G‘. N. Mahmudov



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

1  -  rolik;    2  -  Г-simon  turtkich;    3  -  rolikni  bosuvchi    prujina;    4    -  vtulkalar;    5  -  
yetaklanuvchi  halqa  bilan  birga  ishlangan  shesternya;    6  -  mufta  qobig‘i;  7  -  namat 
zichlagich;  8  -  tirkalish  shaybasi;  9  -  prujinaning  tutqichi;    10  -  shlisli  vtulka  bilan  birga 
ishlangan  yetakchi halqa;  11 - markazlashtiruvchi halqa;  12,17 - tayanch pallalari;  13 - 
bufer  prujinasi; 14 -  yetaklash muftasi; 15,18 - qulflash halqalari; 16 - prujina. 
 


 
113 
ga ta’sir qiladi. Qulflovchi halqa 15 ikkita yarim muftani dastlabki holatda ushlab 
turadi. Plunjersiz rolikli mufta, plunjerli mufta kabi ishlaydi. 
  
 
 Dvigatelni  ishga    tushirish  jarayonida  startyor  elementlari  quyidagicha  ishlaydi 
(2.6-rasmga qarang). Tortish relesi chulg‘amlari 3 magnit maydon ta’sirida uning 
yakori  4  tortilib  pishang  7  va  u  bilan  bog‘langan    yetaklash  muftasi  14    ni  
harakatga    keltiradi.  Bunda  yuritma  shesternyasi  11  ham  shlisa  bo‘ylab 
harakatlanib,  maxovikning  tishli  gardishi  bilan  ilashadi.    Tortish  relesining  
qo‘zg‘aluvchi  kontakti    «akkumulatorlar    batareyasi    -  startyor  chulg‘amlari" 
elektr  zanjirini  ulaydi  va  yakor  aylana  boshlaydi.  Agar  shesternyaning  tishi 
maxovik  gardishining  tishlariga  to‘g‘ri  kelmasdan,  ilashish  sodir  bo‘lmasa,  ya’ni 
shesternya  maxovik  gardishiga  "tiralib"  qolsa,  pishang  7,    yetaklash  mufta  14 
orqali  prujina  13  ni  siqib  harakatni  davom  ettiraveradi.  Tortish  relesining  asosiy 
kontaktlari  1  ulanib,  yakor  aylana  boshlagandan  keyin  shesternya  ham  buralib,  
uning tishlari  maxovik  gardishi  tishlari orasidagi botiqlikka to‘g‘ri  kelishi  bilan  
prujina  13 ning bosim kuchi ta’sirida ilashish sodir bo‘ladi. 
  Yuqorida  ta’kidlanganidek,  quvvati  5-6  kVt  dan  yuqori  bo‘lgan  startyorlarda 
rolikli  muftalar  ishonchli  ishlamaydi.  Shu  sababli  ular  uchun  maxsus  tuzilishga 
ega bo‘lgan yuritma mexanizmlari ishlab chiqilgan. 2.13-rasmda dizel dvigatellari  
2.12-rasm. Ст142  belgili  startyor: 
1–rezinali zichlagich; 2–oraliq tayanch (podshipnik bilan); 3–belbog‘; 4–yakor; 5–qobiq; 6–kollektor 
tomondagi  qopqoq;  7–kollektor;  8–cho‘tkatutqich  traversasini  mahkamlash  bolti;  9–kollektor 
tomondagi  podshipnik;  10–namatli  fils;  11–cho‘tkatutqich  traversalari;  12–cho‘tkalar;  13–uyg‘otish 
chulg‘ami; 14–ulovchi shinalar; 15–asosiy qisqichlar; 16–tortish relesining qisqichi; 17–lappaksimon 
kontakt;  18–  tortuvchi  chulg‘am;  19–  ushlab  turuvchi  chulg‘am;  20–qaytarish  prujinasi;  21–tortish 
relesining  yakori;  22–rezinali  silfon;  23–yuritma  pishangi;  24–ekssentrik  o‘q;  25–xrapovikli  erkin 
yurish  muftasi;  26–shesternya;  27–  yuritma  tomonidagi  qopqoq;  28–yuritma  tomondagi  podshipnik; 
29–tirkalish halqasi. 
 


 
114 
uchun  mo‘ljallangan  Ст-142    belgili  
startyorlarning    xrapovikli    erkin 
yurish muftasi ko‘rsatilgan.   
  Xrapovikli  erkin  yurish  muftasi  
quyidagi    qismlardan    iborat:  qobiq 
11,  yetaklovchi 8 va  yetaklanuvchi 6 
xrapoviklar,  yuritma  shesternyasi  2, 
prujina  10,  shlisli  yo‘naltiruvchi 
vtulka 12,  yetakchi va  yetaklanuvchi  
xrapoviklarni 
bir-biridan 
ajratib, 
ushlab  turish  uchun  xizmat  qiladigan 
konusli  vtulka 7,  tekstolit segmentlar  
3    va  yo‘naltiruvchi  shtiftlar  4  dan 
tashkil  topgan  markazdan  qochma 
mexanizm. 
  Tortish  relesi  chulg‘amlari  tok 
manbaiga  ulanganda,  uning  yakori 
yuritma  pishangi  va  mufta  qobig‘i  11 
orqali  xrapoviklar  6  va  8    o‘rnatilgan 
yo‘naltiruvchi  mufta  12  ni  valdagi 
shlisa 
bo‘ylab 
harakatlantirib, 
shesternya  2  ni  maxovikning  tishli 
gardishi  bilan  ilashtiradi.  Yuritma  shesternyasi  harakatining  oxirida  tortish 
relesining kontaktlari ulanadi va yakor vali aylana boshlaydi. Bunda aylantiruvchi 
moment  shlisali  vtulka  12,    yetakchi  8  va    yetaklanuvchi  6  xrapoviklar  orqali 
shesternya  2  ga  va  undan  maxovikning  tishli  gardishiga  uzatiladi.  Aylantiruvchi 
momentni  uzatish  jarayonida  vtulka  12  ning  tashqi  va    yetakchi  xrapovikning 
ichki  ko‘p  kirimli  tasmasimon  rezbasining  o‘qi  bo‘ylab  hosil  bo‘ladigan 
kuchlanishni prujina 10 orqali rezinali yumshatish xalqasi 14 qabul qiladi. 
  Agar  ilashish  jarayonida  shesternya  tishi  maxovik  gardishi  tishlari  orasidagi 
botiqlikka to‘g‘ri kelmasdan qadalib qolsa, yuritma pishangining ta’sirida prujina 
10  siqiladi  va    yetakchi  xrapovik  8  vtulka  12  ning  ko‘p    kirimli    tasmasimon 
tashqi  rezbasi  bo‘ylab  harakatni  davom  ettirib,  tishlari  bilan    yetaklanuvchi 
xrapovikni va u bilan birga ishlangan shesternyani  ilashish uchun  zarur bo‘lgan 
burchakka  (30
0
  gacha)  buradi.  Dvigatel  ishga  tushgandan  so‘ng  shesternya  va  
yetaklanuvchi  xrapovikning    aylanish  chastotasi  yakor  vali  va  yo‘naltiruvchi 
vtulkanikidan  ancha  yuqori  bo‘ladi.  Shuning  uchun,    yetakchi  xrapovik  8  vtulka 
12    ning    ko‘p  kirimli  rezbasi  bo‘ylab  harakatlanib,    yetaklanuvchi  xrapovikdan 
ajraladi  va  yuritma  shesternyasi  salt  holda  aylana  boshlaydi.  Konusli    vtulka  7  
yetakchi  xrapovik bilan birgalikda surilib, shtiftlar 4 vositasida tez  aylanayotgan  
yetaklanuvchi  xrapovik  bilan  bog‘langan  tekstolit  segmentlar  3  ni  bo‘shatadi. 
Natijada,  markazdan  qochma  kuch  ta’sirida  segmentlar  shtiftlar  bo‘ylab  radial 
yo‘nalishda  harakatlanib  ikkala  yarim  muftani  ajralgan  holda  qotirib  qo‘yadi  va 
xrapovik  tishlarini  shikastlanishdan  va    yeyilishdan  saqlaydi.  Startyor    tor-tish 
relesining  zanjiri  uzilgandan  keyingina  yuritma  shesternyasi  maxovikning  tishli 
   
2.13-rasm. Xrapovikli erkin yurish   
muftasi 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish