23
II BOB. ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI STRUKTURASI
Tayanch so’z va iboralar:
Ishlab chiqarish strukturasi, tashkiliy struktura,
umumiy struktura, sex, uchastka, ish zonasi, ish o’rni,ish o’rni turlari,asosiy sex,
yordamchi sex xizmat ko’rsatuvchi, yondosh, tomorqa xo’jaliklar, ishlab chiqarish
strukturasi turlari, detalli, texnologik, aralash.
2.1. Ishlab chiqarish korxonasi strukturasi
Korxona faoliyatining yakuniy natijasini belgilovchi muhim omillardan biri
uning ishlab chiqarish strukturasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish strukturasining
samarali tashkil etilishidagina xo’jalik tizimi o’zida ishlab chiqarish vositalari va
ishchilarni birlashtirgan yagona harakatlantiruvchi mexanizmga aylanadi.
Har bir korxona turli sex, uchastka va xo’jaliklardan, boshqaruv organlari va
korxona xodimlariga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlardan tashkil topadi.
Korxonaning ishlab chiqarish bo’g’inlari shuningdek boshqaruv va xizmat
ko’rsatish bilan bog’liq bo’linmalar, ularning soni,
ishlovchi xodimlar soni
umumiy strukturani tashkil etadi.
Korxonaning ishlab chiqarish bo’linmalari tarkibiga asosiy maxsulot, asbob
uskunalar ishlab chiqaradigan, jihozlarni ta’mirlash, material, xom ashyo va tayyor
maxsulotlarni saqlash bilan bog’liq sex va uchastkalar kiritiladi. Korxona
xodimlariga xizmat ko’rsatuvchi tashkiliy bo’limlarga uy-joy, kommunal
xo’jaliklar, bolalar bog’chalari, oshxonalar, profilaktoriyalar,
malaka oshirish
bo’yicha o’quv yurtlari tarmoqlari kiradi.
24
Umumiy strukturadan farqli ravishda ishlab chiqarish strukturasi
ishlab
chiqarish jarayonini tashkil etish shaklini ifodalaydi va korxona o’lchamlaridan,
sexlar soni, tarkibi, salmog’i, planirovkasi, ishlab chiqarish uchastkalari, ish
o’rinlarining tarkibida o’z aksini topadi.
Korxona ishlab chiqarish strukturasi juda ko’p omillar ta’sirida tashkil
topadi, ishlab
chiqariladigan maxsulot turi, xususiyati, konstruksiyasi, ishlab
chiqarish texnologiyasi,
ishlab chiqarish turi, ixtisoslashtirish darajasi, jihozlar va
texnologik uskunalar xarakteri, ishlab chiqarish masshtabi,
ishlab chiqarishga
xizmat ko’rsatishni tashkil etish kabilar shular jumlasidandir.
Ayniqsa, strukturasining ishlab chiqarish jarayoni xususiyati bilan
bog’liqligi diqqatga sazovordir. Chunki, ishlab chiqarish strukturasi korxona ishlab
chiqarish jarayonini tashkil etishning shakli hisoblanadi. Ushbu jarayon
xususiyatlaridan kelib chiqib korxona ishlab chiqarish strukturasida asosiy va
yordamchi jarayonlarni shuningdek yondosh ishlab chiqarishni ajratiladi. Ba’zi
vaqtda yordamchi ishlab chiqarish tarkibida xizmat ko’rsatuvchi xo’jalik ham
ajratiladi.
Ishlab chiqarishni tashkil etishda birlamchi bo’g’in bo’lib ish o’rinlari
hisoblanadi. Ish o’rni - ishlab chiqarish maydonining ishchi yoki ishchilar guruhi
tomonidan maxsus jihoz va uskunalar yordamida ayrim operatsiyalar bajariladigan
qismi.
Ish o’rinlari individual (yakka tartibli) va kollektiv ish o’rinlariga bo’linadi.
Yakka tartibli ish o’rinida faqat bitta ishchi ishlaydi. Masalan,
tokarlik stanogida
ishlaydigan tokar, tikuv mashinasida ishlayogan tikuvchi. Kollektiv ish o’rnida bir
ish o’rnida ishchilar kollektivi (brigada) faoliyati ko’rsatadi. Masalan: yig’uv
konveyeridagi slesarlar brigadasi.
Ayrim hollarda ko’p stanokli ish o’rinlari ham tashkil etiladi. Bunda bir
ishchi birdaniga 2 yoki undan ortiq jihozlarni boshqaradi. Masalan: to’quvchi bir
nechta to’quv stanogiga xizmat ko’rsatadi.
2.1 - rasm
25
Ish o’rinlarining maqsadga muvofiq birlashuvchi ishlab chiqarish
uchastkalarini tashkil etadi, ya’ni ishlab chiqarish uchastkasi bir xil turdagi
maxsulotni ishlab chiqarish borasida texnologik jihatdan o’xshash
ishlarni
bajariladigan territorial jihatdan ajratilgan ish o’rinlari majmuidir. Ishlab
chiqarishda ishtirok etish xarakteriga bog’liq holda ishlab chiqarish uchastkalari
asosiy va yordamchi bo’lishi mumkin.
Ishlab chiqarish uchastkasida ishlab chiqarilgan maxsulotlar shu korxonada
qayta ishlanishga mo’ljallanadi.
Korxona ishlab chiqarish strukturasida yetakchi o’rinni sex egallaydi, chunki
har bir korxona sexlar majmuidir.
Sex - korxonaning maxsulot yoki uning bir qismini tayyorlash, ishlab
chiqarishning ma’lum bir bosqichi amalga oshiriladigan administrativ jihatdan
chegaralangan bo’limidir.
Lekin, kichik va ba’zi bir o’rta korxonalar sexsiz struktura asosida tashkil
etiladi. Bunda korxona bevosita ishlab chiqarish uchastkalaridan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: