G. N. Maxmudova innovatsion iqtisodiyot


Innovatsiyalar yarmarkasini tashkil qilish tizimi quyidagilarni oʻz



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/130
Sana15.11.2022
Hajmi2,3 Mb.
#866029
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   130
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

Innovatsiyalar yarmarkasini tashkil qilish tizimi quyidagilarni oʻz 
ichiga oladi: 

birinchi blok «Tashabbuskor biznes» – Oʻzbekiston Respublikasi 
hamda ilgʻor xorijiy mamlakatlarning davlat va xususiy sektorlari tomonidan 
mahalliy va xorijiy texnoparklar, texnologik agentlarning tayyor ilmiy va 
innovatsion ishlanmalar natijalarini va texnologiyalarni tijoratlashtirish 
sohasidagi faoliyatini yoritish uchun tashkil etilgan koʻrgazma maydoni; 

ikkinchi blok «Innovatsion yechimlar» – ichki va tashqi bozorlarga 
chiqish maqsadida davlat va xususiy ilmiy muassasalar tomonidan maket 
va/yoki prototip koʻrinishida eng zoʻr mahalliy ilmiy va innovatsion 
ishlanmalarni namoyish qilish; 

uchinchi blok «Kooperatsion aloqalar» – muloqot va oʻzaro foydali 
hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, sherikchilik va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari 


72 
sohasidagi dolzarb masalalarni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan 
qarorlarning miqyosini kengaytirish uchun platforma
23
.
2017 yil 29 noyabrdagi OʻzR Prezidentining PF-5264-son Farmoniga 
koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda 
Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash 
jamgʻarmasi tashkil etildi. 
 
Vazirlikning asosiy faoliyat yoʻnalishlari: 
a) davlat va jamiyat qurilishiga innovatsiyalarni joriy etish sohasida: 

innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ishlab chiqishni, 
davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini rivojlantirish, davlat xizmatlari sifatini 
oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazishni tashkil etish; 

davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini, eng avvalo, infratuzilma 
ob’yektlari va resurslar eng koʻp sarf qilinadigan tarmoqlarda keng joriy 
etishga koʻmaklashish; 

dolzarb muammolarni, eng avvalo, joylardagi muammolarni hal 
etishda davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan 
oʻzaro hamkorligining innovatsion yondashuvlarini ishlab chiqish; 

jamoatchilik 
nazoratini 
amalga 
oshirishning 
zamonaviy 
mexanizmlarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish; 
b) iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etish sohasida: 

mamlakatimizdagi 
innovatsion 
gʻoyalar, 
ishlanmalar 
va 
texnologiyalarni targʻib qilish va ulardan amaliy foydalanishning 
mexanizmlarini 
shakllantirish, 
bozorning 
tez 
oʻzgaruvchan jahon 
konhyunkturasini 
hisobga 
olgan 
holda 
milliy 
iqtisodiyotni 
jadal 
rivojlantirishga koʻmaklashishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni 
tashkil etish; 

atrof-muhitning ifloslanish darajasini pasaytirish imkonini beruvchi 
ekologik toza texnologiyalarni qoʻllagan holda unumdorlikni oshirishni 
nazarda tutadigan «yashil iqtisodiyot» texnologiyalarining printsiplarini 
ishlab chiqish va joriy etishga koʻmaklashish;

Respublika innovatsion salohiyatining, erkin iqtisodiy va kichik sanoat 
zonalari, 
texnoparklar, 
shuningdek, 
logistik 
xablar 
faoliyati 
samaradorligining oʻsishiga faol koʻmaklashish; 
23
O’zR Prezidentining 2018 yil 27 apreldagi PQ-3682-son Qarori 


73 

makroiqtisodiy, soliq-byudjet, pul-kredit parametrlari, shuningdek, 
integratsiya jarayonlarining iqtisodiyotga ta’sirini baholash bilan oʻzaro 
bogʻliqlikda iqtisodiyot tarmoqlarini oʻrta va uzoq muddatli rivojlantirish 
stsenariylarini shakllantirishga koʻmaklashish;

xizmatlar sohasini tubdan takomillashtirish, eng avvalo, innovatsion 
ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish hisobiga ularning sifatini va yalpi 
ichki mahsulotni shakllantirishdagi rolini oshirish; 

innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy 
etish orqali turizm sohasining raqobatbardoshligini tubdan oshirish boʻyicha 
takliflar kiritish; 

innovatsiyalarni joriy etish va hududlar iqtisodiyotini diversifikatsiya 
qilish koʻlamini kengaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan orqada qolgan 
tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish hisobiga hududlar iqtisodiy 
taraqqiyotidagi nomutanosibliklarning oldini olish; 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish