Texnik xodimning avtomatlashtirilgan ish joyi bajaradigan kundalik ishlarni avtomatlashtirishga imkon beradi:
ma’lumotlarni kiritish;
arxivlarni saqlash va kartotekani olib borish;
kiruvchi va chiquvchi hujjatlarni qayta ishlash;
rahbarning kunlik shaxsiy rejasini nazorat qilish va h.k.
Avtomatlashtirilgan ish joylarini tuzilishi Avtomatlashtirilgan ish joylarini asosiy qismlari Avtomatlashtirilgan ish joylari (AIJ) muayyan obyekt bo‘yicha
ma’lumotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish imkonini beruvchi axborot, dasturiy va texnik resurslar ta’minoti majmuasi sifatida ifodalash mumkin (6.2.4. -rasm.):
-
Texnikaviy ta’minoti
|
|
Dasturiy ta’minoti
|
|
Axborot ta’minoti
|
|
Matematik ta’minoti
|
|
|
|
|
|
Avtomatlashtirilgan ish joyi
|
|
|
|
|
|
|
Tashkiliy ta’minoti
|
|
Huquqiy ta’minoti
|
|
Lingvistik ta’minoti
|
|
Ergonomik ta’minoti
|
6.2.4.- rasm
Avtomatlashtirilgan ish joylarini texnikaviy ta’minoti kompyuter, aloqa va ofis uskunalarini o‘z ichiga oladi.
Avtomatlashtirilgan ish joylarini dasturiy ta’minoti (tizim va dasturlar) yaxshi ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak, chunki avtomatlashtirilgan ish joylar dasturlash sohasida mutaxassis bo‘lmagan xodimlar ishi uchun mo‘ljallangan. Muayyan foydalanuvchining avtomatlashtirilgan ish joyining asosiy o'ziga xos xususiyati - amaliy dasturlar paketlarni (ADP) foydalanish, ish jarayonida axborotni qayta ishlash uchun standart texnologik operasiyalarni amalga oshirish.
Avtomatlashtirilgan ish joyini axborot ta’minoti. Avtomatlashtirilgan ish joy axborot asoslarini ushbu ish joyida ishlash uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlar va tezkor axborotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazalaridir. Axborotning eng muhim turlaridan biri iqtisodiy axborotdir. Iqtisodiy axborot moddiy boyliklar va xizmatlar ishlab chiqarish, tarqatish, almashish va iste’mol qilish jarayonlarida kuzatiladi. Ularning katta qismi ijtimoiy ishlab chiqarish bilan bog‘liq va ishlab chiqarish haqida ma’lumot bo‘lishi mumkin.
Axborot bilan ishlashda doimo uning manbasi va iste’molchi (oluvchi) bor. Axborot manbalaridan uning iste’molchisiga xabarlarni
uzatishni ta’minlaydigan usul va jarayonlar axborot kommunikatsiya
vositalari deb ataladi.
Avtomatlashtirilgan ish joyining matematik ta’minoti - bu axborotni shakllantirishni ta’minlovchi algoritmlar to‘plami.
Matematik ta’minotini vositalari quyidagilardan iborat:
Boshqaruv jarayonlarini modellashtirish vositalari;
Ananaviy boshqaruv vazifalari;
Matematik dasturlash usullari;
Matematik statistika usullari.
Avtomatlashtirilgan ish joyini tashkiliy ta’minoti, kompyuterni qo‘llagan holda mutaxassislarning faoliyatini tartibga soluvchi va har bir mutaxassisning vazifalarini aniqlaydigan hujjatlar majmuasi.
Mutaxassis tomonidan avtomatlashtirilgan ish joyida quyidagi operatsiyalar bajariladi:
klaviatura yordamida hujjat ma’lumotlarini kiritish (displey ekranida vizual nazorati bilan);
kompyuterga axborot tashuvchilaridan va boshqa avtomatlashtirilgan ish joylaridan ma’lumotlarni kiritish;
mahalliy kompyuter tarmoqlarining ishlash sharoitida boshqa avtomatlashtirilgan ish joylaridan aloqa kanallari orqali xabarlar shaklida ma’lumotlarni olish;
ma’lumotlarni tahrir qilish qilish;
ma’lumotlarni to‘plash va saqlash;
qidirish, yangilash va ma’lumotlarni muhofaza qilish;
olingan ma’lumotlarning ekranga, bosmaga, axborot tashuvchiga, shuningdek, foydalanuvchi uchun turli xil yo‘l-yo‘riq xabarlarini chiqarish;
boshqa avtomatlashtirilgan ish joylarga axborot tashuvchilaridan yoki kompyuter tarmoqli aloqa kanallari orqali fayllar shaklida ma’lumotlarni uzatish;
so‘rovlar bo‘yicha tezkor axborot olish.
Avtomatlashtirilgan ish joyini huquqiy ta’minoti - avtomatlashtirilgan ish joyiga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislarning huquqlari va majburiyatlarini aniqlaydigan huquqiy hujjatlar tizimi.
Avtomatlashtirilgan ish joyining lingvistik ta’minoti foydalanuvchi bilan aloqa qilish tillari, so‘rovlar tillari, axborot izlash tillari, tarmoqlarda vositachilik tillarini o‘z ichiga oladi. Til vositalari AIJ foydalanuvchining va qurilmaning kompyuterda ishlashidagi muayyan semantik yozishmalarini ta’minlaydi.
Avtomatlashtirilgan ish joyini ergonomik ta’minoti, muayyan sohadagi mutaxassislar tomonidan avtomatlashtirilgan ish joyini ishlatish uchun eng qulay sharoitlarni ta’minlaydigan chora-tadbirlar majmuyi. Ergonomik qo‘llab-quvvatlashning asosiy maqsadi - foydalanuvchilarning - buxgalterlar, iqtisodchilar, moliyachilarning ko‘p foydalanuvchilar iqtisodiy axborot tizimi sharoitida texnik va dasturiy vositalarni optimallashtirish, jarayonlarni va mutaxassislar uchun qulay sharoitlarni yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |