Fanning predmeti va boshqa fanlar bilan bogʻliqligi
Fanning predmeti.
Milliy iqtisodiyotni innovatsion taraqqiyot yoʻliga
oʻtkazish jarayonida sodir boʻladigan iqtisodiy munosabatlar majmuasidan
iborat.
1- rasm. Iqtisodiy fanlar tizimi
“Innovatsion iqtisodiyot” sof iqtisodiy fanlar (1- rasm) guruhiga kirib,
“Iqtisodiyot nazariyasi”, “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi”, “Makroiqtisodiyot”,
“Mikroiqtisodiyot” kabi fanlar bilan uzviylikda oʻrganiladi.
2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar Strategiyasini “Ilm-ma’rifat va
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid DAVLAT
DASTURI da
ilm-fanning ishlab chiqarish bilan faol integratsiyalashuvini
ta’minlash maqsadida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun
maqsadli grant mablagʻlarini ajratish mexanizmini tubdan qayta koʻrib
chiqish vazifasi belgilab berilgan. Shuningdek, dasturda innovatsiyalar bilan
bogʻliq quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan
1
:
•
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish,
intensiv texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni keng joriy qilish,
mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, klaster tizimini va barcha
yoʻnalishlarda qishloq xoʻjalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni yanada
rivojlantirish yoʻnalishlarida qishloq xoʻjaligi sohasini isloh qilish.
•
Meva-sabzavotchilik,
uzumchilik,
urugʻchilik,
chorvachilik
va
agrologistikani rivojlantirish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish,
1
Strategy.uz saytidan olindi.
Iqtisodiy fanlar tizimi
Tarmoq iqtisodiy fanlari
Sof iqtisodiy fanlar
Funksional tarmoqlararo
fanlar
6
ilmiy-tadqiqot ishlari, soha uchun malakali kadrlarni tayyorlash masalalariga
mablagʻ yoʻnaltirish.
•
Faoliyat doirasini kengaytirish, «startap loyihalarini har tomonlama,
shu jumladan venchur moliyalashtirish asosida, qoʻllab-quvvatlashni tashkil
etish va IT kompaniyalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali dasturiy
mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini yanada
rivojlantirish.
•
Intellektual mulk faoliyatini rivojlantirish va zamonaviy IT-yechimlar,
autcorsing usullari va «sun’iy intellekt»dan foydalangan holda intellektual
mulk ob’yektlari ekspertizasini tashkil etishni takomillashtirish.
•
Ilm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy
ishlanmalar bazasini shakllantirish, har bir oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot
dargohi nufuzli chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni
kuchaytirish.
•
Davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish tartibini takomillashtirish.
•
Mahalliy olimlarning xorijiy nashrlarni keskin oshirishga qaratilgan
«Proofreading service» xizmatini rivojlantirish.
02.03.2020 yilda qabul qilingan PF-5953-sonli “2017 – 2021 yillarda
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi
boʻyicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”
2
gi
Prezident Farmonida, shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston
Yoshlar ittifoqi bilan birgalikda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga
yoshlarning eng ilgʻor loyihalarini jalb etish maqsadida Toshkent shahrida
«Xalqaro yoshlar innovatsiya forumi»ni oʻtkazish hamda forum doirasida
«Eng yaxshi loyihalar» tanlovini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif
ma’qullangan.
Fanning bugungi kundagi vazifasi 2017–2021 yillarda Oʻzbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha
Harakatlar Strategiyasi va unga muvofiq qabul qilinadigan Davlat
Dasturlarida belgilangan yuqoridagi chora-tadbirlardan kelib chiqqan holda
innovasion iqtisodiyotning mohiyatini anglash va har bir talabada kreativ
yondashuvni shakllantirishdan iboratdir.
2
https://lex.uz/docs/4751561
7
Do'stlaringiz bilan baham: |