G‘. N. Mahmudov


moy  va  namlikdan,  yon  elektrodlar  esa  kuyukdan  tozalanishi  zarur



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

moy  va  namlikdan,  yon  elektrodlar  esa  kuyukdan  tozalanishi  zarur. 
Markaziy ko‘mir kontakt erkin harakatlanishi va «osilib» qolmasligi kerak. 
Uzgich  kontaktlari  toza  va  kuymagan  bo‘lishi  kerak.  Kuygan  kontaktlar 
haydovchining  asboblar  to‘plamidagi  abraziv  plastina  yordamida  tozalanadi. 
Kuchli va nosimmetrik  yeyilgan kontaktlar almashtiriladi. 
O‘t  oldirish  tizimining  me’yorida  ishlashiga  uzgich  kontaktlarning  orasidagi 
tirqishning kattaligi jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘zg‘aluvchi kontakt pishangchasiga 
o‘rnatilgan  tekstolit  yostiqcha  va  uzgich  kulacho-gining  yeyilishi  uzgich 


 
176 
kontaktlari  orasidagi  tirqishni  kamayishiga  olib  keladi.  Bu  kontaktlar  orasida 
uchqun  hosil  bo‘lishini  kuchaytirib,  volframni  qo‘zg‘aluvchi  kontaktdan 
qo‘zg‘almas  kontaktga  o‘tish  hodisasini  (eroziya)  yuzaga  keltiradi.  Natijada 
yuqori kuchlanish qiymati pasayadi, o‘t oldirish shamlaridagi uchqun hosil bo‘lish 
jarayonida  uzilishlar  sodir  bo‘ladi.  Kontaktlar  orasidagi  tirqishning  ortishi 
kontaktlarning  tutashib  turish  burchagini  kamaytiradi,  ya‘ni  birlamchi  tokning 
o‘sish  vaqti  qisqaradi  va  yuqori  kuchlanish  qiymati  pasayadi.  Shunday  qilib 
uzgich kontaktlari orasidagi tirqishni me’yoridan kamayishi ham, ortishi  ham o‘t 
oldirish  tizimining  ishini  yomonlashtirar  ekan.  Uzgich  kontaktlarining  tutashib 
turish burchagi СПЗ–8, СПЗ–12 belgili qurilmalar yordamida rostlanadi. 
Kondensatorni  tekshirish  uchun  taqsimlagich  qopqog‘i  va  yugurdagi  yechiladi 
va  o‘t  oldirish  g‘altagidan  kelgan  yuqori  kuchlanish  o‘tkazgichini  “massa”ga 
yaqinlashtirildi (taxminan 5…7 mm ga) va dastak yordamida dvigatelning tirsakli 
vali  aylantiriladi.  Bunda  agar  yuqori  kuchlanish  o‘tkazgichi  va  “massa”  orasida 
uchqun  hosil bo‘lmasa (yoki  uchqun barqaror bo‘lmasa)  lekin  uzgich kontaktlari 
orasida  kuchli  uchqun  chiqa  boshlasa  –  kondensator  nosoz  yoki  kondensator 
ulangan joydagi kontakt shikastlangan.  
Vakuum  va  markazdan  qochma  rostlagichlarning  nosozligi  dvigatelning 
quvvati,  tejamkorligini  pasaytiradi,  u  notekis  ishlaydi.  Vakuum  va  markazdan 
qochma  rostlagichlarning  sozligi  maxsus  asbob  –  stroboskop    yordamida 
aniqlanadi. 
Bundan  tashqari,    TXK  da  uzgich-taqsimlagichning  ishqalanuvchi  yuzalariga 
ham e’tibor berish zarur. Pishangcha o‘qi va kulachok valchasining namatli filtsi 
bir  yoki  ikki  tomchi,  kulachok  vtulkasi  esa  to‘rt-besh  tomchi  motor  moyini 
tomizish  yo‘li  bilan  moylanadi.  Podshipnik  o‘qini  moylash  uchun  taqsimlagich 
qobig‘iga joylashtirilgan moydon murvatini 1–2 marta buraladi.         
Taqsimlagich diskining podshipnigi o‘z o‘qi atrofida erkin aylanish kerak. Har 
TXK-2  da  podshipnikdagi  eski  moy  qoldiqlarini  kerosin  bilan    yuvish  va  yangi 
moy bilan to‘ldirish kerak.  
O‘t oldirish shamlariga har TXK-2 da xizmat ko‘rsatiladi. Shamlar dvigateldan 
yechilib  ularning  texnik  holati  tekshiriladi.  Zarurat  bo‘yicha  sham  kuyukdan 
tozalanadi., elektrodlar orasidagi tirqish rostlanadi. Shamlarning holati o‘t oldirish 
tizimi va dvigatelni ishi haqida ko‘p ma’lumot berishi mumkin.  
Shamning  hamma  elementlari  qurum  bilan  qoplangan  bo‘lsa  uzgich 
kontaktlarining  tutashib  turish  burchagi  yoki  ular  orasidagi  tirqish  me’yorida 
emasligi,  kondensatorning  nosozligi,  dvigatelni  uzoq  vaqt  davomida  salt 
ishlaganligi, ishchi aralashmani quyuqligi to‘g‘risida belgi bo‘ladi. 
Hamma  shamlarning  moylanib  qolishi  silindr  va  porshen  halqalarining 
yeyilganligini ko‘rsatadi. Sham elektrodlari va uning boshqa elementlarini kuyishi 
o‘t  oldirishning  ilgarilatish  burchagini  noto‘g‘ri  o‘rnatilganligi,  ishchi 
aralashmaning  suyilib  ketganligi,  oktan  soni  kichik  bo‘lgan  benzin  ishlatilganligi 
haqida  dalolat  beradi  Shamlarni  bosim  ostida  qum  sochuvchi  maxsus  qurilma 
yordamida tozalash maqsadga muvofiqdir. Shamlarni ochiq olovda qizdirish yo‘li 
bilan  tozalash  mumkin  emas.  Chunki  bunday  usulda  tozalangan  shamlarning 
izolyatsiya xususiyati keskin kamayadi va ko‘p hollarda ular to‘la ishdan chiqadi.  

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish