G‘. N. Mahmudov


 KONTAKTLI O‘T OLDIRISH TIZIMI



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

 
3.2. KONTAKTLI O‘T OLDIRISH TIZIMI 
 
3.2.1. Kontaktli  o‘t  oldirish  tizimining  ishlash prinsipi 
 
   Avtomobil  transporti  taraqqiyotining  dastlabki  bosqichlarida  ishlab  chiqilgan 
avtomobillarda, o‘t oldirish tizimining tok manbai vazifasini faqat akkumulatorlar 
batareyasi  bajargan.  Keyinchalik,  akkumulator  bilan  paralel  ravishda  generator 
ham  ishlatila  boshlandi. Lekin, hozirgi  kungacha "batareyali o‘t oldirish tizimi" 
degan  atama  keng  ishlatilmoqda.  Bu  50    yildan    ortiq  vaqt  mobaynida 
avtomobillarda  qo‘llanilgan  yagona  o‘t  oldirish  tizimi  bo‘lib  keldi.  Natijada,  bu 
sistema    "klassik  o‘t  oldirish  tizimi"  deb  ham  atala  boshlandi.  Oxirgi  vaqtlarda, 
yarim  o‘tkazgichlar  qo‘llanilgan  turli  xil  o‘t  oldirish  tizimlari    paydo  bo‘lishi 
munosabati  bilan  batareyali  (yoki  klassik)  o‘t  oldirish  tizimi  tuzilishining    o‘ziga  
xos  tomonlarini eng  to‘la  aks  ettiradigan "kontaktli o‘t oldirish tizimi" atamasi 
tobora ko‘proq ishlatilmoqda. 
   Kontaktli o‘t oldirish tizimining prinsipial sxemasi 3.5-rasmda keltirilgan va u 
quyidagi  asosiy  elementlardan  iborat:  akkumulatorlar  batareyasi  1,  o‘t  oldirish 
kaliti  2,  o‘t  oldirish  g‘altagi  5,  bir  o‘qqa  o‘tkazilgan  uzgich-taqsimlagich  6-12, 
kondensator 14  va o‘t oldirish shamlari 13. 
   O‘t  oldirish  g‘altagi  tok  manbaining  past  kuchlanishini  yuqori  kuchlanishga 
aylantirib  berish  uchun  xizmat  qiladi  va  u  o‘zakka  o‘ralgan  ikkita  chulg‘amdan 
iborat.  Birlamchi  chulg‘am  o‘ramlar  soni  kichik  (~180...330)  bo‘lib,  u  nisbatan 
yo‘g‘on  simdan,  ikkilamchi  chulg‘am  o‘ramlar  soni,  aksincha  juda  katta 
(~18000...26000)  bo‘lib  u  ingichka  simdan  o‘raladi.  O‘t  oldirish  g‘altak 
chulg‘amlari  avtotransformator  sxemasi  bo‘yicha  ulangan,    ya’ni  birlamchi 
chulg‘amning oxiri ikkilamchi chulg‘amning boshiga tutashtirilgan. 
   Klassik  o‘t  oldirish  tizimidagi  uzgich  -  aylanuvchi  kulachok  9,  pishangchaga 
o‘rnatilgan  qo‘zg‘aluvchi  7  va  massaga  ulangan  qo‘zg‘almas  kontakt  8  lardan 
iborat  mexanik  moslamadir.  Uzgich  kulachoklari  qirralarining  soni  dvigatel 
silindrlari soniga teng. Pishangcha o‘z o‘qi atrofida harakatlana oladi va u,  uzgich  
kulachoklari  qirralariga  qadalib  turadigan tekstolit yostiqcha bilan ta’minlangan. 
Uzgich kulachogi aylanib, kontaktlarni navbatma-navbat uzib-tutashtirib turadi. 


 
131 
  Taqsimlagich  aylanuvchi  rotor  11,  taqsimlagich  qopqog‘iga  o‘rnatilgan  
qo‘zg‘almas  yon  kontaktlar  12  va  markaziy  elektroddan  iborat.  Yon  kontaktlar 
silindrlar  soniga  teng  bo‘lib,  ular  yuqori  voltli  o‘tkazgichlar  yordamida  taalluqli 
o‘t  oldirish  shamlari  bilan  tutashtirilgan.  Taqsimlagichning  markaziy  elektrodi 
yuqori voltli o‘tkazgich  vositasida o‘t oldirish g‘altagining ikkilamchi chulg‘ami 
bilan  ulangan.  Yuqori  kuchlanish  rotorga  markaziy  elektrod  orqali  sirpanuvchi 
ko‘mir kontakt yordamida uzatiladi. Uzgich kulachogi 9 va taqsimlagich rotori 11 
bir  valga  o‘rnatilgan  bo‘lib,  harakatni  tishli  uzatma  orqali  dvigatelning  gaz 
taqsimlash validan oladi va demak, tirsakli valga nisbatan ikki marta kichik tezlik 
bilan aylanadi. 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish