G‘. N. Mahmudov



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

.
Startyor yakori 
ariqchalarining sxemasi:
                                                    
a-ochiq; b-yarim ochiq; 1-yakor 
chulg‘amining simi, 2- ariqchadagi 
izolatsiya, 3-pona 
 


 
108 
ariqchalar  ,  asosan,  chulg‘amlari  ikki  seksiyali  o‘ramlarga  ega  bo‘lgan,  quvvati 
katta  bo‘lmagan  startyorlarda  qo‘llaniladi.  Yakor  chulg‘amlarining  kollektor 
tomonidagi qismiga (peshana qismiga) bir necha o‘ram po‘lat simdan, sintetik lok 
singdirilgan  paxta  ip  yoki  shisha  tolasidan  tayyorlangan  chilvirdan  belbog‘ 
qo‘yiladi.  Yakor  chulg‘ami    seksiyalarining  uchi  kollektor  plastinalari  orasidagi 
ariqchaga kiritiladi, chekiladi va payvandlanadi. 
   Startyorlar  ishonchli  ishlashi  nuqtai  nazaridan  elektrodvigatellarning  eng 
muhim  qismi,  mis  plastinalardan  yig‘ilgan  kollektor  hisoblanadi.  Yakorning 
aylanishlar chastotasi yuqori, cho‘tkali kontaktlardan o‘tayotgan tok zichligi  katta 
va vibrasiya mavjud bo‘lganligi tufayli kollektorlarga qiymati ancha katta bo‘lgan 
mexanik,  issiqlik  va  elektr  yuklamalar  ta’sir  ko‘rsatadi.  Startyorlarda    metall 
vtulkaga  joylashtirilgan  yig‘ma  silindrsimon,  plastmassa  asosli  silindrsimon  va 
ko‘ndalang kollektor ishlatiladi (2.8-rasm). 
   Quvvati  katta  bo‘lgan  startyorlarda  qo‘llaniladigan  yig‘ma  silindrsimon  
kollektorlar  (2.8-a  rasm)  alohida  mis  plastinalardan  yig‘ilib,   bir-biridan  qalinligi 
0,4-0,9    mm    bo‘lgan    mikant,  slyudinit  yoki  slyudoplastdan  tayyorlangan 
qistirmalar, yakor valiga presslangan metall vtulka 3 dan esa, silindrsimon mikant 
vtulka    4    yordamida  izolyasiya  qilinadi.  Kollektorning  mis  plastinalari  5  ikkala 
tomonda  joylashgan  konussimon  siquvchi  metall  halqalari  1,  konussimon 
izolyasiya halqalari 2 va gayka 6 yordamida siqib mahkamlanadi. 
   Quvvati 3,5 kVt  gacha bo‘lgan startyorlarda o‘rnatiladigan plastmassa  asosli  
silindrsimon  kollektorlarda (2.8-b rasm) plastmassa  - kollektorni shakllantiruvchi 
element  bo‘lib,  mis  plastinalarni  yakor  validan  izolyasiya  qiladi  va  yuklama 
ta’sirini  qabul  qiladi.  Kollektorning  mustahkamligini  oshirish    maqsadida 
plastmassa asosga metalldan ishlangan sinch halqalar 7 joylashtirilgan. 
2.8-rasm. Startyorlarning kollektorlari: 
a  –  yig‘ma  silindrsimon,  metall  vtulkada;  b  –  silindrsimon,  plastmassa  asosda;  c  –  ko‘ndalang, 
plastmassa  asosda.  1  –  konussimon  siquvchi  halqalar;  2  –  konussimon  izolyasiya  halqalari;  3  –  metall 
vtulka;  4  –  izolyasiya  trubkasi;  5  –  kollektor  plastinalari;  6  –  gayka;  7  –  metall  sinch  halqalar;  8  – 
plastmassa asos; 9 – izolatsiya plastinasi. 
 


 
109 
  Ko‘ndalang  kollektorlarning  (2.8-c  rasm)  ishchi  yuzasi  yakorning  aylanish 
o‘qiga  tik  holda  joylashtiriladi    (2.8-rasm).  Ularning  o‘lchamlari  kichik  va  mis 
nisbatan  kam  ishlatiladi.  Kollektorning  har  bir  plastinasining  orqa    tomonida  
halqa    bo‘ylab    tayanch    tumshuqlar    ishlangan    va    ularga  plastmassa  asos 
presslangan.  Bu  kollektorning  yuqori  mexanik  mustahkamligini  ta’minlaydi.  Bu 
turdagi kollektorlarda cho‘tkali kontaktlar  uzoq  va barqaror  ishlaydi.  Ko‘ndalang 
qollektorlarni  qo‘llanilishi  startyorlarning    umumiy  uzunligini  va  massasini 
kamaytirish imkonini beradi. 
   Startyorning 
kollektor  tomonidagi  qopqog‘i  cho‘yandan,  po‘latdan, 
alyuminiydan  yoki  rux  qotishmasidan  quyiladi,  ba’zan  esa,  po‘latdan  shtamplash 
yo‘li  bilan  tayyorlanadi.  Qopqoqqa  yoki  traversaga  parchinlash  yo‘li  bilan  yoki 
vintlar  yordamida  cho‘tkatutqichlar    o‘rnatiladi.  Cho‘tkatutqichlar  qopqoqdan  
tekstolit yoki boshqa turdagi izolyasiya materialidan tayyorlangan va qalinligi 1,5-
2,0 mm bo‘lgan qistirma yordamida ajratiladi. Cho‘tkatutqichlar cho‘tkalar to‘g‘ri 
joylashishini  va  ular  zarur  kuchlanish  bilan  kollektorning  ishchi  yuziga  bosilib 
turilishini  ta’minlaydi.          Ko‘ndalang  kollektorli  startyorlarda    (2.9-rasm)  
cho‘tkalar    6  plastmassa  yoki  temir  traversga  joylashtiriladi  va  kollektorning 
ishchi yuziga o‘rama silindrsimon prujinalar 4 vositasi bilan  bosib turiladi. 
    Startyorlarda qo‘rg‘oshin va qalay qo‘shilgan  mis-grafit cho‘tkalar ishlatiladi.  
Cho‘tkalar  tarkibidagi  qo‘rg‘oshin  va  qalay  kollektor    yeyilishini  kamaytiradi  va 
cho‘tka  kontaktlaridagi  qarshilikni  pasaytiradi.  Quvvati  katta  va  tok  zichligi 
yuqori bo‘lgan startyorlarga tarkibida grafit miqdori yuqoriroq bo‘lgan cho‘tkalar 
o‘rnatiladi. 
   Startyorlarning  yuritma  mexanizm  tomonidagi  qopqoqlari    alyuminiy 
qotishmasidan  yoki  cho‘yandan  quyiladi.  Qopqoqning  konstruksiyasi  uning 
qanday  materialdan  tayyorlanganligiga,  yuritma    mexanizm  turiga,  startyorning 
dvigatelga    mahkamlash  usuliga  va  tortish  relesining  tuzilishiga  bog‘liq.  Odatda 
startyor,    dvigatel  karterining  yon  tomonida  joylashtirilib,  yuritma  tomonidagi 
qopqog‘i  maxovik  tomonga  qaratiladi  va  uning  ilashish  mexanizmi  karteridagi 
tirqishga kiradi. Startyorning dvigatelda mahkamlash usuli, startyor echilganda va 
qayta joyiga qo‘yilganda yuritma shesternyasi va maxovik o‘qlarining markazlari 
orasidagi  masofani  o‘zgarib  ketmasligini  ta’minlashi  zarur.  Bu  talabga  gardishli 
(flanetsli) mahkamlash usuli ko‘proq javob beradi. Gardishli mahkamlash usulida 
startyorning yuritma mexanizmi tomonidagi qopqog‘ida maxsus o‘rnatish gardishi 
bo‘lib,  unda  mahkamlash  boltlari  uchun  mo‘ljallangan  ikki  yoki  uchta  teshik  va 
to‘g‘ri  o‘rnatish  chiqig‘i  mavjud  bo‘ladi.  Qopqoqda  yuritma  shesternyasi 
maxovikning tishli gardishi bilan ilashishi uchun imkon beradigan maxsus  tirqish 
qoldirilgan. 
  Gardishli mahkamlash usuli bilan  burovchi  moment  uzatilayotganda vujudga 
keladigan zo‘riqish va startyorni og‘irlik kuchi ta’sirida o‘rnatish gardishiga katta 
yuklama tushadi. Shuning uchun quvvati 4,4 kVt dan yuqori,  qobiq diametri 130-
180  mm  bo‘lgan  startyorlar,  odatda,  dvigatellardagi  maxsus  botiqliklarga  
o‘rnatilib, metall tasmalar yoki quyma tutqichlar bilan mahkamlanadi. Startyorlar 
burovchi  moment  uzatilayotganda  vujudga  keladigan  yuklamalar    ta’sirida  
mahkamlangan joyida aylanib ketmasligi uchun shponka yoki shtiftga o‘rnatiladi.  


 
110 
Startyor  qopqoqlarida  va  oraliq  tayanchlarda  sirpanish  podshipniklari  o‘rnatiladi. 
Oraliq  tayanchlarni      qobiq    diametri    115  mm    va  undan  ortiq  bo‘lgan 
startyorlarga    qo‘yish  mo‘ljallangan.  Cho‘yan,  po‘lat  yoki  alyuminiy 
qotishmasidan  tayyorlangan,  lappak  shaklida  bo‘lgan  oraliq  tayanch  startyor 
qobig‘i  bilan  old  tomondagi  qopqoq  orasiga  siqiladi  yoki  old  qopqoqni  o‘ziga 
mahkamlanadi.  Podshipniklar,  dastlab,  startyorni  ishlab  chiqarish  jarayonida  va 
zarurat  bo‘yicha,  ishlatish  davrida  moylanadi.  Katta  quvvatli  startyorlarda 
podshipniklar moydon va moylash filsalariga ega bo‘ladi (2.12 -rasm,10). 
  ВАЗ-2108  (Rossiya)  avtomobillarida  kollektor  tomonidagi  qopqoqda  bitta 
tayanchga ega bo‘lgan 29.3708 belgili startyorlar o‘rnatilgan Yuritma tomonidagi  
ikkinchi  tayanch  dvigatel maxovigining karterida joylashgan. 
  Startyorlarning  ichki  qismiga  chang,  loy  va  suv  kirmasligi  uchun  ular    odatda  
yopiq  yoki  germetik  zichlangan  holda  ishlab  chiqiladi.  Ayniqsa,  og‘ir,  yo‘lsizlik 
sharoitlarida ishlaydigan, ko‘p yuk ortadigan  avtomobillar  uchun  mo‘ljallangan 
2.9-rasm. Ko‘ndalang kollektorli 26.3708 belgili startyor: 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish