Elektromexanik mashinalar davri. Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo‘l kuchi bilan harakatga keltirilar edi. Mana shu vazifani elektr energiyasi yordamida amalga oshiruvchi hisoblash mashinalarining yaratilishi elektromexanik hisoblash mashinalar davrini boshlab berdi.
Elektrmexaniq davr 1887-yildan boshlandi. Amerikalik injener German Xollerit (Hollerith, Hermann; 1860-1929) 1879-1882-yillar davomida statistika bo‘limida ishlab kelgan, shu bois hisoblash ishlarini qo‘lda bajarilishini qay darajada mashaqqatli ekanidan xabardor bo‘lgan. Shu sababli u 1887-yilda tabulyatorni yaratdi. U kiritgan perfokarta ko‘p yillar davomida informatikaga xizmat qilib keldi. Xattoki ekranning qatoriga 80 ta belgini joylashtirish ham shu perforkartaning uzunligidan kelib chiqqan. Fortran, Cobol va boshqa dasturlash tillari ham perfokartaga bog‘liq bo‘lgan.
Ushbu tabulyatorda perfokartada mavjud axborotni elektr toklari orqali o‘qib olish mumkin bo‘lgan. Lekin o‘sha davrdagi murakkab texnik hisoblash jarayonlarini qanoatlantirish mumkin emas edi. Bu borada ilk bor yakunlangan texnik yechimni nemis injenerii Konrad Suze (Zuse, Kohnrad; 1910-1995) 1938-1945-yillarda taklif etgan. 1934-yilda Suze 24 yoshda hisoblash texnikasini yaratish ishlarini boshlab yuborgan. 1938-yilda mexaniq elementdan tashkil topgan Z-1 mashina modelini yaratgan, keyinchalik Z-2 modelini va 1941-yilda Z-3 mashinasini dunyoda birinchi bo‘lib dasturiy boshqaruv tamoyili bo‘yicha ishlaydigan universal hisoblash texnikasini yaratdi. Ushbu mashina 2600 ta telefon relesidan tashkil topgan bo‘lib, tezkor xotira 64 ta so‘zdan iborat bo‘lgan (bir so‘z 22 ta razryaddan tashkil topgan bo‘lgan). Boshqaruv 8 yo‘lakli perfolenta (oddiy kinoplyonka) orqali amalga oshirilgan. Unda ikkilik sanoq tizimi qo‘llanilgan , e’tibor bering fon Neymangacha. Qo‘shish amalini 0,3 sekundda bajargan, ko‘paytiruv uchun 4-5 sekund talab etilgan. Kiritish klaviatura orqali amalga oshirilgan, chiqaruv qurilmasi sifatida lampochkalardan tashkil topgan tablo qo‘llanilgan.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng nazariy muammolar bilan shug‘ullanib, 1948-yilda birinchi bo‘lib, yuqori darajali “Plancalcul” (hisoblashni rejalashtirish) dasturlash tilini yaratgan. U 1949-yilda Zuse firmasini tashkil qiladi va hisoblash texnikasini yaratish bilan mashg‘ul bo‘ladi, lekin bu borada amerikaliklar anchagina ilgarilab ketishgan edilar.
1930 yili amerikalik olim X. Atanasov va K. Berrilar elektron xotira, qo‘shish va ayirish qurilmalaridan iborat elektron hisoblash mashinasini yaratdilar.
1937 yili amerikalik olim X. Atanasov hisoblash mashinasi sanoq tizimi uchun ikkilik sanoq tizimini ishlatish g‘oyasini berdi va bu yo‘nalishda bir-necha patentlar ham oldi.
1941 yilda nemis injeneri K.Tsuze Ch.Bebbidj g‘oyasi bo‘yicha birinchi hisoblash mashinasini yaratdi.
1943 yilda Ch.Bebbidj g‘oyasi bo‘yicha amerikalik G.Ayken (Aiken, Howard; 1900-1973) elektro-mexaniq relelar yerdamida "MARK-1" nomli analitik hisoblash mashinasini yaratdi.U 1937-yilda Garvard universitetining xodimi bo‘lgan chog‘larda, Bebbidj g‘oyasini asos qilib va IBM firmasi chiqarayotgan tabulyator elementlaridan universal dasturiy boshqariladigan mashinani yaratishni taklif etadi. 1939-yilda IBM firmasiga murojat qiladi va harbiylarning ko‘maki bilan 1943-1944 – yillarda mashinani yaratadi. "MARK-1" mashinasi ham o‘nlik sanoq tizimida ishlagan, qo‘shish amalini 0,3 sekundda, ko‘paytiruvni 5,7 sekundda va bo‘luv amalini 15,3 sekundda bajargan. Ushbu mashina artilleriya jadvallarini tuzishda qo‘llanilgan. Unda dasturlarni yaratish uchun Greys Xopper (Hopper, Grace Murray; 1906- 1992) boshchiligida dasturlovchilar bo‘limii tashkil etiladi. Shunday qilib, murakkab dasturlarni yaratishda ham ayol kishi juda katta hissasini qo‘shgani ibratlidir. Dasturlashda “debugging” , ya’ni tuzatish tushunchasini Xopper kiritgan.
Bu borada yana bir amerikalik olim matematik Djordj Stibits (Stibitz, George Robert; 1904-1995) Nyu-Yorkdagi “Bell Laboratiries” rahbarligida o‘z hissasini qo‘shgan. U 1939-yilda Bell-I, 1943-yilda Bell- II va eng kuchli variantini 1947-yilda Bell-V mashinasini yaratishgan. Unda kiritilgan texnik yechimlar keyingi kompyuterlarda o‘z ta’sirini o‘tkazgan, bular, haqiqiy sonlar arifmetikasi, multiprotsessorli texnologiya va boshqalar. Eyken esa 1947-yilda MARK-II ni yaratgan. Lekin shu bilan elektrmexanika davri tugadi.
1943 yildan boshlab Amerikada bir guruh mutaxassislar shu g‘oya bo‘yicha relelar o‘rniga elektr lampalardan foydalanib hisoblash mashinasini yaratishga kirishishdi. Ularning yaratgan mashinalari "MARK-1" mashinasidan ming martacha tez ishlar edi.
Shundan keyin dunyoda XX asr 50-yillariga kelib Amerika, Angliya, Germaniya va Moskvada birinchi elektron hisoblash mashinalari yaratila boshlandi.
1945 yili Germaniyada K.Suze tomonidan "S-4", 1949-51 yillarda sobiq SSSR da S.Lebedev rahbarligida "MESM" va 1950 yili Angliyada "AKE" kompyuterlari yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |