Kichik korxonalarda BuAT tashkil etishda buxgalteriya hisobi avtomatlashuviga bir necha yondashuvlar mavjud.
Buning sababi kichik korxonalar oddiy, kuchsiz rivojlangan tuzilishga ega, shuning uchun alohida tizimcha sifatida boshqaruv hisobini talab qilmaydi.
Birinchiyondashuvfaqatgina moliyaviy hisobotni avtomatlashtiradigan tizimni yaratadi. Ushbu BuAT mini-buxgalteriya sifatida tasniflanadi. Odatda bu tizimda buxgalteriya hisobi bir kishi tomonidan - buxgalter tomonidan amalga oshiriladi.
Ikkinchiyondashuvda, moliya hisobidan tashqari, boshqaruv hisobi ham qisman avtomatlashtirilgan. Bunday holda, buxgalteriya ikki xodim (buxgalter va uning yordamchi) tomonlaridan amalga oshiriladi.
Uchinchi yondashuv bilan moliyaviy va boshqaruv hisoblari to‘liq avtomatlashtirishga erishiladi. Bunday tizimda katta miqdordagi axborotni qayta ishlash uchun ko‘p foydalanuvchilar rejimi qo‘llaniladi. Bir nechta kompyuterlar mahalliy tarmoqqa birlashtiriladi va har bir kompyuter buxgalterni alohida ish joyi sifatida qaraladi.
Yondashuvni tanlash korxona turiga va uning hajmiga bog‘liq. Kichik korxonalarda asosiy e’tibor moliyaviy hisobga beriladi. Moliyaviy hisob ma’lumotlarini sintez va umumlashtirishga yo‘naltirilgan.
Ushbu sinf dasturlarida amalga oshiriladigan vazifalar to‘plami cheklangan.
Mini-buxgalteriyatizimlar bir qator asosiy hujjatlar va hisobot shakllarini tuzishga imkon beradi. Ular bir-uch kishilik buxgalteriya uchun mo‘ljallangan.
Integratsiyalashganbuxgalteriyatizimlarifoydalanuvchilarga ko‘proq imkoniyatlarni taqdim etadi va korxona barcha asosiy bo‘limlarni
hisobga olishni ta’minlaydi. Ularning ajralib turadigan xususiyati – ma’lumotlar bazasini birlashtiradigan bir nechta kompyuterlarda buxgalteriya hisobi tashkil etish imkoniyati bo‘lib, ular asosida hisobot yaratiladi. Integratsiyalashgan buxgalteriya tizimlari mahalliy tarmoqdagi ishlarni tashkil qilish imkonini beradi.
- rasm. Buxgalteriya hisobiga mo‘ljallangan dastur sifnlari
Buxgalteriya ofis sinfining dasturlari analitik vazifalarni hal qilish, mahsulotni sotishni optimallashtirish, xom ashyo xaridlarini boshqarish, korxonada ofis ishlarini tashkil etish vazifalar bajarishini ta’minlaydi.
Xalqarotizimlarbuxgalteriya - ofis dasturlari kabi nafaqat an’anaviy buxgalteriya hisobi tashkil etishning keng imkoniyatlarini ta’minlaydi, balki loyihalarni boshqarish, tovarlarni (xizmatlarni) xarid qilish va sotish imkonini beradi.