G‘. N. Mahmudov


Kontaktli  o‘t  oldirish  tizimi  quyidagicha  ishlaydi



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

Kontaktli  o‘t  oldirish  tizimi  quyidagicha  ishlaydi:
  O‘t  oldirish  kaliti  2 
ulanganda, tok akkumulatorlar batareyasi 1 ning musbat qutbi, o‘t oldirish kaliti 2, 
qo‘shimcha  qarshilik  4,  o‘t  oldirish  g‘altag  5  ining  birlamchi    chulg‘ami    va 
uzgich kontaktlari 7, 8 (ular tutash bo‘lganda) orqali massaga o‘tadi va massadan 
batareyaning  manfiy  qutbiga qaytib  keladi.   Birlamchi chulg‘amdan o‘tayotgan 
tok  uning  atrofida  magnit  maydon  hosil  qiladi.  Maydon  kuch  chiziqlari    o‘t  
oldirish  g‘altagining  har  ikkala  chulg‘amini  kesib  o‘tadi  va  g‘altak  o‘zagi  orqali 
tutashadi.  Aylanayotgan  kulachok  kontaktlarni  uzganda,  birlamchi  chulg‘amdan 
o‘tayotgan tok zanjiri uziladi va natijada u hosil qilgan magnit maydon katta tezlik 
bilan  yo‘qola  boshlaydi.    Yo‘qolib  borayotgan  magnit  maydon  har  ikkala 
chulg‘amda  o‘zinduksiya  EYUK    hosil  qiladi  va  elektromagnit  induksiya  
qonuniga  asosan  uning  kattaligi  magnit  maydonning  yo‘qo-lish  tezligiga  va 
chulg‘amlardagi  o‘ramlar  soniga  to‘g‘ri  proporsional  bo‘ladi.  Natijada,  o‘ramlar 
soni    katta    bo‘l-gan  ikkilamchi  chulg‘amda,  o‘t  oldirish  shami  elektrodlari 
orasidagi  tirqishni  teshib  o‘tishga  etarli    bo‘lgan,  15000-20000  V  kuchlanish 
induksiyalanadi  va  taqsimlagich  rotori  R  orqali  o‘t  oldirilishi  lozim  bo‘lgan  
navbatdagi  silindrdagi  shamga  uzatiladi.  Yuqori  kuchlanishli  tok  sham 
elektrodlari  orasidagi  tirqishdan  uchqun  sifatida  o‘tib,  massa,  akkumulatorlar 
batareyasi  va qo‘shimcha qarshilik orqali o‘t oldirish g‘altagiga qaytib keladi. 
  Kontaktlar  uzilganda,  birlamchi  chulg‘amda  ham  kattaligi  200-400  V  ga 
etadigan,  yo‘nalishi  birlamchi  tok  yo‘nalishida  bo‘lgan  va  uning  yo‘qolishiga 
qarshilik  ko‘rsatadigan  o‘zinduksiya 
EYUKi  hosil  bo‘ladi.  Bu    EYUKi, 
uzgich  kontaktlari  uzilganda,  ular 
orasida kuchli elektr yoyini hosil qilib 
kontaktlar  kuyishiga  va  ular  juda  tez 
ishdan 
chiqishiga 
olib 
kelishi 
mumkin.  Bu    zararli  jarayonning 
oldini 
olish 
uchun 
uzgich 
kontaktlariga 
parallel 
ravishda 
kondensator  14  ulanadi.  Bu  holda 
birlamchi  chulg‘amda  hosil  bo‘lgan 
o‘zinduksiya  EYUK  kondensator  14 
ni  zaryadlaydigan  tok  hosil  qiladi. 
Keyingi 
davrda 
kondensator 
o‘t 
   3.5-rasm. Kontaktli  o‘t oldirish tizimi-
ning  umumiy  sxemasi 


 
132 
oldirish  g‘altagining  birlamchi  chulg‘ami,  qo‘shimcha  qarshilik  4  va 
akkumulatorlar  batareyasi  1  orqali,  ya’ni  birlamchi  tok  yo‘nalishiga  qarama-
qarshi  yo‘nalishda    razryadlanadi.  Shunday  qilib,  uzgich  kontaktlariga  parallel 
ulangan  kondensator,  birinchidan  kontaktlar  orasida  uchqun  hosil  bo‘lishini 
deyarli bartaraf qilib , kontaktlar ishlash muddatini oshirsa, ikkinchidan birlamchi 
zanjirdagi  tokni  va,  demak,  magnit  maydonni  yo‘qolishini  tezlatish  hisobiga 
ikkilamchi chulg‘amda  induksiyalanadigan yuqori  kuchlanishni  ma’lum darajada 
orttirishga yordam beradi. 
  Qo‘shimcha  qarshilik  4  dvigatelni  ishga  tushirish  vaqtida  o‘t  oldirish  tizimi 
me’yorida  ishlashini  ta’minlash  uchun  xizmat  qiladi.  Bizga  ma’lumki,  startyor 
ulanganda 
(ayniqsa, 
qishda) 
akkumulatorlar 
batareyasining 
kuchlanishi 
belgilangan  chegarada,  keskin  kamayadi.  Natijada,  akkumulatordan  tok  iste’mol 
qiluvchi o‘t oldirish g‘altagida induksiyalanadigan yuqori kuchlanish qiymati ham  
kamayib  ketadi  va  bu,  silindrlardagi  yonilg‘i  aralashmasini  o‘t  oldirishda 
uzilishlarga olib kelishi  mumkin. Bu hodisani bartaraf qilish  maqsadida,  startyor 
ulanishi  bilan  bir  vaqtda  o‘t  oldirish  kaliti  yoki  startyor  relesiga  o‘rnatilgan 
qo‘shimcha  kontaktlar  3  ulanib,  qarshilik  4  qisqa  tutashtiriladi.  Shu  tarzda, 
dvigatel startyor  yordamida  ishga tushirilayotgan  vaqtda, tok akkumulatordan o‘t 
oldirish g‘altagining  birlamchi  chulg‘amiga  qo‘shimcha qarshilik 4 orqali emas, 
balki  qo‘shimcha  kontaktlar  orqali  o‘tadi.  Bu  esa  o‘t  oldirish  g‘altagida  talab 
qilingan  darajada  yuqori  kuchlanish  induksiyalanishini  va  o‘t  oldirish  tizimi 
startyor ulangan vaqtda ham ishonchli ishlashini ta’minlaydi. 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish