G‘. N. Mahmudov


 Startyorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

2.4. Startyorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi 
 
  Avtomobil  elektrostartyorlarining  uyg‘otish  va  boshqarish  usulini,  yuritma  
mexanizmining turi va atrof muhit ta’siridan himoya qilinganlik darajasi bo‘yicha 
tasniflash mumkin. 
  Startyorlarda uyg‘otish uslubiga qarab ketma-ket va aralash uyg‘otish tizimli 
elektrodvigatellar  qo‘llaniladi.  Dvigatelni  ishga  tushirishda  muhim  ahamiyatga 
ega  bo‘lgan  tortish  xususiyatlari  ustunligi  tufayli  ketma-ket  uyg‘otish  tizimli 
elektrodvigatellar ancha keng tatbiq topgan. Startyor salt ishlaganda, uning yakori  


 
105 
aylanish  chastotasini    cheklash  maqsadida,  ba’zan  aralash  uyg‘otish    tizimli 
elektrodvigatellar  ham  ishlatiladi (masalan  Ст.221, 26.3708 belgili startyorlarda). 
Oxirgi  vaqtda  ba’zi  startyorlarda  doimiy  magnit  yordamida  uyg‘otiladigan 
elektrodvigatellar  ham  ishlatilmoqda.  Bu  elektrodvigatellarning  tuzilishi  sodda, 
uyg‘otish  chulg‘ami  bo‘lmaganligi  tufayli  elektroenergiyani  nisbatan  kam 
iste’mol  qiladi.  Ammo,  bu  elektrodvigatellar  va  ichki  yonuv  dvigatellarning 
mexanik  tavsifnomalari  bir-biriga  yaxshi  mos  tushmaydi.  Shu  sababli,  doimiy 
magnitli elektrodvigatellar kam quvvatli startyorlarda qo‘llaniladi. 
  Barcha  turdagi  startyorlarning  elektrodvigatellari  deyarli  bir  xil  tuzilgan 
bo‘lsa,  ulardagi  yuritma  mexanizmlari  tuzilish  va  ishlash  bo‘yicha  bir-biridan 
ko‘p jihatdan farq qilishi mumkin. 
  Yuritma  mexanizmlarning  turi  va  ishlash  prinsipi  bo‘yicha  quyidagi 
guruhlarga ajratish mumkin: 
   - yuritma shesternyasini mexanik yoki elektromexanik usulda majburiy 
ravishda harakatlantirish; 
   -  shesternyani  elektromexanik  usulda  majburiy  ravishda  maxovikning  tishli 
gardishiga  ilashtirish  va  dvigatel  ishga  tushgandan  keyin  shesternyani  avtomatik 
ravishda ilashuvdan chiqarish; 
   - shesternyani inersiya kuchi ta’sirida harakatlantirish; 
   - shesternyani elektromagnit kuchlar ta’sirida, ya’ni elektrodvigatel yakorining 
harakatlanishi hisobiga ilashuvga kiritish. 
  Hamdo‘stlik  mamlakatlarida  ishlab  chiqarilayotgan  avtomobillarda,  asosan, 
yuritma shesternyasini elektromexanik usulda  majburiy  harakatlantirish  hisobiga  
ilashuvga    kiritish    prinsipida  ishlaydigan  startyorlar  qo‘llanilgan  (2.6-rasm).  Bu 
turdagi  startyorlarda  dvigatel  ishga  tushgandan  keyin  teskari  burovchi  moment 
ta’sirida  yakor  o‘zaklari  va  chulg‘amlari  sochilib  ketmasligi  uchun  erkin  yurish 
muftasi  o‘rnatiladi.  Erkin  yurish  muftasi  burovchi  momentni  bir  tomonlama,  
ya’ni  startyor  yakoridan  shesternya  va  u  orqali    dvigatel  maxovigiga  uzatadi. 
Dvigatel ishga tushib, shesternya maxovik tomonidan aylantirilganda, erkin yurish 
muftasi sirg‘aladi va teskari tomonga, ya’ni shesternyadan yakor valiga harakatni 
uzatmaydi. 
  Startyorlarning  quvvati  ortishi  bilan  erkin  yurish  muftalarining  ishonchlilik 
darajasi  kamayadi.  Shuning  uchun,  quvvati  katta  bo‘lgan  va  asosan  dizel 
dvigatellariga  o‘rnatiladigan  startyorlarda  shesternyani  ilashtirish  majburiy, 
dvigatel ishga tushgandan keyin  ilashishdan chiqarish avtomatik ravishda amalga 
oshriladigan yuritma mexanizmlari qo‘llaniladi. 
  Shesternyasi  inersiya  kuchlari  ta’sirida  ilashuvga  kiradigan  va  undan 
chiqadigan  yuritma  mexanizmlar  tuzilishi  soddaligi,  o‘lchamlari  kichik  va 
tannarxi  pastligi  bilan  tavsiflanadi.  Ammo,  bu  turdagi    yuritma    mexanizmlarida 
ilashuv  jarayoni  shesternyani  maxovikning  tishli  gardishiga  kuchli  urilish  hollari 
bilan  bog‘liq.  Shuning  uchun,  bu  turdagi  yuritma  mexanizmlarning  qo‘llash 
doirasi quvvati 1 kVt  gacha bo‘lgan startyorlar bilan cheklangan. 


 
106 
  Elektrodvigatel qutblarining magnityuritish kuchlari ta’sirida yakorni harakatga 
keltirib,  shesternyani    ilashtirish  prinsipiga  asoslangan  startyorlar,  asosan,  xorijiy 
mamlakat  avtomobillarida  tatbiq  topgan.  Bu  yuritma  mexanizmi  quvvati  3-5  kVt 
bo‘lgan  startyorlarga    o‘rnatiladi.    Bunday    yuritma    mexanizmi  o‘rnatilgan  
startyorlarning    tuzilishi  ixcham,  dvigatelga  mahkamlash  qulay  bo‘ladi,  ammo 
ularda  qimmatbaho  mis  nisbatan  ko‘p  ishlatilishi  va  avtomobillar  qiyalikda 
turganda  yuritma  mexanizmining  ishonchlilik  darajasini  pasayishi  (yakorning 
og‘irlik kuchi ta’sirida) ularning asosiy kamchiliklari hisoblanadi. 
  Startyorlar  tuzilishini  avtomobillarda  ancha  keng  tatbiq  topgan  Ст130-A3 
belgili startyor misolida ko‘rish mumkin. Startyor (2.6-rasm) quyidagi detallardan 
tashkil  topgan:  qutb  boshmoqlari  22  va  uyg‘otish  chulg‘amining  g‘altaklari  21 
o‘rnatilgan  qobiq  15;    asosiy  chulg‘am  20  va  kollektor  18  joylashtirilgan  yakor 
16;    erkin  yurish  muftasi  12,  shesternya  11  va  bufer  prujinasi  13  ni  o‘z  ichiga 
olgan  yuritma  mexanizmi;  elektromagnit  tortish  relesi;    yuritma  va  kollektor 
tomonidagi qopqoqlar 9, 19; cho‘tkalar o‘rnatilgan cho‘tkatutqichlar. 
  Startyor  qobig‘i  yaxlit  tortilgan  quvurdan  yoki  po‘lat  tilimni  kavsharlash  yo‘li 
bilan tayyorlanib, elektrodvigatel  magnit sistemasining  bir qismini tashkil qilishi 
bilan  birga  startyor  qopqoqlari  mahkamlanuvchi  qurilma  xizmatini  ham  bajaradi. 
Qobiqning  ichki  yuziga    vintlar  yordamida  to‘rtta  qutb  boshmoqlari  22 
2.6-rasm. Ст130-A3 belgili startyor: 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish