G‘. N. Mahmudov


 YORUG‘LIK-XABARCHI  ASBOBLARI



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

5.6. YORUG‘LIK-XABARCHI  ASBOBLARI 
 
5.6.1.Umumiy ma’lumotlar 
 
    Harakat  xavfsizligini  oshirish  maqsadida  barcha  avtomobillar  va        boshqa 
transport  vositalari  xalqaro  (BMT  YEIK  qoidalari)  va  mamlakatimiz 
standartlariga  ko‘ra    belgilangan  tartibdagi  yorug‘lik-xabarchi  asboblar  bilan 
jihozlanishi  shart.  Yorug‘lik  xabarchilari  yo‘l  harakati    ishtirokchilarini  transport 
vositasi harakatining o‘zgarishi ( tormozlanishi, burilish, quvib o‘tish, to‘xtash va 
hokazo),  transport  vositasining  turi  va  uning  o‘lchamlari  haqidagi  ma’lumotlar 
bilan  ta’minlaydi.  Bu  ma’lumotlarni  uzatish  uchun  engil  va  yuk  avtomobillarda 
quyidagi yorug‘lik-xabarchi asboblarini o‘rnatilishi shart deb belgilangan: 
     - oldingi va orqadagi gabarit chiroqlari; 
     - oldingi, orqadagi va yondagi burilish yorug‘lik ko‘rsatkichlari; 
     - orqaga joylashtiriladigan yorug‘lik qaytargichlari; 
     - avtomobilning davlat raqamini yorituvchi fonar. 
    Tasdiqlangan  qoidalarga  asosan  ba’zi  toifadagi  avtomobillar  quyidagi 
qo‘shimcha yorug‘lik xabarchilar bilan jihozlanishi kerak: 
     - yuk avtomobillardagi kontur chiroqlari; 
     - avtopoezd va tirkamali avtomobillarni tanituvchi chiroqlar; 
     - chorrahalardan o‘tish ustunligini beruvchi maxsus chiroqlar. 
     Avtomobil  jihozlanishi  shart  bo‘lmagan,    lekin  o‘rnatishga  ruxsat  berilgan 
yorug‘lik-xabarchilar  toifasiga:    tumanga  qarshi  orqa  chiroq,    to‘xtab  turish 
chirog‘i,  qo‘shimcha  tormozlanish  xabarchisi,  yon  tomondagi  chiroqlar,    orqaga 
yurish fonari va boshqa shunga o‘xshash asboblar kiradi. 
     Yorug‘lik-xabarchilarining  ishlash  rejimiga  qarab  uzoq  va  qisqa  vaqt 
doirasida 
ishlovchi 
asboblarga 
(tormozlanish 
xabarchisi 
va 
burilish 
ko‘rsatgichlari) bo‘linadi. 
     Ishlatilish sharoitlari va ko‘rinish darajasiga ko‘ra yorug‘lik xabarchi asboblar 
faqat kechasi yoki ko‘rinish yaxshi bo‘lmagan hollarda ishlatiladigan (chegaraviy, 
kontur,  tanituvchi,  yon  chiroqlar)  va  doimiy  ishlatiladiganlar  (tormozlanish 
xabarchisi, burilish ko‘rsatgichlari va avariya signalizasiyasi) bo‘linada. 
     Yorug‘lik-xabarchi  asboblarining  bu  tarzda  bo‘linishi  ko‘rinish  shart 
sharoitlari  va  asboblarning  yorug‘lik  kuchi  bilan  belgilanadi.  Faqat    kechasi 
ishlatiladigan  asboblardagi  yorug‘lik  kuchi  2...12kd  doirasida  bo‘lsa  yetarli 
hisoblanadi.  Doimiy  ishlatiladigan  asboblarning  quyoshli  kunda  ham  yaxshi 


 
228 
ko‘rinishini ta’minlash  maqsadida ularning yorug‘lik kuchi 200...700kd doirasida 
bo‘lishi  kerak.    Bu  asboblarning  kuchli  yorug‘lik  kuchi  qorong‘ida  boshqa 
transport  vositalarining    haydovchilarini  ko‘zini  qamashtirishi  ham  mumkin. 
Yuqorida  keltirilgan  sabablarga  ko‘ra,  kechayu-kunduz  ishlatiladigan  yorug‘lik 
xabarchilarining optik tizimi ancha murakkab sxema bo‘yicha tayyorlanadi. 
 Avtomobillarda  o‘rnatiladigan  yorug‘lik-xabarchi  asboblarining  ko‘pligi, 
ularni taalluqli ranglar bilan ajratish zaruriyatini tug‘diradi. Ko‘pincha  yorug‘lik-
xabarchi  fonarlar  qizil,    to‘q  sariq,    oq  (rangsiz)  rangda  bo‘ladi,  ba’zi  hollarda 
yashil va zangori ranglar ham ishlatiladi. 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish