16
egallamoq kerak. Bunday bilimlarni bizga iqtisodiy bilimlarning eng asosiysi
—
iqtisodiyot nazariyasi fani o’rgatadi.
Iqtisodiyot nazariyasi jamiyat miqyosida yuz beradigan iqtisodiy hodisalar va
voqeliklar, jarayonlar, ularga xos bo’lgan bog’lanishlar,
ularning qonun-qoidalari
va kishilar faoliyatida namoyon bo’lish shakllarini o’rgatuvchi fandir. Iqtisodiy
nazariya, iqtisodiy voqeliklar, hodisalar va jarayonlarni iqtisodiy qonunlar,
kategoriyalar, ya’ni ularning ilmiy in’ikosi ifodasi orqali tavsiflaydi. Lekin
iqtisodiy nazariya ijtimoiy ishlab chiqarishning ayrim sohalari, tarmoqlari va
tarmoqchalarida ro’y beradigan hodisa, voqelik va qonuniyatlarini o’rganmaydi.
Bu bilan tarmoqlar va korxonalar iqtisodiyoti fanlari shug’ullanadi.
«Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish »
fanining predmeti
deganda korxonalarning ishlab chiqarish — xo’jalik faoliyati sharoitida iqtisodiy
qonunlarning harakati va namoyon bo’lish shakllari va eng kam mehnat, moddiy
va ma’naviy harakatlar bilan eng yaxshi natijalarga erishishni ta’minlovchi Yuqori
samarali ish usullarini ishlab chiqish tushuniladi.
Ma’lumki, har bir fan o’z tarixiga ega. Ishlab chiqarishni tashkil etish va
korxonalar xo’jalik faoliyatini rejalashtirish esa eng yangi fanlardan xisoblanadi.
Bu fanning faqat hozirgi zamon shart-sharoitlarida paydo bo’lishiga sabablar bir
korxona rivojlanishi va takomillashishi uchun keng va cheksiz imkoniyatlar
yaratilganligidir. So’nggi yillarda,
yevropada, ayniqsa Amerika Qo’shma
Shtatlarida «Ilmiy Menejerlar» — yollanma professional boshqaruvchilar
nazariyasi keng tarqala boshladi. Ular xo’jalik ishlab chiqarish faoliyatini
bilimdonlik asosida tashkil qilishdan tashqari, yangidan-yangi shart-sharoitlarni
yaratib, mehnat unumdorligini oshirish yo’l-yo’riqlari va omillarini ko’rsatib
bermoqdalar.
Rivojlangan mamlakatlarning ishlab chiqarishni tashkil etish va uni boshqarish
tajribalarini o’rganishga tanqidiy qarashdan tashqari, kelgusida korxonalar
faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan usullarni o’rganish kerak.
Sanoat korxonalarida ishni tashkil etish fani iqtisodiy
qonunlarning sanoat
korxonalari faoliyatiga ta’sirini va ularning oldiga qo’ygan vazifalarini amalga
17
oshirish borasidagi eng samarali usullarini ishlab chiqib, uni sanoatda tadbiq
qilmoqda. Bu tadbir — choralarning amalga oshirilishi kengaytirilgan takror ishlab
chiqarishda ijtimoiy boylikni ko’paytirish va korxonalarda ishchilarga yaxshi
sharoitlar yaratib berishga imkoniyat yaratadi.
Hozirgi zamon sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish fani, jamiyat
va shaxs manfaatini e’tiborga olgan holda o’zining mazmunli ilmiy asoslangan
usul va shakllari bilan tubdan farq qilmog’i kerak.
Korxonaning ishini ilmiy asosda tashkil qilish nazariyasi iqtisodiy nazariya va
jumhuriyatimizda ishlab chiqarish korxonalari faoliyati xususida qabul qilingan
qarorlar, mehnatni va korxonada ishlab chiqarishni
tashkil qilish masalalari
bo’yicha Yuqorida aytib o’tilgandan boshqa, barcha korxonalarning boy tajribalari
e’tiborga olingan holda fan uchun yangi serqirrali nazariy fikr, usullarni amalda
tadbiq etishga asoslangan. Korxona ishini to’g’ri yo’lga qo’yish uchun bu yerdan
asosiy jarayonlarni, moddiy-texnika xizmat qiluvchi (dastgohlarni, elektr
xo’jaliklarni, moddiy ta’minot, zavod ichida yuradigan transportlarni sozlash bilan
shug’ullanuvchi) uchastkalar bilan uzviy bog’liq holda faoliyat yuritish lozim.
Ilm yoki fanning metodologiyasi deyilganda uni bilish va o’rganish
faoliyatining shakllari va usullari tushuniladi. Shu fan bo’yicha masalani o’rtaga
tashlash, tadqiqot mavzuini va ilmiy nazariyani shakllantirish. shuningdek,
aniqlangan natijaning haqiqiyligi, ya’ni o’rganilayotgan ob’yektga
muvofiqligi
jihatidan tekshirish metodologiyasini qo’llashning eng muhim tomoni hisoblanadi.
Demak, metodologiya — bu tadqiqot yoki bilish, anglash yo’li, voqelikni amaliy
yoki nazariy o’zlashtirish usullarining majmuasidir.
Sanoat korxonalarining ishini tashkil etish va rejalashtirish fanining
metodologik asosini dialektika bilimining umumiy nazariyasi tashkil etadi. Bu
nazariyaga binoan masalalar va voqeliklar o’zaro aloqadorlikda, bir-birini taqozo
etishda, vaqt va fazoda ularning o’zgarishi va rivojlanishida eskilik bilan
yangilikning kurashida ko’rib chiqiladi.
18
Dialektika usuli muammolar o’rganilayotganda omillar va shart-sharoitlarning
namoyon bo’lishi
va yuz berishi ziddiyatlarga, qarama-qarshiliklarga boy
ekanligini inobatga olishni taqozo etadi.
Dialektika usuli o’z ichiga mantiqiy va namunaviy usullarni oladi.
O’rganishning mantiqiy usuli quyidagi yondashishlarda o’z aksini topadi: rejali
xalq
xo’jaligi nuqtai nazaridan, tarmoqlararo, sistematik, kompleks,
optimallashtirish.
Ilmiy tadqiqotlar olib borish jarayonida bu fan har turli xususiy usullardan,
jumladan, modellashtirish,
anketalash, eksnortli, baholash, iqtisodiy eksperiment
(tajriba) dan foydalanadi. Namunaviy usul o’z mazmuniga binoan ma’lum bilim,
maslahat, tavsiyalar beradigan tajribani umumlashtirishni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: