G‘. N. Mahmudov


a   -  ikki  tolali  evropa  standartidagi;  b



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

a
  -  ikki  tolali  evropa  standartidagi; 
b
  -  ikki  tolali,  galogenli  H4; 
c,  d 
va 
e
  -  bir  tolali,  galogenli 
tegishli ravishda H1, H2 va H3 ;  
j  
-  ksenon (gazrazryadli) ; 
 
1 - kolba, 2 - uzoqni yoritish tolasi, 3 - yaqinni yoritish tolasi, 4 - ekran, 5 - gardish,   6 - sokol, 7 - 
chiqish joyi. 
 


 
233 
   Lampalarning  cho‘g‘lanish  tolasi  tayyorlash  uchun  ishlatiladigan  volframning 
erish  temperaturasi  3380
O
C  ga  teng.  Spiral  2300-2700
  O
C  gacha  qizdiriladi. 
Spiralning  qizdirish  temperaturasi  ortishi  bilan  lampani  yoritish  samarasi  ham 
ortib  boradi.  Lekin,  spiral  harorati  2400
O
C  dan  ortgandan  keyin,  volfram  jadal 
ravishda  porlaydi.  Porlagan  volfram  zarralari  lampaning  shisha  kolbasiga  o‘tirib 
va uni qoraytiradi va yorug‘lik oqimini kamaytiradi. 
1960 yillardan boshlab avtomobillarda cho‘g‘lanish tolasi temperaturasini 2700-
2900
O
C  gacha  ko‘tarish  va  yoritish  samarasini  1,5  baravarga  oshirish  imkonini 
beradigan  galogen  lampalar  tatbiq  topa  boshladi.  Galogen  lampalar  quyidagicha 
ishlaydi.  (5.26-rasm)  Lampa  kolbasi  ichiga  inert  gazlar  bilan  birga  oz  miqdorda 
galogen  (  yod,  brom  yoki  ularning  birikmalari  -  rasmda  yulduzcha-lar)  parlari 
kiritiladi.  Porlagan  va  lampa  kolbasining  issiq  devorchalariga  o‘tirgan  volfram 
zarralari  (rasmda  –doirachalar)  yod  (yoki  brom)  bilan  reaksiyaga  kirishib  yodli 
volfram  WJ
2
  birikmasini  hosil  qiladi.  Par  holatidagi  birikma  lampaning  qizib 
turgan  cho‘g‘lanish  tolasiga  yaqinlashib,  yuqori  harorat  ta’sirida  yana  yod  va 
volframga  ajraladi.  Yod  kolbaning  gaz  bo‘shlig‘ida  qoladi,  volfram  esa 
cho‘g‘lanish  tolasiga  qayta  o‘tiradi.  Shunday  qilib,  galogen  sikl  lampaning 
cho‘g‘lanish  tolasidan  porlagan  volframni  yana  tolaga  qaytarishga  asoslangan. 
Lekin,  bu  galogen  lampalar  ishlash  muddatini  oshirmaydi,  chunki  qaytayotgan 
volfram tola yuzi bo‘ylab bir tekisda o‘tirmaydi, balki sovuqroq (ya’ni, qalinroq) 
joylariga ko‘proq, issiqroq (ya’ni, ingichkaroq) joylariga kamroq o‘tiradi. Bundan 
tashqari,  lampalarning  ishlash  muddati,  ularga  uzatilayotgan  kuchlanishga 
bevosita  bog‘liq  bo‘ladi  (5.27-rasm).  Agar  kuchlanishning  qiymati  5%  ga 
oshirilsa,  ulardan  chiqayotgan  yorug‘lik  oqimining  kuchi  ikki  baravar  oshadi, 
lekin ishlash muddati ikki baravar kamayadi.  
Galogen  siklini  amalga  oshirish  uchun  lampa  kolbasi  devorlari  temperaturasi 
ancha  yuqori  -  600.....700
O
C  atrofida  bo‘lishi  kerak.  Shuning  uchun  galogen 
lampalarning  kolbalari  kvars  shishadan  tayyorlanib,  o‘lchamlari  kichik  bo‘ladi. 
Volfram  zarralari  imkoni  boricha  bir  tekisda  o‘tirishi  uchun  cho‘g‘lanish 
tolasining spirali to‘g‘ri silindr  shaklida bo‘lishi kerak. 
BMT  YEIK  ning  37  raqamli  qoidasiga    avtomobil  faralari  uchun  ishlab 
5.26-rasm. Galogen lampalarda 
sodir
 
bo‘ladigan jarayon 
5.27-rasm. Galogen  lampaning  ishlash  mudda-
tini kuchlanishga bog‘liqligi
 
grafigi 


 
234 
chiqilgan  bitta  cho‘g‘lanish  tolali  H1-H3  turidagi  va  ikkita    tolali  H4  galogen 
lampalar  kiritilgan.  H1  va  H2  lampalarda  cho‘g‘lanish  tolasi  sokol  o‘qi  bo‘ylab, 
H3 da o‘qqa perpendikulyar joylashtirilgan. Maxsus sokol bilan ta’minlangan H4 
lampani  ham  uzoqni  yoritish  tolasi  to‘g‘ri  silindr  shaklida  bo‘lib,  optik  o‘qqa 
paralel  joylashtirilgan.  H1  va  H3  lampalar  tumanga  qarshi  faralarda,  to‘rt  farali 
yoritish  tizimlarida  uzoqni  yoritish  uchun  ishlatiladi.  H4  galogen  lampa  ikki  va 
to‘rt farali bosh yoritish sistemalarda keng tatbiq topgan. 
MDH  da  ishlab  chiqilgan  lampalar  quyidagicha  belgilanadi.  Oddiy  lampalar, 
masalan,  A12-45+40  da  A  harfi  lampa  turini  (ya’ni,  avtomobilniki)  bildiradi, 
birinchi  raqam  (6,12  yoki  24)  -  nominal  kuchlanishni,  +  belgisi  bilan 
birlashtirilgan  ikkinchi  va  uchinchi  raqamlar  yaqinni  va  uzoqni  yorituvchi 
cho‘g‘lanish  tolalarning  quvvatini  ko‘rsatadi.  Agar  lampa  bitta  tolali  bo‘lsa, 
uchinchi raqam bo‘lmaydi. Galogen lampalar uchun A harfidan keyin ikkita harf 
kiritiladi - K(kvarsli) va G(galogenli). Masalan, AKG12-60+55. 
Avtomobil  lampalarning  takomilashtirishning  keyingi  bosqichi- 
IRC
  turidagi 
galogen  lampalarni  yaratilishi  bo‘ldi  (IRC  –“infraqizil  qoplama”  ma’nosini 
ildiradi).  Bu  lampalarning  kolbasi  maxsus  modda  bilan  qoplangan  bo‘lib,  u 
yorug‘lik nurini o‘tkazadi, lekin infraqizil (issiqlik) nurlarini o‘tkazmasdan, ularni 
orqaga,  cho‘g‘lanish  tolasi  tomon  qaytaradi.  SHuni  hisobiga  issiqlik  isrofi 
kamayadi, natijada lampaning samarasi ortadi. OSRAM firmasining ma’lumotiga 
ko‘ra  IRC  lampalarda  odiy  galogen  lampalarga  nisbatan  energiya  iste’moli  45% 
ga  kamayib,  lampaning  ishlash  muddati  ikki  baravar 
ortar ekan. 
 O‘tgan  asrning  90  yillaridan  boshlab  avtomobil 
faralariga  juda  samarali  yorug‘lik  manbai  bo‘lgan 
ksenon  (gazorazryadli)  lampalar  o‘rnatila  boshlandi 
(5.25-rasm,  j).  Ksenon  lampa  ballonining  hajmi  juda 
kichik 
(

0,03 sm
3
) bo‘lib, kvars shishadan tayyorlanadi 
va  ichki  bo‘shlig‘i  ksenon  gazi  hamda  ba’zi 
metallarning  xloridlari  bilan  to‘ldiriladi.  Ballon  ichiga 
ikkita  elektrod  o‘rnatilgan  bo‘lib  (5.28-rasm)  ularning 
orasidagi  tirqish 
4,2  mm
  ni  tashkil  qiladi.  Bu 
elektrodlarga 
10000…20000  V
  kuchlanish  uzatilganda 
ular  orasidagi  tirqishda  elektr  yoyi  hosil  bo‘ladi. 
Natijada  ballon  ichidagi  harorat  keskin  ko‘tariladi 
(

4500 
0
K
),  xloridlar  porlaydi  va  lampa  ishchi  rejimga 
o‘tadi, ya’ni yorug‘lik tarqata boshlaydi. Ishchi rejimda 
elektrodlar orasidagi yoyni barqaror ushlab turish uchun 
taxminan 
100 V
 kuchlanish yetarli bo‘ladi. 
5-28-rasm. Ksenon lampa 
D2S. 
1-kolba, 2-izolyator, 3-
razryad kamerasi, 4-elek-
trodlar, 5-tsokol  


 
235 
    Ksenon  lampaning  yorug‘lik 
oqimi galogen lampaga nisbatan ikki 
barobar yuqori,  iste’mol quvvati esa 
1,5-2,0  barobar  kam.  Bu  turdagi 
lampalarning  yorug‘lik  spektori 
quyosh  nuriga  yaqin  bo‘lib,  inson 
ko‘zini  unchalik  qamashtirmaydi. 
Ksenon  lampaning  ishlash  muddati 
galogen 
lampaga 
nisbatan 
uch 
barobar  yuqori  bo‘lib,  taxminan 
1500  soatni  tashkil  qiladi.  Shu  bilan 
birga  ksenon  lampani  me’yorida 
ishlatish  uchun  u  yuqori  kuchlanish 
impulsini 
ishlab 
chiqaruvchi 
qo‘shimcha  moslama  va  elektron 
boshqarish  bloki  bilan  jihozlangan 
bo‘lishi  kerak  (5.29-rasm).  Shu 
sababli  ksenon  lampalarning  narxi  galogen  lampalarga  nisbatan  ancha  baland. 
Avtomobil faralariga D1, D2, D2S turidagi ksenon lampalar o‘rnatiladi.   
 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish