114
uchun mo‘ljallangan Ст-142 belgili
startyorlarning xrapovikli erkin
yurish muftasi ko‘rsatilgan.
Xrapovikli erkin yurish muftasi
quyidagi qismlardan iborat: qobiq
11, yetaklovchi 8 va yetaklanuvchi 6
xrapoviklar, yuritma shesternyasi 2,
prujina 10, shlisli yo‘naltiruvchi
vtulka 12, yetakchi va yetaklanuvchi
xrapoviklarni
bir-biridan
ajratib,
ushlab turish uchun xizmat qiladigan
konusli vtulka 7, tekstolit segmentlar
3 va yo‘naltiruvchi shtiftlar 4 dan
tashkil topgan markazdan qochma
mexanizm.
Tortish relesi chulg‘amlari tok
manbaiga ulanganda, uning yakori
yuritma pishangi va mufta qobig‘i 11
orqali xrapoviklar 6 va 8 o‘rnatilgan
yo‘naltiruvchi mufta 12 ni valdagi
shlisa
bo‘ylab
harakatlantirib,
shesternya 2 ni maxovikning tishli
gardishi bilan ilashtiradi. Yuritma shesternyasi harakatining oxirida tortish
relesining kontaktlari ulanadi va yakor vali aylana boshlaydi. Bunda aylantiruvchi
moment shlisali vtulka 12, yetakchi 8 va yetaklanuvchi 6 xrapoviklar orqali
shesternya 2 ga va undan maxovikning tishli gardishiga uzatiladi. Aylantiruvchi
momentni uzatish jarayonida vtulka 12 ning tashqi va yetakchi xrapovikning
ichki ko‘p kirimli tasmasimon rezbasining o‘qi bo‘ylab hosil bo‘ladigan
kuchlanishni prujina 10 orqali rezinali yumshatish xalqasi 14 qabul qiladi.
Agar ilashish jarayonida shesternya tishi maxovik gardishi tishlari orasidagi
botiqlikka to‘g‘ri kelmasdan qadalib qolsa, yuritma pishangining ta’sirida prujina
10 siqiladi va yetakchi xrapovik 8 vtulka 12 ning ko‘p kirimli tasmasimon
tashqi rezbasi bo‘ylab harakatni davom ettirib, tishlari bilan yetaklanuvchi
xrapovikni va u bilan birga ishlangan shesternyani ilashish uchun zarur bo‘lgan
burchakka (30
0
gacha) buradi. Dvigatel ishga tushgandan so‘ng shesternya va
yetaklanuvchi xrapovikning aylanish chastotasi yakor vali va yo‘naltiruvchi
vtulkanikidan ancha yuqori bo‘ladi. Shuning uchun, yetakchi xrapovik 8 vtulka
12 ning ko‘p kirimli rezbasi bo‘ylab harakatlanib, yetaklanuvchi xrapovikdan
ajraladi va yuritma shesternyasi salt holda aylana boshlaydi. Konusli vtulka 7
yetakchi xrapovik bilan birgalikda surilib, shtiftlar 4 vositasida tez aylanayotgan
yetaklanuvchi xrapovik bilan bog‘langan tekstolit segmentlar 3 ni bo‘shatadi.
Natijada, markazdan qochma kuch ta’sirida segmentlar shtiftlar bo‘ylab radial
yo‘nalishda harakatlanib ikkala yarim muftani ajralgan holda qotirib qo‘yadi va
xrapovik tishlarini shikastlanishdan va yeyilishdan saqlaydi. Startyor tor-tish
relesining zanjiri uzilgandan keyingina yuritma shesternyasi maxovikning tishli
2.13-rasm. Xrapovikli erkin yurish
muftasi
Do'stlaringiz bilan baham: