Nerv tizimining gigiyenasi
O'sib kelayotgan yosh avlodning s o g iig in i saqlash masalasi keng
m a’nodagi tushuncha b o iib o'quvchilarning charchashi - ya’ni, toliqishi
va о 4a charchashining oldini olish vazifasini ham o'z ichiga oladi, bu
esa birinchi navbatda o'quvchining o'ta toliqishiga yo'l qo'ymaslik bilan
bog'liqdir. Bu masala maktabdagi pedagoglar, tibbiyot xodimlari va ota-
onalarning diqqat markazida turishi lozim. «Malctab kasalliklari» deb
ataluvchi kasalliklarning oldini olish hozirgi vaqtda o'quvchilar tarbiyasi
bilan shug'ullanuvchi har bir kishining asosiy vazifasidir.
Zamonaviy o'qitish jarayoni o'quvchiga axborot berishning yangi shakl
va usullarini q o ila m o q d a , y a ’ni bilim berishning sam aradorligini
o shirishiga q a ra tilg a n tex n ik a v o sita la ri va yangi in n o v a tsio n
texnologiyalaridan keng foydalanilm oqda. N atijad a o'quvchining
darsdagi faoliyatini bir muncha faollashtirishga erishildi.
Shuni t a ’k id lash k erak k i, hozirgi zam on sh a ro itid a m a k ta b
o'quvchisiga optimal o'quv nagruzkasini belgilash muhim dolzarb vazifa
101
www.ziyouz.com kutubxonasi
hisoblanib, birinchidan, o'quv rejasida belgilangan bilimlarni o'quvchi
o'zlashtirishi ko'zda tutilsa, ikkinchidan, o'quvchining o'z shaxsi ehtiyoji
uchun ham yetarli vaqt ajratiladi. Eng muhimi, o'quvchining jismoniy
rivojlanishiga, ish faoliyatiga va salom atligiga salbiy t a ’sir etuvchi
omillaming oldi olinadi.
O 'quv yuklamasining pedagogik va gigiyenik jihatlarini o'rganish,
toliqishning oldini olish yo'llarini izlab topish pedagogilca fani va maktab
o'qituvchilari oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi.
O dam organizm ining barcha to 'q im a va organlaridagi hayotiy
jarayonlar, ularning ishi markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi.
Odam tug'ilganidan boshlab butun umri davomida aqliy va jismoniy
faoliyatining takomillashuvi, y a ’ni, tarbiyalanishi, bilim olishi, hunar
o'rganishi miya po'stlog'idagi nerv markazlarinint funksional holatiga
bog'liq. Miyaning faoliyati ikki xil sababga k o 'ra susayishi mumkin.
Birinchidan, miya to'qimasidagi tug'm a kamchiliklar, tug'ilgandan keyin
har xil kasalliklar, shikastlanishlar oqibatida miya faoliyatining pasayishi;
ikkinchidan, miyaning funksional kasalliklari, ya’ni gigiyenik talablariga
rioya qilmaslik natijasida miyaning zo'riqishidan nevroz, y a’ni asab
kasalliklari paydo bo'lishidir.
Ko'pincha ota-onalar va o'qituvchilar o'quvchi xulqida va holatida
aqliy charchash alomotlarini sezsalar, e’tibor bermaydilar, chunki bu
o'zgarishlar, vaqtinchalik bo'lib, tez o'tib ketadi. Lekin bular bolada
boshlanyotgan surunkali charchoqlikning birlamchi belgilari bo'lib,
«astenik sindrom» deb ataladi va bu kasallik markaziy nerv sistemasi
faoliyati buzilishining bir turi hisoblanadi. Kasallik belgilarning paydo
bo'lishi va kechishi darajasiga qarab astenik sindrom shartli ravishda bir
necha bosqichga ajratiladi.
Birlamchi - giperstenik bosqichda serzardalik, o 'ta ta ’sirchanlik, o'zini
tu ta bilm aslik, besabrlik kabi belgilar paydo b o 'lad i. B olalar faol
bo'lishadi, ammo ularning faoliyatida tartib bo'lmaydi. U lar tinimsiz
bo'lib, biror ishni oxirigacha diqqat-e’tibor bilan bajara olmaydilar,
ozgina muvaffaqiyatsizlik ular faoliyatini izdan chiqarib yuboradi. Ular
qiynalib uyquga ketishadi, bezovta uxlashadi, ko'p tush ko'rishadi.
Agar o'z vaqtida chora ko'rilib, kasallik sabablari bartaraf etilmasa,
kuchayib, ikkinchi bosqichga o'tib ketadi. Bunda o 'ta ta ’sirchanlik va
jizzakilik, toliqish bilan birga kechadi. Bolaning ish faoliyati kuchli
boshlanib, birdan pasayib ketadi. Jaxildorlik, yom on kayfiyat va
102
www.ziyouz.com kutubxonasi
o d am ov ilik b ilan alm ash inadi. B unda o 'q u v c h i yozgan p a y tid a
boshqalarga nisbatan gram m atik xatolarni k o 'p ro q qiladi. B a’zida
duduqlanish, kamgaplik, tunda siydik tuta olmaslik ya’ni enurez holatlari
yuzaga chiqadi. Bundan tashqari so'zlardagi harflarni ham tushirib
qoldiradi, yangi materialni qiyin o'zlashtiradi, lanjlik va bosh og'rish
o'quvchi ish faoliyatini susaytiradi. Bunday holatlar paydo bo'lishiga
ko'pincha o'tkir yuqumli kasallar bilan og'riganlik, ichki organlarnnig
surunkali kasalliklari, bah o r va qish fasllarida bola va o 'sm irlar
organizmida vitamin yetishmasligi, o'quv nagruzkasining ortib ketishi
kabi omillar sabab bo'ladi. Albatta ko'p narsa maktab va oiladagi ruhiy
muhitga bog'liq. Oilada ota-onalar o'rtasidagi janjallar, ichkilikbozlik,
bolaga nazoratsizlik, oilalarning buzilib ketishi, bolalar va o'smirlar nerv
sistemasi faoliyatining izdan chiqishiga sabab bo'lsa, maktab va litseylarda
o 'q itu v c h i b ilan o 'q u v c h i, ta la b a o 'rta s id a g i yoki o 'q u v ch i va
talabalarning o'zaro kelishmovchiliklari, o'quvchilarning o'qituvchidan
qo'rqib qolishi, bu kasallikning yuzaga chiqishiga turtki bo'ladi.
Nerv sistemasiga bog'liq bo'lgan bunday negativ holatlarni yo'qotish
uchun ota-onalar, shifokorlar va pedagoglar birgalikda ish olib borib,
uni yuzaga keltirgan sabablarni bartaraf etishga harakat qilishlari kerak.
Buning uchun maktabda dars jadvallari va o'quv yuklamalari bolaning
yosh xususiyatini hisobga olgan holda tuzilishi, o'quvchilar vitaminlarga
boy, yuqori kaloriyali ovqatlar iste’mol qilishi, faol dam olishi, sof havoda
sayr qilishi, tonusni kuchaytiradigan achchiq choy, kofe ichmasliklari
kerak. O'qituvchilar o'quvchilar bilan, ularning xarakterini, hisobga olgan
holda muomala qilishlari kerak.
M aktab o 'q uv ch ilari va litsey talab alari nerv tizim ida bunday
kamchiliklarning yuzaga kelmasligi uchun 3-4 soatdan keyin yoki dars oxirida
o'quvchilar uyga kelgandan keyin ularni dam oldirish katta ahamiyatga ega.
Shuni unutmaslik kerakki, aqliy mehnat bilan shug'ullanuvchilarda
zo'riqish alomatlari boshqalarga nisbatan ko'proq uchraydi va bu harakat
faolligi (gipodinamiya) kamaygan sharoitda yorqin namoyon bo'ladi.
Bu holat emotsional zo'riqish bilan birga qo'shilib, ko'pincha yurak-
qon tomir kasalliklariga asab va endokrin tizimi faoliyatining, buzilishiga
olib keladi. Bolalar va o'smirlarning shakllanayotgan yosh organizmi
ayniqsa aqliy zo'riqish asoratlariga o 'ta sezgir bo'ladilar.
Bilim berishning am alda qo'llanilayotgan hozirgi o'quv dasturi
o 'q u v c h in in g y uksak bilim olishiga va faol fik rlash ja ra y o n ig a
103
www.ziyouz.com kutubxonasi
m oijallangan b o iib , bolalar va o'sm irlardan kuchli aqliy emotsional
mehnatni talab qiladi. O ikazilgan tadqiqotlar ko'rsatishicha, o'qishning
ogirligi o'quvchilar salomatligiga salbiy ta ’sir ko'rsatadi, shuningdek,
asab buzilishi, xulq-atvorda beqarorlik alomatlari paydo boiishiga olib
keladi.
Aqliy mehnat (o'qish, yozish, fikrlash, masala yechish, dars tinglash
va tayyorlash va hokazolar) asosan ko'rish, eshitish, organlari va ularning
bosh miya pustlog'idagi markazlarining nerv hujayralarini bajaradigan
ishidir.
Shunday ekan, o 'q u v c h ila r aqliy m ehnat gigiyenasining zaru r
sh artla rin i: kun ta rtib ig a rioya qilish, fizk u ltu ra va sp o rt bilan
shug'ullanish, o'quv va o'qishdan tashqari mashg'ulotlar uchun sharoit
yaratish, bir faoliyatni ikkinchisi bilan almashtirib turish, spirtli ichimliklar
ichmaslik, chekmaslik, zararli odatlarga berilmaslik va hokazolarni ongli
ravishida bajarishga harakat qilishlari kerak.
V-BOB.
TA’LIM TARBIYA ISHLAR GIGIYENASI
T a’lim gigiyenasi o'qituvchiga bolalarning kamroq kuch sarf qilgani
holda yuqori o'zlashtirishga erishuviga yordam berishga d a’vat etilgandir.
Shuning uchun ta ’lim gigiyenasi muammolari jud a k o'p m asalalarni
(o'quvchi va talabalar ishchanlik qobiliyatini oshirish, dars jarayonida
sodir boiadigan charchash alomatlarini yo'qotish chora-tadbirlarini izlab
topish, o'quv rejasi va dasturini gigiyenik jihatdan tahlil qilish, dars
gigiyenasi, maktab, litsey va uydagi o'quv faoliyatining gigiyenasi, o'qitish
gigiyenasi va boshqalar) o'z ichiga oladi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |