G‘. N. Mahmudov


 Benzinli dvigatellarda yonilg‘i uzatilishini  boshqarish



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

 
6.2.2. Benzinli dvigatellarda yonilg‘i uzatilishini  boshqarish 
 
Hozirgi  kunda  benzinli  dvigatellarda  tatbiq  topgan  yonilg‘i  o‘zatilishini 
elektron boshqarishning ikki turi  mavjud: elektron boshqariladigan кarburator  va 
purkash  tizimlari.  Purkash  tizimlari  yonilg‘ining  uzatilish  joyiga  qarab  3  turga 
bo‘linadi:  markaziy  bir  nuqtali,  taqsimlangan  ko‘p  nuqtali  va  bevosita  yonish 
kamerasiga  purkash  tizimlari.  Yonilg‘ini  bevosita  yonish  kamerasiga  purkash 
tizimi,  ishlatilishi  zarur  bo‘lgan  jihozlarning  juda  murakkabligi  va  samarali 
ishlashi uchun tarkibida oltingo‘girt miqdori juda kam bo‘lgan benzin talab qilishi 
tufayli hozircha ishlatilish darajasi nisbatan past. Ammo soha mutaxassislari yaqin 
kelajakda yonilg‘ini bevosita  purkash tizimi avtomobillardagi eng asosiy yonilg‘i 
uzatish  usuliga  aylanishini  bashorat  qilmoqdalar.  Hozirgi  kunda  zamonaviy 
avtomobil dvigatellarida asosan bir  nuqtali va taqsimlangan ko‘p nuqtali purkash 


 
242 
tizimlari ishlatiladi. Har ikkala tizimda ham yonilg‘i dvigatel silindrlarining kirish 
yo‘liga purkaladi. 
Yonilg‘i purkashning elektron boshqarish tizimlari quyidagi prinsip bo‘yicha 
ishlaydi.  Elektr  yonilg‘i  nasosi  yonilg‘ini  taqsimlash  quvurida  taxminan 
0,2  MP
 
bosim  bilan  o‘zgarmas  holda  ushlab  turganligi sababli,  silindrlarga  purkaladigan 
yonilg‘ining  miqdori  elektromagnit  forsunkani  (injektorni)  ochilib  turish  vaqti 
bilan  belgilanadi.  Elektron  boshqarish  tizimi  (EBT)    injektorlarni  ochilib  - 
yopilishining,  ya’ni  yonilg‘ini  silindrlarga  majburiy  purkash  impulsining 
davomiyligini  drossel  to‘siqchasini  ochilish  burchagi,  tirsakli  valning  aylanish 
chastotasi,  sovituvchi  suyuqlik  harorati  va  kiritish  quviridagi  absolyut  bosimga 
bog‘liq  ravishda  boshqaradi.  Purkalishi  zarur  bo‘lgan  yonilg‘i  miqdori  haqidagi 
ma’lumot  ikki  raqamli  kod  ko‘rinishida  doimiy  xotira  qurilmasida  (DXQ) 
saqlanadi. Elektron boshqarish bloki datchiklardan kelayotgan ma’lumot asosida, 
DXQ  dan  zarur  kodni  tanlab  olib,  unga  mos  keladigan  miqdordagi  yonilg‘ini 
dvigatelning kiritish klapanlari atrofiga purkalishini ta’minlaydi. 
Benzinli  dvigatellarda  yonilg‘i  purkalishini  elektron  boshqarish  tizimining 
tarkibiy sxemasi 6.3-rasmda ko‘rsatilgan. 
Maxovikning  tishli  g‘ildiragining  teppasiga  joylashtirilgan  induktiv  datchik 
dvigatel  tirsakli  valining  aylanishlar  chastotasi  haqidagi  ma’lumotlarni  impuls 
signal sifatida shakllantiradi. Bu signal analog-raqamli o‘zgartirgich (ARO‘) 4 ga 
uzatiladi  va  raqamli  kod  ko‘rinishiga  keltiriladi.  Drossel  to‘siqchasining  holatini 
belgilovchi  datchik  1  dan  kelgan  signal  ham    ARO‘  4  yordamida  raqamli  kodga 
aylantiriladi.  Takt  generatori  3  ARO‘  ishlashi  uchun  zarur  bo‘lgan  doimiy 
chastotali impulslarni shakllantirib beradi. 
Raqamli  kod  shaklidagi  aylanishlar  chastotasi  va  drossel  to‘siqchasining 
holati haqidagi signallar EBT ning doimiy xotira qurilmasi 5 ga uzatiladi. DXQ da 
dvigatel  aylanish  chastotasi  va  drossel  to‘siqchasini  ochilish  burchagiga  bog‘liq 
ravishda  elektromagnit  klapan  ochilish  vaqtini  belgilovchi  raqamli  signal  hosil 
qilinadi va mikroprotsessor 6 ga uzatiladi. 
    6.3-rasm.  Benzinli  dvigatellarda  yonilg‘i  purkalishini  elektron      boshqarish  tizimining   
tarkibiy sxemasi  
 


 
243 
Mikroprotsessor  6  DXQ  dan  kelgan  signalni  zarur  yonilg‘i  miqdoriga 
proporsional  bo‘lgan  injektorlarni  ochilib  turish  vaqtining  davomiyligi 
ko‘rinishiga  o‘zgartiradi.  Datchik  2  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  sinxronizatsiya 
moslamasi 10, yonilg‘ini dvigatel  ish jarayonining tegishli  nuqtasida purkalishini 
ta’minlaydi  va  kiritish  quvirining  devorlarida  o‘tirib  qolayotgan  yonilg‘i 
zarralarining miqdorini kamaytiradi.  
Dvigatelning  issiqlik  holati  va  atrof-muhit  sharoitlarini  hisobga  olib 
injektorlarni  ochilib  turish  vaqtiga  tuzatish  kiritish  uchun  sovitish  suyuqligi 
harorati  10,  absolyut  bosim  11,  so‘rilayotgan  havo  temperaturasi  12 
datchiklaridan  mikroprotsessorga  qo‘shimcha  ma’lumot  uzatadi.  Bundan  keyin 
signal  quvvat  kuchaytirgich  7    da  kuchaytiriladi  va  elektromagnit    forsunkalar  8 
ga uzatiladi. 
Yoilg‘i purkashning elektron boshqarish tizimi o‘t olish va yonish jarayoniga 
ta’sir  qiluvchi  ko‘p  omillarni  hisobga  oladi  va  yonilg‘i  uzatilishini  murakkab 
bog‘lanishlar  orqali  amalga  oshiradi.  Bu  dvigatelning  ancha  tejamli  ishlashini 
ta’minlaydi. Shu bilan birga tuzilishining murakkabligi va unga xizmat ko‘rsatish 
uchun  yuqori  malakali  mutaxassislar  zarurligi  -  bu  tizimning  kamchiligi 
hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda yonilg‘i purkashni boshqarish tizimlarida optimal boshqarish 
prinsipiga asoslangan sistemalar keng joriy qilinmoqda. Bu prinsipning  mazmuni 
shundan  iboratki,  yonilg‘i  purkash  jarayoni  mikroprotsessor  shakllantirayotgan 
boshqaruv  signalini  dvigatelning  ekspluatatsion  tavsifnomasiga  ko‘rsatayotgan 
ta’sirini  baholash  asosida  amalga  oshiriladi.  Optimallashtiruvchi  omillar  sifatida, 
odatda,  yonilg‘i  sarfi,  chiqindi  gazlarning  zaharliligi  va  dvigatelning  tortish 
tavsifnomalari  ishlatiladi.  Lekin  bu  parametrlarni  bir  vaqtning  o‘zida 
optimallashtirish imkoniyati yo‘q. Shuning uchun dvigatelning  maksimal quvvati 
yonilg‘i  aralashmasini  boyitish,  tejamliligi  esa  uni  suyiltirish  yo‘li  bilan  amalga 
oshiriladi. 
Yuqorida 
ko‘rsatilganday,  zamonaviy  benzinli  dvigatellarda  yonilg‘i, 
silindrlarning  yonish  kamerasiga  karburator  vositasida  yoki  purkash  tizimi 
yordamida uzatiladi. 
Karburator yordamida yonilg‘i uzatish usuli quyidagi kamchiliklarga ega: 

 
Kiritish  kollektorida  turli  silindrlargacha  bo‘lgan  masofa  har  xil.  Bundan 
tashqari xatto to‘la qizdirilgan dvigatelda ham kollektor devorlarining xarorati bir 
xil  emasligi  aniqlangan.  Buning  natijasida  dvigatelning  silindrlariga  uzatilgan 
yonilg‘i  miqdori  bir  xil  bo‘lmaydi.  Bu  esa  dvigatelning  quvvatini  oxirigacha  avj 
oldira  olmasligi,  tirsakli  valdagi  burovchi  momentni  ravon  bo‘lmasligi, 
dvigatelning  tejamkorligini  pasayishi,  chiqindi  gazlardagi  zaharli  moddalarni 
ortishiga olib keladi. 

 
Karburator  pulverizator  prinsipi  bo‘yicha  ishlaydi,  ya’ni  yonilg‘i 
so‘rilayotgan havo oqimi ichida mayda zarrachalarga aylantiriladi. Bunda yonilg‘i 
yaxshi  parchalanmaydi  va  benzinning  nisbatan  yirik  (

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish