19
Demak, korxonalar faoliyatini tashkil etish fanining bosh vazifasi talabalar va
mutaxassislarni hamda shu fanni o’rganuvchilarni ushbu
fan mazmuniga tegishli
barcha nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirishdan iboratdir.
1.3. Fanning mazmuni va uning boshqa fanlar bilan bog’liqligi
«Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish » fani o’z mazmuni
mohiyatiga ko’ra juda ko’p qirrali va u ishlab chiqarish jamoasi hayotining
ko’pgina sohalarini qamrab oladi. Mazkur fanning predmeti, ob’yekti, maqsadi,
funksiyalari, o’rganish usullari va moddiy boyliklarni yaratishga xo’jalik rahbarligi
jarayoni yuzaga keladigan vazifalar tarkibi bilan belgilangan va kursning dasturida
to’la aks ettirilgan.
Bu fan bir qator fanlar bilan o’zaro aloqada bo’lib, ularning yutuqlaridan keng
foydalanadi. Jumladan, falsafa, iqtisodiy nazariya,
makroiqtisodiyot va
mikroiqtisodiyot, huquqshunoslik, sanoat va agrosanoat iqtisodiyoti, statistika,
buxgalteriya hisobi va xo’jalik faoliyatini tashkil etish, moliya, kredit sohasi,
texnologiya fanlari bu kursni o’rganishda yordamga keladilar.
Ishlab chiqarishni tashkil etish fani eng avvalo iqtisodiy
nazariya va sanoat
iqtisodiyoti fanlari rivojlanishi natijasida shakllangan. Uning yetuklik darajasi
umumiy va xususiy iqtisodiy nazariyaning naqadar rivojlanganligiga bog’liq.
Bu fan texnika fanlari bilan ham bog’liqdir. Ishlab chiqarishni tashkil etish fani
texnika va texnologiyani bevosita o’rganmasa-da, uning iqtisodiyotga ta’sirini
chetlab o’ta olmaydi,
aksincha, texnologik jarayonlarni xom-ashyo, materiallar,
energiyadan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish davrini qisqartirish,
ishlatish
jarayonini uzluksiz ishlab chiqarish oqimida tashkil etish, maxsulot sifatini
oshirishga erishish orqali muxandislik-iqtisodiyoti nuqtai nazardan ko’rib chiqadi.
Mexanika shakliga tegishli fanlar mashina va agregatlarni konstruksiyalash va
texnikaviy ekspluatasiya qilish masalalarini o’rganadi. Ishlab chiqarishni tashkil
etish fani mehnat qurollarini texnologik va mehnat jarayonlari bilan o’zaro
20
bog’liqlikda ko’rib chiqadi, mashina va apparatlarni joy-joyiga to’g’ri qo’yish va
ulardan oqilona foydalanish, jihozlar birligidan maxsulot olishni ko’paytirish,
sozlash tizimini yaxshi tashkil etishni ta’minlaydi.
«Ishlab chiqarishni tashkil etish» fani iqtisodiy kibernetika va informatika fani
bilan bevosita bog’liqdir. Chunki bu fanlar axborot ta’minotini, ishlab chiqarishni
modellar yordamida ifodalash va tasvirlash
masalalarini, sistemaning tashqi muhit
bilan aloqasini, axborot oqimlarining paydo bo’lish qonuniyatlarini aniqlab berish
orqali tashkiliy muammolarni samarali yechishga xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida, fan va texnika rivojining kuchayishi
hamda bu omilning alohida ahamiyat kasb etishi natijasida ijtimoiy-psixologik
masalaga talab o’smoqda. Shu sababli korxonalarda ishlab chiqarish jamoasini
vujudga keltirishda va ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil etishda psixologiya,
pedogogika, sotsiologiya va huquqshunoslik fanlaridan unumli foydalanish lozim.
Shunday qilib bu fan juda ko’p ilmiy fanlar bilan uzviy aloqadordir. Lekin ular
bilan tutashib ketmaydi va mustaqil soha masalalarini o’rganadi.
Ayni vaqtda
korxona ishini tashkil etishning samarali shakllarini va usullarini ishlab chiqadi,
ishlab chiqarish jarayonlarining tartibligini ta’minlashga qaratilgan vazifalarni
muntazam bajarishga intiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: