G‘. N. Mahmudov


 Startyorlarni boshqarish elektr sxemalari



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

 
2.5. Startyorlarni boshqarish elektr sxemalari 
 
   Ma’lumki  ichki  yonuv  dvigatellarining  ishga  tushirish  tizimlarida  startyor 
elektrmagnit  tortish  relesi  yordamida  masofadan,  ya’ni  haydovchi  kabinasidan 
turib  boshqariladi.  Dizel  dvigatellarida  bu  jarayon,    kontaktlari  tortish  relesining 
iste’mol  qiladigan  tok  ta’siriga  chidamli,  startyor  ulagichlari  yordamida  amalga 
oshiriladi.  Benzinli  dvigatellarda  esa  tortish  relesi,  ba’zan  bevosita  o‘t  oldirish 
kaliti  orqali  (kam  quvvatli  startyorlarda),  lekin  aksariyat    hollarda,  chulg‘amlari 
o‘t  oldirish  kaliti  orqali  ulangan 
qo‘shimcha  rele  vositasida  boshqariladi. 
Chunki, 
dvigatelni 
ishga 
tushirish 
jarayonida tortish relesining iste’mol toki 
30-40  A  ni  tashkil  qiladi  va  o‘t  oldirish 
kalitining  kontaktlari  bu  qiymatdagi 
toklar  bilan  ishlashga  mo‘ljallangan 
emas. 
   ВАЗ 
2101, 
2103, 
2106 
avtomobillarida 
o‘rnatilgan 
Ст221 
startyorlaridagi  bir  chulg‘amli  tortish 
relesi  bevosita  o‘t  oldirish  kaliti    orqali  
boshqarilish    usuliga  misol  bo‘la  oladi 
(2.17-rasm). 
Tortish 
 
relesining 
chulg‘ami   
TRCh 
,  o‘t  oldirish  kaliti 
    
2.17-rasm. СТ 221 startyorini boshqarish 
elektr sxemasi 


 
119 
O‘OK
    "startyor"  holatiga  buralganda  akkumulatorlar  batareyasi  bilan  ulanadi. 
Tortish  relesining  yakori  elektromagnit  maydon  ta’sirida    tortilib    pi-shang  
yordamida  yuritma shesternyasini  maxovikning  tishli  gardishi bilan  ilashtiradi  va 
harakat yo‘lining  oxirida  elektrodvigatel  "M"  ni  tok  manbaiga    ulaydigan  tortish 
relesining  kontaktlari 
TRK
  ni  tutashtiradi.  Elektrodvigatel  ishga  tushadi  va 
yuritma  mexanizmi  dvigatel  tirsakli  valini  aylantira  boshlaydi.  Dvigatel  ishga 
tushgandan keyin  
O‘OK
  "o‘t oldirish" holatiga o‘tkaziladi va tok zanjiri uzilgan 
tortish  relesining  yakori  va    yuritma    mexanizmi    prujina    ta’sirida    o‘zining 
dastlabki holatiga qaytadi. 
  Startyorlarda  ko‘pincha  dvigatelni  ishga  tushirish  jarayonida  akkumulatorlar  
batareyasi  energiyasini  tejash  imkonini  beradigan  ikki  chulg‘amli  (tortuvchi  - 
"TCH"
  va  ushlab  turuvchi  - 
"UTCh"
)  tortish  relelari  ishlatiladi.  Ikki  chulg‘amli 
tortish  relesining  ishlashi  2.18-rasmda  tasvirlangan.  O‘t  oldirish  kaliti  ulanib, 
qo‘shimcha  rele  kontaktlari  -
QRK
  tutashganda,  akkumulatorlar  batareyasidan 
keladigan tok ikkita chulg‘am -  
UTCh
  va  
TCH
  dan o‘tadi (2.18-a rasm). Bu ikki 
chulg‘am  hosil  kilgan  elektromagnit  maydoni  ta’sirida  tortish  relesining  yakori 
tortilib, pishang vositasida yuritma mexanizmini harakatga keltirib, shesternya va 
maxovikni  tishli  gardishini  ilashishini  ta’minlaydi.  Yakor  harakatining  oxirida, 
o‘zining    ikkinchi  uchidagi  kontaktli  lappak  yordamida  tortish  relesining  asosiy 
kontaktlari 
TRK
    ni    tutashtiradi    va  tok  manbaini  bevosita  elektrodvigatel 
chulg‘amlariga ulaydi (2.18-b rasm). 
  Tortish  chulg‘ami  - 
TCH
    sxemaga  shunday  ulanganki,   
TRK
    tutashishi  bilan  
TCH
  shuntlanadi,  chunki  dvigatelni  ishga  tushirish  jarayonining  bu  bosqichida  
tortish    rele  kontaktlarini  tutash  holda  saqlab  turish  uchun  ushlab  turuvchi 
chulg‘am magnit maydonining tortish kuchi etarli bo‘ladi. 
  Dvigatel  ishga  tushgandan  keyin,  qo‘shimcha  rele  kontaktlari 
QRK
  uziladi  va 
tok, tortish relesining kontaktlari 
TRK

TCH
 va 
UTCh
 chulg‘amlari orqali ketma-
ket  o‘tadi  (2.18-c  rasm).  Bunda 
UTCh
  chulg‘amdan  o‘tayotgan  tok  yo‘nalishi 
oldingiday  bo‘lsa, 
TCH
  dan  tok  teskari  yo‘nalishda  o‘tadi.  Har  ikkala 
chulg‘amdagi  o‘ramlar  soni  va  ulardan  o‘tayotgan  tok bir  xil  bo‘lganligi  sababli 
bu  chulg‘amlarning  magnit  yurituvchi  kuchlar  yig‘indisi  nolga  teng  bo‘ladi. 
       2.18-rasm. Startyorlarning ikki chulg‘amli elektromagnit tortish  relesining 
ishlash prinsipi 
a  -  qo‘shimcha  rele  ulangan  hol;  b  -  tortish  relesining  asosiy  kontaklari  ulangan  hol;  c  - 
qo‘shimcha rele kontaktlari uzilgan hol. 
 


 
120 
Natijada,    rele  elektromagniti  magnitsizlanadi,  qaytarish  prujinasi  rele  yakorini 
dastlabki holiga qaytarib rele kontaktlari 
TRK
  ni uzadi va yuritma mexanizmining 
pishangiga ta’sir ko‘rsatib, shesternyani ilashishdan chiqaradi. 
 Dvigatel  ishga  tushgandan  keyin  startyorni  tasodifan  yana  tok  manbaiga  ulash,  
yuritma  shesternyasi  va  maxovik  gardishining  tishlarini  shikastlanishiga  yoki 
erkin  yurish  muftasini  ishdan  chiqishga  olib  kelishi    mumkin.    Dvigatel  ishga 
tushgandan    keyin    bexos    startyorni    qayta  ulanishini  oldini  olish  uchun  maxsus 
blokirovka  relelari  ishlatiladi.  Bu  relega  ta’sir  qilish  uchun  dvigatel  to‘la  ishga 
tushganligi  xaqidagi  signal  har  xil  datchiqlardan  kelishi  mumkin.  Masalan,  bu 
maqsadda  tirsakli  valning  aylanishlar  chastotasini,  dvigatelni  moylash 
sistemasidagi  moy  bosimini  yoki  generatorni  kuchlanishini    nominal  qiymatga 
erishganligini qayd kiluvchi datchiklar ishlatilishi mumkin. 
   БелАЗ  (Belorus),  KaмAЗ,  Урал  (Rossiya)  avtomobillarida  qo‘llanilgan 
dvigatel  ishga  tushgandan  keyin  startyor  tok  zanjirini    avtomatik  ravishda  uzib, 
uni  blokirovka  qiladigan  sistemaning  elektr  sxemasi  2.19-rasmda  keltirilgan. 
Sistema tarkibiga boshqarish elektron bloki  va tirsakli  valni aylanish chastotasini 
qayd  qiluvchi  datchik  (taxometr)  kiradi.  Boshqarish  bloki    startyor  o‘chirilishi 
lozim  bo‘lgan  aylanishlar  chastotasiga  rostlab  qo‘yilgan.  Tirsakli  valning 
aylanishlar  chastotasi  belgilangan  qiymatga  erishganda  datchikdan  kelgan  signal 
ta’sirida  boshqarish  bloki  tortish  relesining  tok  zanjirini  uzadi  va  startyorni 
o‘chiradi. 
  Almashlab ulagich S ning "КЗ" holatida, VT2 va VT3 tranzistorlardan tash-kil 
topgan  trigger  o‘zining  boshlang‘ich  turg‘un  holatida  bo‘ladi,    ya’ni  VT2  yopiq,  
VT3  esa  ochiq  bo‘ladi.  Almashlab  ulagich  S  "СТ"  (ishga  tushirish)  holatiga 
o‘tkazilganda startyorni ulash relesidagi KV1  chulg‘amiga tok uzatiladi va uning 
KV1.1  kontaktlari  tutashib,  startyorni  ishga  tushiradi.  Aylanish  chastotasi 
datchigining    musbat  qutbli  impulslari    VT1    tranzistor    va    VD2,  VD3  
stabilitronlardan  tashkil  topgan  shakllantirgichga  uzatiladi.  VT1  tranzistor 
2.19-rasm. Dvigatel ishga tushgandan keyin, startyorni avtomatik o‘chirishning 
elektr sxemasi 
 


 
121 
kollektoridan    VD2  va  VD3  stabilitronlar  yordamida  amplitudasi  cheklangan 
impulslar  kondensatorlar  S5,  S6,  rezistorlar  R8,  R9  va  diodlar  VD5,  VD6  dan 
tashkil  topgan  o‘zgartirgichga  keladi.  Tirsakli  valning  aylanish  chastotasi 
belgilangan  qiymatga  erishganda  (ya’ni,  dvigatel  to‘la  ishga  tushganda) 
o‘zgartirgichning  chiqish  joyidagi  kuchlanish    VD7    stabilitron  ochilishi    uchun 
etarli bo‘ladi.  Stabilitron  VD7 ning ochilishi triggerni  ikkinchi turg‘un holatiga 
o‘tkazadi. Bunda VT2 tranzistor ochiladi, VT3 esa yopiladi va  KV1  relening tok 
zanjiri uziladi, startyor o‘chiriladi. 
   Endi,  statyorni  qayta  ishga  tushirish  uchun  almashlab  ulagich  -  S  dastlabki 
holatiga  qaytarilishi  kerak.  Termorezistor  R7  va  unga  parallel  ulangan  qarshilik 
R6,    diod  VD4  atrof  muhit  temperaturasiga    qarab,  startyor  o‘chirilishi  lozim 
bo‘lgan  aylanishlar  chastotasi  qiymatini  o‘zgartirish  (odatda  qishda  va    yozda)  
imkonini    beradi.  Sistemaning  boshqa  elementlari  sxema  barqaror  ishlashini 
ta’minlash uchun xizmat qiladi. 
 
2.6. 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish