39
kontaktlar –
sinapslar
orqali uzatiladi. Neyronning somasida joylashgan sinapslar –
aksosomatik
, dendritdagi –
aksodendrit
va akson terminalidagi –
aksoaksonal
deyiladi.
Asab impulsini o‗tkazish usuli bo‗yicha sinapslar
kimyoviy, elektrli
va
aralash
bo‗ladi.
Kimyoviy sinaps.
Yuksak organizmlarda neyronlar o‗rtasida qo‗zg‗alishni
kimyoviy usulda o‗tkazuvchi sinapslar sonli ko‗pdir (15-rasm). Ularda presinaptik
qism, sinaptik tirqish va postsinaptik qism mavjud.
Presinaptik qism aksonning
bo‗yida yoki uchida bir qismini kengayishi tufayli hosil bo‗ladi. Presinaptik qismida
granulali (d=50 nm, mayda yirik granulali pufakchalar 80-100 nm kattalikda bo‗ladi)
va agranulali pufakchalar (d=40-50 nm) mavjud. Pufakchalar tarkibida mediatorlar
bor.
Presinaptik
kengaygan
joyda
mediatorlar
sintezini
ta'minlovchi
mitoxondriyalar, mikrotolachalar, glikogen granulalari va boshqalar mavjud. Ko‗p
sonli qo‗zg‗alishlar paytida mediatorlarning zahirasi kamayadi.
Sinaps orqali asab
impulsi faqat bir tomonga – birinchi aksonning ketingi apparatidan ikkinchi neyronga
o‗tish qobiliyatiga ega. Neyronning bunday muhim xususiyati reflektorli yoylarning
dinamik polyarizasiyalanishi asosida yotadi. Mayda granulali
15-rasm. Sinapsning tuzilishi.
1 – аксосоматик синапс; 2 – аксодендрит синапс; 3 – аксоаксонал синапс
40
pufakchalarda
noradrenalin,
yiriklarida
katexolaminlar,
agranulalilarda
–
agranulositlar mavjud.
Qo‗zg‗alishni o‗tkazish mexanizmi. Pufakchalar ko‗rinishida ishlab
chiqariladigan
mediatorlar, ular keladigan asab impulslari ta‘siri ostida sinaps
oralig‗iga chiqariladi, keyin postsinaptik membranaga
diffuziyalanadi va uning
strukturaviy komponentlari – ma‘lum bir oqsilli-lipidli majmualari bilan o‗zaro
hamkorlik qiladi. Natijada, postsinaptik membrananing natriy ionlari uchun o‗tkazish
imkoniyatini
qisqa
muddatga
ortadi.
Bu,
postsinaptik
membranani
depolyarizasiyasiga va qo‗zg‗atuvchi postsinaptik potensialni paydo bo‗lishiga olib
keladi. Ushbu potensial kritik darajaga yetganda harakat potensialini tarqaluvchi
qo‗zg‗alishi paydo bo‗ladi. Aksonning birlamchi segmenti membranasi
depolyarizasiyasining past kritik darajasiga ega bo‗lgani
tufayli harakat potensiali,
avvalambor, neyronning shu uchastkasida paydo bo‗ladi va keyinchalik shu joydan
akson bo‗ylab va hujayra tanasiga tarqaladi.
Elektrik sinapslar
. Afzalliklari quyidagilar hisoblanadi: charchoqning kamligi,
ichki va tashqi muhit o‗zgarishlariga chidamlilik,
uning ishlashini yuqori
ishonchliligi, sinaptik ushlanib qolishni bo‗lmasligi.
Kimyoviy kabi elektrik sinaps ham pre-, postsinaptik membranalaridan,
kichikroq kenglikdagi (20-4 nm) sinaptik tirqishdan iborat va vezikulalari bo‗lmaydi.
Ikkita membranasi o‗zaro oqsilli ko‗prikchalar – konneksonlar bilan bog‗langan.
Ushbu ko‗prikchalar sinapsning qaytariluvchi uyasimon strukturasini hosil qiladi.
Uyalar yaqin joylashgan membranalarning uchastkalari bilan chegaralangan.
Membranalar qo‗shilgan uchastkalarda kanallar mavjud bo‗lib, ular orqali hujayralar
ayrim mahsulotlar bilan almashishlari mumkin. Bayon qilingan
shakllardan tashqari
sinapslar surunkali tirqish tuzilishiga ega bo‗lishi mumkin.
Elektrik
sinapslarning
funksiyasi,
avvalambor,
organizmning
tezkor
reaksiyalarini ta'minlash bilan bog‗liq. Ularni hayvonlarning qochishi, xavfdan
qutilishini ta'minlovchi strukturalarida joylashishini shu bilan tushuntirilsa kerak.
Aralash tip
. Bu tip turli funksiyalarni ta‘minlovchi neyronlarni bog‗laydi.
41
Ularni afferent va efferent neyronlar oralig‗ida uchratish mumkin.
Ular kam
o‗rganilgan. Qushlarda uchraydi: bunday sinapsning bir qismi signalni kimyoviy,
boshqa qismi esa elektr yo‗l bilan o‗tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: