G. A. Shahmurova yosh fiziologiy as I


Oiiy nerv faoliyatining tiplari



Download 9,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/201
Sana01.07.2022
Hajmi9,92 Mb.
#725465
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   201
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyena (Q.Sodiqov va b.)

Oiiy nerv faoliyatining tiplari
Oliy nerv faoliyati bosh miya yarim sharlari va ularning po'stlog'ida 
joylashgan nerv hujayralari (nerv markazlari)ning normal funksiyasiga 
yoki ulardagi ko'zg 'alish va torm ozlanish jarayonlarining kuchiga, 
tarqalish tezligiga hamda ularning bir-biriga munosabatiga bogiiq.
Shartli rekflektor faoliyati nerv sistemasining individual xossalariga 
bogiiq, oliy nerv faoliyatini belgilab beruvchi shu xossalar yigindisi har 
bir organizmning irsiy hususiyatlariga va avvalo hayot tajribasiga bogiiq 
b o iib , nerv sistemasining tipi deyiladi.
I.P.Pavlov k o 'p yillik ilmiy kuzatishlari asosida m iyaning nerv 
hujayralaridagi qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga,
79
www.ziyouz.com kutubxonasi


tarqalish tezligiga va ularning bir-biriga munosabatiga k o 'ra odam oliy 
nerv faoliyatini 4 tipga bo'lgan edi.
1. Kuchli, ko'zg'aluvchan, muvozanatlashmagan, jonsarak tip. Bu 
tipda qo'zg'alish va tormozlanish kuchli, ammo muvozanatlashmagan, 
qo'zg'alish tormozlanishdan ustun turadi, bu tipga kiruvchi bolalarda 
shartli reflekslar sekin paydo bo'ladi, o'rta o'zlashtiradi, biror ishga tez 
kirishib, tez soviydi, emotsional reaksiyalari kuchli, bilar-bilmas javob 
berib o'z fikrini maqullaydi, topshiriqlarni o'z vaqtida bajarib kelmaydi, 
sekin paydo bo'lgan shartli reflekslar tez so'nadi, m aktab hayotiga 
qiyinchilik bilan ko'nikadi, nutqi tez va qo'pol, xarakteri o'zgaruvchan, 
o'z hissiyotlarini qiyinchilik bilan ushlaydi, qiziqqon, agressiv, tarbiyaga 
qiyinchilik bilan beriluvchi, faqat tarbiya asosidagina uzoq va tizimli ish 
faoliyatiga ega bo'ladi.
2. Kuchli, qo'zg'aluvchan, muvozanatlashgan, serharakat tip. Bu tip 
nerv p rotsesslarining kuchliligi, k o 'z g 'a lis h va to rm o zlan ish n in g 
muvozanatlashganligi va harakatchanligi bilan ta ’riflanadi. Bu tipga 
kiruvchi bolalarda shartli reflekslar tez hosil bo'lib, tez so'nadi va tez 
tiklanadi, ular m aktab hayotiga tez ko'nikadi, o'qish va yozishni tez 
o'rganadi, namunali xulqqa ega bo'ladi, darslarni a ’lo o'zlashtiradi, uyga 
berilgan vazifalarni o'z vaqtida bajarib kelishga harakat qiladi, nutqi tez 
va ravon, so'z boyligi ko'p, aytilgan so'zlarni tez ilg'ab oladi, jonli, 
harakatlari tez, turli imo-ishoralar bilan o'z fikrini ifoda qiladi va boshqa 
ijobiy xarakterlar bilan ajralib turadi.
3. Kuchli, qo'zg'aluvchan, muvozanatlashgan, kam harakat tip. Bu 
tipda ko'zg'alish va tormozlanish kuchli, ammo ularning o'rin almashinuvi 
sust. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin hosil bo'ladi, tez 
so 'n a d i va sekin tik lan ad i, u la r o 'q ish , yozish va g ap irish n i tez 
o'rganadilar, ularning xulqlari yaxshi, odobli, nutqlari sekin va ravon, 
his tuyg'ulari past bo'ladi.
4. Nimjon yoki sust tip. Bu tipda nerv protsesslari sustligi, kam 
qo'zg'aluvchanligi va m uvozanatlashm aganligi, y a ’ni torm ozlanish 
jarayonining yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Bu tipga kiruvchi bolalar 
ish qobiliyati past, nutqi sekin, yaxshi rivojlanmagan, so'z boyligi kam, 
qiyinchiliklardan qo'rqadigan, tez charchaydigan, o'qish, yozishni sekin 
o'rganadigan, m aktab hayotiga qiyinchilik bilan ko'nikadigan, o'z 
o 'rtog'ining xarakteriga ixtiyorsiz moslashadigan, o'zlashtirish past, 
xarakteri beqaror, maqsadsiz, diqqati beqarorligi bilan xarakterlanadi.
80
www.ziyouz.com kutubxonasi


I.P. Pavlovning fikricha, oliy nerv faoliyatining 4 tipi odamlardagi 
G ippokrat tomonidan aniqlangan 4 temperament mijozga mos keladi. 
Gippokrat odamlarda to 'rtta temperament - xolerik, sangvinik, flegmatik 
va melanxolilc tem peram entlarini aniqlagan. Jonsarak tip - xolerik,- 
harakatchan tip - sangvinik, kam harakatchan tip flegmatik va nimajon, 
kuchsiz tip melanxolik temperamentiga mos keladi. Oliy nerv faoliyatining 
yuqoridagi tiplari sof holda kam dan-kam uchrab, k o 'p in ch a b itta 
individumda har xil tiplarga xos belgi va hususiyatlar aralashib ketadi. 
Oliy nerv faoliyatining tipi nerv tizimining naslga o'tgan xossalari bilan 
individning hayot davrida boshidan kechiradigan ta ’sirlaridan tarkib 
topadi.
N atijada nerv tizimining muayyan tipi vujudga keladi. Oliy nerv 
faoliyatining tug'm a tipi bola tug'ilgan kundan boshlab, atrof-muhit va 
ijtimoiy sharoit ta ’sirida shakllana boradi va hayot mobaynida o'zgarib 
turadi.
Oliy nerv faoliyati tipining o'zgarib turish jarayonini plastiklik deb 
ataladi. Oliy nerv faoliyatining yuqorida ko'rsatilgan tiplari tug'ma, ya’ni 
nasldan-naslga berilgan bo'ladi. Bu belgilar asosan bolalik davrlarida 
yaqqolroq ko 'rin adi, yosh kattalashgan sari tashqi m uhit, ota-ona, 
o'qituvchilar, tarbiyachilar va atrofdagi kishilarning tarbiyaviy ta ’siri 
natijasida ayrim tipga xos bo'lgan belgilar m a’lum darajada o'zgaradi, 
ayniqsa birinchi va to'rtinchi tipning vakillarida o'zgarish ancha sezilarli 
b o 'lad i, chunki ularning xulq-atvoridagi yom on o d atlar k o 'p ro q , 
b o'lganligi uchun atrofdagi kattalarn in g tarbiyaviy e ’tibori ularga 
nisbatan ko'proq, bo'ladi.
Shunday qilib, bolalik davridagi oliy nerv faoliyatining tiplari, ya’ni 
xulq-atvor yosh oshgan sari o'zgarib boradi. Oliy nerv faoliyatining 
tug'm a ko'rinishi temperament, ularning tarbiya natijasida o'zgarishidan 
yuzaga kelgan holati xarakter deyiladi. Bog'cha, kichik maktab yoshidagi 
bolani to'g 'ri tarbiyalash ko'p jihatdan nervning tipiga va xulq atvorining 
shakllanishiga bog'liq bo'ladi. Bola ulg'ayar ekan miya po'stlog'idagi 
qo'zg'alish, torm ozlanish jarayonlari, nerv jarayonlarining kuchi va 
harakatchanligi hamda boshqa xususiyatlar o'zgarib boradi
Tarixda yashab ijod qilgan buyuk siymolar ham m a’lum tipga xos 
bo'lganlar. Masalan: rus sarkardasi A. V. Suvorov xolerik temperamentiga, 
shoir A.S. Pushkin ham xolerik temperamentiga, sangvinikka shoir A.I. 
Gertsen, Goncharov flegmatikka, fransuz filosofi Rene Dekart, ingliz
81
www.ziyouz.com kutubxonasi


olim i C harlz D arv in , p o ly ak k o m p o z ito ri Shopen m elan x o lik
temperamentiga xos insonlar bo'lishgan.
I.P. Pavlov birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o'zaro ta ’sirlanish 
xususiyatlarini hisobga olib, odam nerv sistemasini ikkita xususiy tipga 
ajratish mumkin deb topdi. Shularning birinchisini badiiy tip deb atadi. 
Shoirlar, muzikachilar, rassomlar va boshqalarni u shu guruhga kiritdi. 
Bu guruh kishilarida birinchi signal sistemasi ikkinchi signal sistemasidan 
birmuncha ustun turadi. Ikkinchi tip mutafakkirlar tipi deb ataladi. Bu 
guruhga olimlar, filosoflar, matematiklar, filologlar va boshqalar kiradi. 
Bu guruhga kiradigan kishilarda ikkinchi signal sistemasi birinchi signal 
sistemasidan ustun turadi. Bulardan tashqari oraliq guruh ham mavjud. 
Oraliq guruhga kiradigan kishilarda birinchi signal sistemasi ikkinchi 
signal sistemasidan ustun turmaydi.
Xulosa qilib aytganda, oliy nerv faoliyatining tipi hayot davomida 
shakllanib boradi va tarbiya yo'li bilan o'zgartirilishi mumkin.

Download 9,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish