innovatsion gʻoyalar va
texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish uchun mavjud imkoniyatlar va
salohiyatdan yetarlicha foydalanmaslik koʻzlangan islohotlarning samarali
amalga oshirilishiga hamda mamlakatning jadal innovatsion rivojlanishiga
toʻsqinlik qilmoqda:
•
davlat dasturlarini ishlab chiqishda zamonaviy fan va innovatsion
texnologiyalarning yutuqlari va rivojlanish tendentsiyalarini lozim darajada
kompleks tahlil qilish va oʻrganish mavjud emas, buning oqibatida mazkur
dasturlar aksariyat holatlarda muammolarning oqibatlarini bartaraf etishga
qaratilgan hamda uzoq muddatli rivojlanish masalalarini hal etmayapti;
•
fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etishning hozirgi ahvoli
innovatsion gʻoyalar va ishlanmalarni toʻliq roʻyobga chiqarish va amaliy
joriy etish uchun lozim darajadagi sharoitlarni ta’minlamayapti;
•
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni strategik
prognoz qilish, qoʻllab-quvvatlash va joriy etishni ta’minlovchi yagona
organning
mavjud
emasligi,
ilmiy-tadqiqot
va
axborot-tahlil
muassasalarining tarqoq holda faoliyat koʻrsatishi fan, ta’lim va ishlab
chiqarishning toʻliq integratsiyalashishiga imkon bermayapti, bu esa
oʻtkazilayotgan izlanishlarning samaradorligini pasaytirmoqda;
•
yuqori texnologiyalar, nou-xau va zamonaviy ishlanmalarni birinchi
navbatda joriy etishni talab qiluvchi ustuvor soha va tarmoqlarni aniqlash
boʻyicha faoliyatni tashkil etishdagi kamchiliklar texnologik qoloqlikka va
innovatsion tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishning cheklanganligiga
olib kelmoqda;
•
ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish hamda innovatsion gʻoyalar va
ishlanmalarni joriy etishda alohida holatlardagi tor idoraviy manfaatlarning
ustunlik
qilishi byudjet
mablagʻlaridan
nooqilona
foydalanishning
sabablaridan biridir;
•
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalga
oshirishda davlat-xususiy sheriklikni tatbiq etishga, shuningdek, innovatsion
mahsulotlarni joriy etish uchun infratuzilmani takomillashtirishga yetarli
e’tibor qaratilmayapti;
•
innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish va joriy etish sohasida
yuqori tajriba va salohiyatga ega boʻlgan xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan
hamkorlik, shuningdek, ulardan butun mamlakat fani, sanoati va
13
iqtisodiyotini rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal qilishda
foydalanish past darajada saqlanib qolmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 may, PQ-3697-
sonli «Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-
sharoitlarni yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi
Qarorida mamlakatimizda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini
oshirish hamda aholi hayot darajasi va farovonligining barqaror oʻsishiga
imkon beruvchi faol tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va
ragʻbatlantirishga, innovatsion gʻoya va texnologiyalarni joriy etishga, fan va
innovatsion faoliyat jadal rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni
yaratishga alohida e’tibor qaratilayotganligi, shu bilan birga, oʻtkazilgan
tahlil natijalari mamlakatda faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni
rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga toʻsqinlik
qiluvchi, jumladan, quyidagi qator tizimli muammolarning mavjudligi
6
ta’kidlanadi:
birinchidan, hududlarning mavjud resurs bazasi va salohiyatini hisobga
olgan holda ilgʻor va zamonaviy innovatsion ishlanmalar, texnologik
loyihalar-startaplar va innovatsiyalar bozorini tizimli tahlil qilish yoʻlga
qoʻyilmagan;
ikkinchidan, innovatsion loyihalar-startaplarga investitsiyalarni jalb
etish, ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish sohasiga innovatsiyalarni faol
joriy qiluvchi iqtidorli tadbirkorlar faoliyatiga koʻmaklashish va
muvofiqlashtirish ishlari lozim darajada amalga oshirilmayapti;
uchinchidan, innovatsion rivojlanish sohasida, ayniqsa, joylarda
ishbilarmonlik muhiti past darajada, shuningdek, innovatsion va
muvaffaqiyatli texnologik loyihalar-startaplarni ishlab chiqish va ilgari
surish boʻyicha zarur koʻnikmalarga ega tadbirkorlarning yetishmovchiligi
saqlanib qolmoqda;
toʻrtinchidan, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning
ma’lumotlar bazasi mavjud emas, yangi resurslarni yaratish va tajribani
biznes-tuzilmalarga oʻtkazish amaliyoti rivojlanmasdan qolmoqda;
beshinchidan, innovatsion ishlanmalar bozorini qoʻllab-quvvatlash
mexanizmlari sust darajada ishlab chiqilgan, innovatsion gʻoyalardan
samarali foydalanishni muvofiqlashtirish yoʻlga qoʻyilmagan, innovatsion
ishlanmalarning sifati esa bozor talablariga javob bermaydi;
6
https://mineconomy.uz/uz/node/2119
14
oltinchidan, innovatsion ishlanmalar, texnologik loyihalar-startaplar
sohasiga texnika oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va iqtidorli yoshlarni
jalb etishga, shuningdek, biznes-inkubatorlarni yaratishga lozim darajada
e’tibor qaratilmayapti;
yettinchidan, aholi oʻrtasida innovatsion tadbirkorlikni ommalashtirish
ishlari samarali olib borilmayapti, innovatsion mahsulot va xizmatlarni
ishlab chiqishga va ilgari surishga jalb qilishda texnik va psixologik toʻsiqlar
saqlanib qolmoqda.
Mavjud muammolarni bartaraf etish hamda faol tadbirkorlikni
rivojlantirish, innovatsiyalar bozorining shakllanishi va faoliyat koʻrsatishi,
shuningdek, mahalliy va xorijiy innovatsion ishlanmalarni iqtisodiyotning
real sektoriga ilgari surish uchun qulay huquqiy va tashkiliy shart-
sharoitlarni yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion
rivojlanish
vazirligining
davlat-xususiy
sheriklik
shartlarida
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida innovatsion
loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va oʻzlashtirish,
innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga
oshiruvchi innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari
tashkil etildi.
Markazlarning asosiy vazifalari:
ishlab chiqarish va xizmatlarning yangi va zamonaviy turlarini yaratish
maqsadida hududlarning salohiyati va resurs bazalarini chuqur tadqiq qilish;
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni qoʻllab-
quvvatlash maqsadida innovatsion menejmentni rivojlantirish;
yangi va talab yuqori boʻlgan mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqish
boʻyicha innovatsion loyihalar-startaplarni, jumladan, xorijda qoʻllaniladigan
ilgʻor uslub va texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqish, sinovdan
oʻtkazish va oʻzlashtirish;
innovatsiyalar bozorining marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, ishlab
chiqarilgan innovatsion mahsulot (ish, xizmat)lar bozorlarini shakllantirish,
ularning bozor talablariga yoʻnaltirilishi va moslashishi uchun tavsiyalar
ishlab chiqish;
investorlar va innovatsion mahsulot (ish, xizmat)lar iste’molchilarini
qidirib topish ishlarini, jumladan, innovatsion infratuzilma sub’yektlari
oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirish orqali tashkil etish;
15
innovatsion faoliyatni amalga oshirish masalalari boʻyicha manfaatdor
shaxslarning keng doirasiga maslahat berish, aholi va tadbirkorlik
sub’yektlari oʻrtasida innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni
ommalashtirishga qaratilgan reklama va koʻrgazma tadbirlarini tashkil etish;
qoʻshma innovatsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida ishlab
chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, startaplar
hamda sanoat va qishloq xoʻjaligining ustuvor tarmoqlaridagi boshqa
sheriklar bilan innovatsion hamkorlikni rivojlantirish;
innovatsion faoliyatning ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli sinovdan
oʻtkazilgan natijalarini ilgari surish va tijoratlashtirish.
Markazlarni tashkil etishda davlat-xususiy sheriklikning asosiy
shartlari:
markazlarni tashkil etish va ularga tegishli infratuzilmani (transport
bogʻlamalari, avtostantsiyalar, avtobekatlar mavjudligi va h.k.) qurish uchun
zarur yer uchastkalari, boʻsh binolar xususiy sheriklarga haq undirilmasdan,
istisno tariqasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida ajratiladi;
markaz binolarini qurish uchun yer uchastkalarini tanlash belgilangan
tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, Oʻzbekiston
Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda amalga
oshiriladi;
davlat va xususiy sheriklar tenglik asosida markazlarning ta’sischilari
sifatida ishtirok etadi;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi kelishuv markazlar davlat
roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab yigirma yil muddatgacha tuziladi;
markazlar
faoliyatining
yoʻnalishi
davlat-xususiy
sheriklik
toʻgʻrisidagi kelishuv amal qilishining butun muddati davomida saqlanib
qoladi;
markazlarning intellektual mulk ob’yektlarini davlat roʻyxatidan
oʻtkazishga qilingan xarajatlarini qoʻlash Innovatsion rivojlanish va
novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan
amalga oshiriladi;
davlat sherigi iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etishni
ragʻbatlantirish, jumladan, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni davlat
xaridlari doirasida tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha
shart-sharoitlarni yaratishga koʻmaklashish majburiyatini oladi;
16
davlat va xususiy sheriklarning huquqlari va majburiyatlari,
shuningdek, davlat-xususiy sheriklikning boshqa shartlari davlat va xususiy
sheriklar oʻrtasida Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-
quvvatlash jamgʻarmasi Kuzatuv kengashining roziligi bilan tuziladigan
kelishuvlarda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |