5.6.5. Yorug‘lik-xabarchi asboblarining tuzilishi
Avtomobillarga o‘rnatilgan yorug‘lik-xabarchi fonarlar konstruksiyasining
xilma-xilligi bilan tavsiflanadi. Bu yorug‘lik-xabarchi fonarlar avtomobillarning
(ayniqsa, engil avtomobillarni) muayyan modeliga, uning tashqi shakli,
konstruksiyasining o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi
bilan bog‘liqdir.
Hozirgi zamon avtomobillarida o‘rnatiladigan yorug‘lik-xabarchi chiroqlari,
signal fonarlar blokiga birlashtirilgan alohida bo‘linmalar ko‘rinishda
yasalmoqda. Faqat ba’zi asboblar, masalan yon tomondagi burilish xabarchilari
alohida konstruksiyaga ega.
230
Avtomobilning old tomonidagi signal fonarlar bloki, gabarit chiroqlari va
burilish ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. Oxirgi konstruksiyalarda oldingi
gabarit chiroqlar bosh yoritish farani ichiga joylashtirilmoqda (5.21, 5.22-
rasmlar). Buning uchun qaytargichga qo‘shimcha yorug‘lik manbai o‘rnatiladi. Bu
holda burilish ko‘rsatkichlari bosh faraning yoniga alohida bo‘linma shaklida
joylashtiriladi.
Avtomobillarning oldingi signal fonarlar bloki (5.22-rasm) ikki bo‘linmali
korpus 1 dan iborat bo‘lib, ularning biriga burilish xabarchisi, ikkinchisiga
gabarit chiroq joylashti-riladi. Bo‘linmalar
bir-biridan yorug‘lik o‘tkazmaydigan to‘siq 3
bilan ajratilgan. Har bir bo‘linma lampa
tutqich 5 va lampalar bilan ta’minlangan.
Yuqoridagi bo‘linmaga, odatda, burilish
xabarchisi
joylashtirilib,
uning
lampasi
qaytargich
fokusiga o‘ratiladi. Burilish
xabarchisini yarqirash-miltillash rejimida
ishlashi elektroimpuls-issiqlik, elektro magnit
va elektron turdagi maxsus relelar yordamida
amalga oshiriladi. Pastki bo‘linmaga gabarit
chiroq lampasi joylashtirilib, ularda linza
(ya’ni, qaytargichsiz) sxemasi ishlatiladi.
Signal fonarlar blokidagi zarur yorug‘lik
taqsimlanishi ikki rangli tarqatgich 2
yordamida ta’minlanadi.
Avtomobillarning orqa signal fonarlar
bloki ham alohida bo‘limlardan iborat bo‘lib,
ularga
gabarit
chiroqlar,
burilish
va
tormozlanish xabarchilari, orqaga yurish va
davlat raqamini yoritish fonarlari, yorug‘lik
qaytargichlar
joylashtiriladi.
Engil
avtomobillar
orqa
signal
fonarlarining
konstruksiyasi va tashqi ko‘rinishi, ularning
dizayniga bevosita bog‘liq bo‘lib, har bir
yangi model uchun yakka tartibda ishlab
chiqiladi.
Yuk
avtomobillarining
orqa
fonarlari unifikasiya qilingan va tuzilishi
bo‘yicha bir-biriga juda o‘xshash. MDX da
ishlab chiqilgan yuk avtomobillarida keng
tatbiq topgan FP130 belgili orqa signal
fonarining tuzilishi 5.23-rasmda keltirilgan.
Signal fonari plastmassadan tayyorlangan
korpus 4 va tarqatgich 3, lampa tutqich 2 va
lampalar 1 dan iborat. Signal fonari blokiga
burilish va tormozlanish xabarchilar, gabarit
chiroqlar
va
yorug‘lik
qaytargichlar
5.21-rasm. Bosh yoritish farasini
ichiga joylashtirilan gabarit chiroq:
1-bosh yoritsh lampasi, 2- gabarit
chiroq lampasi
5.22-rasm. Avtomobillarning
oldingi signal fonarlar bloki
5.23-rasm. Yuk avtomobillarining
orqa signal fonari
231
joylashtirilgan.
Chap
tomonga
joylashtiriladigan
(avtomobilga
orqa
tomondan qaralganda) signal fonari bloki,
avtomobilning davlat raqamini yoritish
lampasi o‘rnatiladigan bo‘linmaga ega.
Burilish va tormozlanish xabarchilari
joylashtirilgan bo‘linmalar nur qaytargich
bilan ta’minlangan, qolgan bo‘linmalar
linzali
optik
tizimga
ega.
Yoritish
lampalarining ishlash muddatiga vibrasion
yuklamalarning
ta’sirini
kamaytirish
maqsadida,
lampa
tutqichlar
maxsus
rezinali yumshatuvchi yostiqchalar orqali
mahkamlanadi. Orqa signal fonarlar bloki
gorizontal yoki vertikal holda o‘rnatilishi
mumkin.
Yorug‘lik-xabarchi asboblar konstruksiyasi tako-millashtirishning asosiy
yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- zarur yorug‘lik taqsimlanishni eng rasional usullar bilan ta’minlash;
- tashqi muhitning yoritilganligini hisobga olib, signal lampalarning yorug‘lik
kuchini keng doirada o‘zgartirish imkoniyatlarini ta’minlash;
-burilish va tormozlanish xabarchilaridagi fantom-effektni (yorqin quyosh
yorug‘ida, yoqilmagan chiroqni yoqilgan deb qabul qilish) bartaraf qilish.
Yorug‘lik qaytargichlar kechasi, yo‘lda chiroqlari o‘chirilgan holda turgan
transport vositasini belgilash uchun xizmat qiladi. Yorug‘lik qaytargichlar passiv
yorug‘lik-xabarchi asbob bo‘lib, u boshqa transport vositasi yoritish asboblaridan
tushgan yorug‘likni qaytarish hisobiga ishlaydi.
Avtomobillarda kub shaklidagi yorug‘lik qaytargichlar ishlatilib, ular uch
qirrali uyachadan iborat (5.24-rasm). Uyacha qirrasi yorug‘lik qaytargichning
ichki tomonida joylashgan qirralar orasidagi burchak 90
O
ni tashkil qiladi.
Bunday yorug‘lik qaytargichning asosiy elementi to‘g‘ri burchakli, uch qirrali
prizma bo‘lib, u o‘ziga tushgan yorug‘lik nurini yuqori samara bilan qaytarish
xususiyatiga ega. Yorug‘lik qaytargichning optik elementi plastmassadan maxsus
press-qoliplarda quyish yo‘li bilan tayyorlanib, uning tashqi tomoni silliq qilib
ishlanadi, ichki tomonida esa uch qirrali kubsimon uyachalar hosil qilinadi.
Tashqaridan tushayotgan yorug‘lik nuri optik elementni silliq tomonidan kiradi
va uyachaning qirralaridan uch karra qaytib, nur tushgan tomonga chiqib ketadi.
Yorug‘lik qaytargichlarning optik elementiga tushgan va qaytgan yorug‘lik nurlari
yo‘nalishi deyarli bir-biriga mos keladi. Bu xususiyat, yorug‘lik qaytargichlarga
kirayotgan nurning tushish burchagi
20
O
doirasida o‘zgarganda ham saqlanib
qoladi.
Yorug‘lik qaytargichlar, odatda, avtomobilning old va orqa tomoniga
joylashtiriladi. Uzunligi katta bo‘lgan avtobus va yuk avtomobillarining yon
tomoniga ham yorug‘lik qaytargichlar o‘rnatiladi. Avtomobilning orqa tomoniga
o‘rnatiladigan yorug‘lik qaytargichlar qizil rangda, yon tomonidagisi - to‘q sariq
5.24-rasm. Uch qirrali uyacha shaklida-
gi yorug’lik qaytargich
232
va old tomonidagilar - rangsiz bo‘ladi. Avtopoezdning orqa tomonini belgilash
uchun qizil rangli uch burchak yorug‘lik qaytargich ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |