G‘. M. Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar



Download 3,32 Mb.
bet84/142
Sana14.07.2022
Hajmi3,32 Mb.
#798232
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   142
Bog'liq
MILLIY IQTISODIYOTDA AXBOROT TIZIMLAR VA TEXNOLOGIYALAR

Ikkinchidan, keng aholi vakillari o‘rtasida tashabbus amalga oshiriladi, bu tashabbus qarorlar qabul qilishga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Bunda fuqarolar qabul qilinishi rejalashtirilayotgan normativ- huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan o‘z fikr va mulohazalari bilan bevosita ishtirok etishadi.
Uchinchidan, fuqarolar o‘z faolliklarini bevosita davlat organlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabatga kirishmagan holda hamda xarajatlarni minimallashtirgan holda amalga oshirishadi. Ushbu omil ta’sirida davlat organlarida sarf harajatlari kamayadi va davlat budjeti mablag‘lari tejaladi.
To‘rtinchidan, “e-hukumat” vositasida jamoat nazorati o‘rnatiladi, ya’ni davlat organlari faoliyati ustidan keng omma, shu jumladan, hokimiyatning bir tarmog‘i ustidan boshqa hokimyati tarmog‘i nazorati o‘rnatiladi. Bu bilan faqatgina jamoat nazoratigina emas, shu bilan birgalikda hokimiyatlarning “bir-birini tiyish” prinsipi amalga oshiriladi. Beshinchidan, Fuqarolarning axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasi va ko‘lami, shuningdek, ularning axborot
texnologiyalaridan foydalanish savodxonligi ortadi.
Oltinchidan, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi dialogni ta’minlovchi yagona makon vujudga keladi.
Mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirish uchun alohida e’tibor qaratilgan. Dastlab, 2003-yil 11-dekabrda “Axborotlashtirish to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan. Mazkur qonunda axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining, sohani davlat tomonidan tartibga solinishi, sohadagi maxsus vakolatli organlar, axborot resurslari va axborot tizinmini himoya qilishning huquqiy asoslari mustahkamlangan. Ushbu qonundan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy axborot-kommuniatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 1730 - sonli Qarori, 2012-yil 30-dekabrda “Interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatishni hisobga olgan holda internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” 378-sonli Vazirlar Mahkamasining Qarori qabul qilingan. Ushbu qarorda Yagona interakiv davlat xizmatlari portalini ishiga tushurish vazifasi belgilangan hamda
portal nizomi tasdiqlangan. Biroq “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonun mavjud emas edi. 2015-yil 9-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi o‘ziga xos harakterga ega, ya’ni avvalo, elektron hukumat tashkil etish masalalari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tartibga solishga qaratilgan qonunosti hujjatlar qabul qilinib, keyinchalik Qonun qabul qilingan. Shu o‘rinda shuni ta’kidlash kerakki, Amerika Qo‘shma Shtatlarida ushbu jaayon “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilinishidan so‘ng boshlangan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotning Iqtisodiy va Ijtimoiy ishlar bo‘yicha departamenti (United Nations Department of Economic and Social Affairs ”UNDESA”) Davlat boshqaruvi va Boshqaruvni rivojlantirish bo‘limi (Division Public Adminstration and Development Management “DPADM”) orqali har ikki yilda “United Nations E- Government Survey”jurnalni chop etadi.Unda tashkilotga a’zo barcha mamlakatlarda “e-hukumat” tiziminig rivojlanish darajasi tadqiq etilgan va a’zo davlatlar reytingi keltirilgan. Matematik jihatdan e-hukumat rivojlanish indeksini hisoblash uchta eng muhim yo‘nalish: onlayn xizmatlarning ko‘lami va sifati, (Online Servis Index, “OSI”), telekommunikatsion infrastrukturaning rivojlanish holati (Telecomunication Infrastucture Index, “TII”) va inson kapitali indeksi (Human Capital Index, “HCI”) orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonuni sohani izchil rivojlantirish, muvofiqlashtirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xizmatlaridan foydalanish, murojaat qilishda, o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish va faoliyatning boshqa qator sohalarida aholiga qulayliklar yaratishdagi munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


Elektron hukumat deganda, fuqaro, korxona va tashkilotlarga, hukumat idoralarining turli pog‘onalariga va davlat amaldorlariga davlat xizmatlarini taqdim qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish tushuniladi.
Elektron hukumat davlat boshqaruvida elektron hujjat almashinuvini ta’minlaydi. O‘z navbatida, elektron hujjat aylanishi bu - hujjatni skanerlab, uni elektron pochta orqali yuborish, degani emasligini yodda to‘tish lozim.
Elektron hukumat aholiga va korxona-tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi. Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorligini oshiradi, davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi.
Ijtimoiy soha va iqtisodiyotning turli sohalarini boshqarish, rivojlantirish va samaradorligini orttirish maqsadida, sohaga axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish - bugungi zamon talabi bo‘lgan dolzarb masaladir. Bunday sharoitda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kuchli potensialidan nafaqat ijtimoiy yoki iqtisodiy sohalar, balki, siyosiy sohada ham foydalanish, uni davlat boshqaruvi, davlat va jamiyat munosabatlari hamda, fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish kabi muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda qo‘llaniladi.
Xususan, «Elektron hukumat» so‘zining ingliz tilidagi muqobili -
«Electronic Government» so‘zi, ko‘pchilik o‘ylagani singari hukumat, ya’ni, davlat boshqaruvining, ijro etuvchi markaziy hokimiyat tushunchasigagina taalluqli emas, balki kengroq ma’noda bo‘lib, ya’ni, u

  • davlat boshqaruvi organlarining o‘z funksiyalarini amalga oshirishda axborot kommunikatsiya vositalari potensialidan keng foydalanishini nazarda tutadi. Ya’ni, hukumat organlari va davlat tashkilotlari faoliyatining samaradorligini yanada orttirish orqali fuqarolarga va tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini interfaol usulda, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari orqali xizmat ko‘rsatish nazarda tutiladi.

O‘zbekiston Respublikasi “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonuniga binoan Elektron hukumat - bu davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy- huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimidir.
Elektron hukumat tizimiga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:

    • Jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarining yuqori sifat darajasida tezkor ravishda, yagona standartlar asosida ko‘rsatilishi;

    • Davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda, fuqarolarning davlat hokimiyati organlarining faoliyatiga oid axborotlar bilan uzluksiz ta’minlanishi;

    • Davlat hokimiyatining ichki strukturalarida, hukumat organlarining turli bo‘g‘inlarida, tashkilot va muassasalarda idoralararo ichki munosabatlarda samaradorlikning ortishi;

    • Geografik faktor; hujjat aylanishi va almashinuvi kabilarda sarf- xarajatlarni minimallashtirish. Elektron hujjat almashinuvi tizimini joriy etish.

Mazkur konsepsiyalarning amaliyotda o‘z aksini topishi natijasida, davlat va jamiyat munosabatlarida, davlat boshqaruvi ichki strukturalarida quyidagicha samaradorlik va qulayliklarga erishish maqsad qilinadi:
Fuqarolarga va tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarida samaradorlik ortadi, ya’ni, fuqaro davlat idorasiga ariza, shikoyat yoki taklif bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, elektron shaklda murojaat etishi va javob olishi mumkin bo‘ladi. Davlat xizmatlaridan foydalanishda tayyor hujjat shakllarini (blankalarni) on-layn to‘ldirish va topshirish, zaruriy ma’lumotnoma, ruxsatnoma va boshqa hujjatlarni on-layn tarzda shakllantirib, yuklab olishi, chop etishi kabi interaktiv xizmatlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Standartlashtirilgan va avtomatlashtirilgan interaktiv xizmatlardan foydalangan holda, yuridik shaxs, o‘zi uchun zaruriy davlat xizmatlarida on-layn foydalanishi imkoni paydo bo‘ladi. Masalan, yuridik shaxs, o‘z faoliyatini yuritish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziya, patent, bojxona ko‘rigi kabi) olishi yoki, davlat organlariga hisobot (masalan soliq deklaratsiyalari) topshirishi uchun tegishli portaldan foydalanib, tezkor va qulay ravishda ko‘zlangan maqsadga erishishi mumkin. Bunda to‘lovlarni ham on-layn usulda, internet banking yoki SMS-banking kabi xizmatlardan foydalanib amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Davlat boshqaruvi ichki strukturasi – vazirliklar, idoralar, tashkilot va muassasalar, markaziy, hududiy va mahalliy hokimiyatlar, orasida elektron hujjat almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. Idoralararo munosabatlarda yaxlit interaktiv axborot tizimini qo‘llash orqali, o‘zaro aloqa va ichki monitoring tizimi shaffoflanadi.
Bulardan tashqari, elektron hukumatni joriy qilish orqali iqtisodiy va ijtimoiy foydalalarga erishilishi mumkin, masalan, 1) elektron hujjat almashinuvi tufayli, qog‘oz iste’moli qisqaradi, ya’ni qog‘oz mahsuloti tejaladi; 2) hujjat almashinuv tizimida vaqt tejaladi, ya’ni elektron hujjat axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali yuborilganda, mazkur hujjat shu lahzaning o‘zidayoq belgilangan manzilda bo‘ladi.; 3) Davlat idorasiga murojaat etuvchi fuqaro, dastlabki zaruriy hujjatlarni to‘plamini
yoki murojaatnomani bir marotaba shakllantirib, kerakli manzilga yo‘llaydi, murojaatni ko‘rib chiqish va unga munosabat bildirishning keyingi bosqichlari maxsus semantik tizim asosida, avtomatlashtirilgan ko‘rinishda, murojaat etuvchining ishtirokisiz amalga oshadi, ya’ni, murojaat etuvchi fuqaro, zaruriy hujjatlar to‘plamini, yoki, murojaatnomani ko‘tarib, idorama-idora sarson bo‘lib yurishi zarur bo‘lmaydi, bu orqali, vaqt, transport va boshqa turdagi xarajatlarni oldi olinadi. Bunday murojaatni ko‘rib chiqishi va unga javob berishi zarur bo‘lgan idoraning mazkur murojaatga nisbatan munosabati yuqori tashkilot tomonidan nazorat qilib turiladi, agar tegishli idora qonunda belgilangan muddatda murojaatni ko‘rib chiqmasa yoki unga javob bermasa, yuqori davlat tashkiloti tomonidan chora ko‘rilishi mumkin bo‘ladi. Murojaatni ko‘rib chiqish jarayoni qaysi bosqichga yetgani haqida fuqaro maxsus axborot kommunikatsiya vositalari, masalan, elektron pochta yoki SMS orqali xabardor bo‘lib turishi imkoniyati yaratiladi.
Ilm-fan va texnikaning barcha yo‘nalishi kabi axborot- kommunikatsiya texnologiyalari sohasi ham tinimsiz rivojlanishda ekanligini nazarda tutsak, elektron hukumat tizimi ham mazkur sohaning keyingi yangi yutuqlarini o‘zida joriy etish orqali yanada takomillashib, mukammallashib borishi tabiiy.
Gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali. O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali Internetning global kompyuter tarmog‘idagi asosiy va rasmiy davlat axborot resursi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalining tashkil etilishi va qo‘llab - quvvatlanishi, O‘zbekiston Respublikasining
«Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi va «Axborotlashtirish to‘g‘risida» gi qonunlari, Kompyuterlashtirish va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashning tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari rejasiga muvofiq amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali davlat hokimiyati organlari faoliyatining funksional jarayon va tartibini qo‘llab- quvvatlovchi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining elektron hamjihatlik infratuzilmasining tizimini tashkil etuvchi qism hisoblanadi.


Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish