G‘. N. Mahmudov


VI - bob.  AVTOMOBILLARNING    ELEKTRON BOSHQARISH



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

VI - bob.  AVTOMOBILLARNING    ELEKTRON BOSHQARISH 
TIZIMLARI 
 
6.1. UMUMIY  MA’LUMOTLAR 
 
   XX asrning oxirida elektronika va mikroprotsessor texnikasining katta sur’atlar 
bilan  rivojlanishi,  ularni  avtomobillarda  keng  joriy  qilinishiga,  xususan  dvigatel, 
transmissiya  va  qo‘shimcha  jihozlarning  ishini  elektron  boshqarish  tizimlarinini 
(EBT) yaratilishiga olib keldi. Elektron boshqarish tizimlarni qo‘llanilishi yonilg‘i 
sarfini  va  chiqindi  gazlarning  zaharliligini  kamaytirish,  dvigatel  quvvatini    va 
avtomobil  xavfsizlik  darajasini  oshirish,  haydovchining  ishlash  sharoitlarini 
yaxshilash imkoniyatini beradi. 
   Oxirgi  yillarda  dunyoda  sodir  bo‘layotgan  energetik  va  ekologik  tanglik  ko‘p 
rivojlangan  mamlakatlarda  avtomobillarning  chiqindi  gazlarining  toksinligini  va 
yonilg‘i sarfini cheklovchi me’yoriy hujjatlarni qabul qilinishi elektron boshqarish 
tizimlarining  kengroq  qo‘llanilishiga  kuchli  turtki  bo‘ldi.  Chunki,  bu  me’yoriy 
xujjatlarga ko‘ra, dvigatelning deyarli barcha  ish rejimlarida  yonilg‘i aralashmasi 


 
239 
stexiometrik  tarkibda  ushlab  turilishi,  majburiy  salt  ishlash  rejimida  dvigatelga 
yonilg‘i uzatilishini to‘xtatilishi, o‘t oldirish yoki yonilg‘i purkash daqiqasini aniq 
va optimal rostlanishi talab qilinadi. O‘tkazilgan ko‘p ilmiy tadqiqotlar yuqoridagi 
talablarni  faqat  elektron  boshqarish  tizimlari  yordamida  amalga  oshirish  
mumkinligini ko‘rsatdi. 
   Dvigatellarning  elektron  boshqarish  tizimlaridan  eng  keng  tatbiq  topganlari  - 
yonilg‘i  purkash    va  o‘t  oldirish  (benzinli  dvigatellarda)  jarayonlarini 
boshqarishdir.  Bu  boshqarish  tizimlari  mustaqil  va  birgalikda    ishlashi  mumkin. 
Zamonaviy  benzinli  dvigatellarga  o‘rnatilayotgan  elektron  boshqarish  bloklari 
yonilg‘i purkash jarayonini boshqarish bilan birgalikda  o‘t oldirishni  ilgarilatish 
burchagini  belgilash,  majburiy  salt  ishlash  ekonomayzeri  va  konditsioner    ishini 
boshqarish kabi bir qator qo‘shimcha vazifalarni ham bajaradi. 
   Elektron  boshqariluvchi    antiblokirovkali    tormoz  tizimi  sirpanchiq  yo‘lda 
avtomobilni  tormozlanish  masofasini  deyarli  ikki  marta  qisqartiradi  va  uni  yoni 
bilan  surilib  ketishiga  yo‘l  qo‘ymaydi.  Bu  og‘ir  obi-havo  sharoitlarida(yomg‘ir, 
qor, yaxmalak) ko‘p yo‘l-transport hodisalarini oldini oladi. 
   Elektron  boshqarish  tizimi  qo‘shimcha  jihozlardan  oynatozalagich,  burilish 
relesi, avtomobil darakchilarining ishini va bosh yoritish faralarning holatini ham 
boshqaradi. 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish