G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/126
Sana28.06.2022
Hajmi3,11 Mb.
#712626
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

Refleksning umumiy strukturasi. 
Istalgan refleks reflektor yoyini tashkil 
qiladigan ma‘lum bir morfologik strukturalar ishtirokida amalga oshadi. 
Reflektor 
yoyi
- bu qo‗zg‗alishni ta‘sirlangan joydan bajaruvchi organga markaziy asab tizimi 
orqali o‗tadigan yo‗ldir (16-rasm). Reflektor yoyi quyidagi bo‗g‗inlardan tuzilgan: 
16-rasm. Somatik va vegetativ reflekslarning refleks yoyi 
1. Reseptorlar – ta‘sirlanishni qabul qiladigan sezuvchan asab uchlari. 
Qo‗zg‗atuvchi ta‘sirida reseptorlarda harakat potensiali (biotok) hosil bo‗ladi.
2. Markazga intiluvchi yoki afferent asab – bu asab orqali qo‗zg‗alish (harakat 
potensiali) markaziy asab tizimiga uzatiladi.
3. Asab markazi – reseptordan olingan axborotni qayta ishlovchi va bajaruvchi 
a‘zolar uchun komanda tayyorlovchi neyronlar yig‗indisi. 
4. Markazdan qochuvchi yoki efferent asab - asab impulsini bajaruvchi 
a‘zolarga uzatadigan asab. 
5. Effektor, yoki ijrochi a‘zo. 
Reseptorli maydonga birlashgan reseptorlar. Reseptor – asab uchlari bo‗lib, 
qo‗zg‗atuvchilarga nisbatan sezuvchidir. Reseptorlar tuzilishi, joylashishi va 
funksiyalari bo‗yicha turlichadir. Birlamchi reseptorlar – sensor reseptorlar bo‗lib, 
ularda qo‗zg‗atuvchilarning ta‘siri sezuvchan neyronning periferik o‗simtalari (asab 


44 
uchlari) orqali qabul qilinadi. Periferik o‗simtalar qo‗shimcha hosilalarga ega 
bo‗lmagan erkin va inkapsulali bo‗lishi mumkin, ya‘ni sezuvchan neyron uchlari 
qo‗zg‗atuvchi energiyasini birlamchi qayta ishlashni amalga oshiruvchi alohida 
hosilalar tarkibida bo‗ladi. Ikkilamchi – sensor reseptorlarda qo‗zg‗atuvchining 
ta‘sirining chiqishi asab hujayrasi bo‗lgan ixtisoslashgan reseptorlovchi hujayra 
tomonidan qabul qilinadi. Reseptorlovchi hujayrada paydo bo‗lgan qo‗zg‗alish sinaps 
orqali sezuvchan neyronga o‗tkaziladi.
Reseptorlar joylashishi bo‗yicha eksteroreseptorlarga, interoreseptorlarga, 
proprioreseptorlarga bo‗linadi. Eksteroreseptorlar ta‘sirlarni tashqi muhitdan (ko‗z 
to‗ri, teri reseptori, hid bilish a‘zolari, ta'm bilish a‘zolari orqali) qabul qiladi. 
Interoreseptorlar ta‘sirlarni organizmning (ichki a‘zolar bo‗lmish yurak, jigar, 
buyraklar, qon tomirlar va boshqalarning to‗qimalarida joylashgan) ichki muhitidan 
qabul qilinadi. Proprioreseptorlar – tayanch-harakat tizimining (mushaklarda 
joylashgan va mushaklarning qisqarishi hamda cho‗zilishini qabul qiladi) 
ixtisoslashgan reseptorlari hisoblanadi. 
Qabul qilayotgan qo‗zg‗atuvchilarning xilma-xilligi bo‗yicha monomodal 
(faqat bitta turdagi qo‗zg‗atuvchini qabul qiluvchi); polimodal (turli xildagi 
qo‗zg‗atuvchilarni qabul qilishga moslashgan) reseptorlar mavjud. 
Modalligi bo‗yicha xemoreseptorlar (kimyoviy moddalar ta‘sirini qabul 
qiluvchi), fotoreseptorlar, mexanoreseptorlar (bosimni, vibrasiyani, bir joydan boshqa 
joyga o‗tish, cho‗zilish darajasini qabul qiluvchi), termoreseptorlar (haroratning 
o‗zgarishini sezuvchi), nosireseptorlar (og‗riqni qo‗zg‗atuvchilarni qabul qiluvchi) 
farqlanadi. 
Reseptorlarning xususiyatlari:
1)
o‗ziga xosligi; 
2)
sezuvchanlik; 
3)
adaptasiya. 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish