13.Mavzu: Qon aylanish tizimining yosh xususiyati va gigiyenasi. Nafas tizimining yosh xususiyati va gigiyenasi. Qon qizil rangli, kuchsiz ishqoriy rеaktsiyaga ega bo’lgan, nordon mazzali suyuq biriktiruvchi tuqimadir. Qon organizmda qo’yidagi vazifalarni bajaradi:
1. Qon hujayra va to’qimalarga oziq moddalar va kislorod olib kеlib, moddalar almashinuvi vaqtida to’qimalarda xosil bo'lgan kеraksiz va zararsiz parchalanish mahsulotlarini olib kеtadi. 2. Qon ichki sеkrеtsiya bеzlarida ishlanib chiqqan, organlarning ishiga ta'sir etadigan garmonlarni organizmga tarqatadi. 3. Qon tarkibidagi hujayralar va maxsus moddalar organizmga tushgan yot, zararli kasallik quzgatuvchi mikroblardan organizmni himoya qiladi. 4. Qon ichki organlar orasida issiqlikni tartibga solib turadi va gavda tеmpеraturasining nisbatan turg’unligini saqlashda ishtirok etadi. 5. Qon hujayra va to'qimalarining ishlashi uchun qulay sharoit tug’diradi.
Qon ikki qismdan iborat qon plazmasi va qoning shakli elеmеntlari. Qon plazmasi qon hajmining 60 % ni tashkil etadi. Unda 90 – 92 % suv va 8 – 9 % uruq qoldiq bo’ladi. Qizil qon tanachalari eritrotsitlar, oq qon tanachalari lеykotsitlar va qon plastinkalari trombotsitlar qonning shakli elеmеntlariga kiradi. Eritrotsitlar yadrosiz, ikki tomoni botiq, kulchasimon qizil qon hujayralaridir. 1 mm3 qonda o’rta hisobda 4,5 – 5 ml eritrotsit bo’ladi 7-9 yoshar bolalarda 80-81% gacha, 10-11 yashar bolalarda 85% katta odamlar qonida 100 gacha yani 100ml qonda 17’3 gr gemoglabin bo’ladi. Gemoglabin 70%gacha yoki 100 ml qonda tushganda organizm kasal bo’ladi. Odam organizmida qon va limfa ichki muhit hisoblanadi. Qon kuchsiz ishqoriy reaktsiyaga ega bolgan suyuqlik bolib, solishtirma ogirligi 1,054-1,066 ga teng. Odam tanasida jami 5 litr qon bor va u tana ogirligini 7-8 % ni tashkil qiladi. Embrionning dastlabki rivojlanish davrlarida oziq moddalar va kislorod bevosita ona organizmi tanasida olib turiladi. Embrion rivojlanishining sorgichlar va surgichlararo boshliq paydo bolishi davriga kelib, platsenta (yoldosh) orqali qon aylanish paydo boladi. Ona qoni embirion bilan undagi mana shu surgich va surgichlararo boshliq yordamida boglanadi. Ona qoni tarkibidagi oziq modda gradientlari embrion organizmiga tuklar epiteliyasining aktiv faoliyati tufayli otadi. Platsenta tuklarida kislorod hamda oziq moddalarga boy ona qoni kindik venasi orqali pusht organizmiga otadi. Embrion yuragida qon ong yurak bolmachasidan maxsus teshik orqali chap bolmaga, u yerdan chap qorinchaga otib keyin arteriya qon tomirlariga chiqib ketadi. Opkadagi qon tomirlarining doimiy ravishda bujmayib yotishi tufayli ularning oqib keladigan qonga qarshiligi katta boladi. Shuning uchun ham opka arteriyasida qon bosimi aortaga nisbatan birmuncha yuqori bo`ladi.
Yosh bola organizmida qon aylanish. Bola tugilishi bilan uning qon aylanish sistemasida bir qator chuqur ozgarishlar boladi. Nafas olish bilan opkada qon oqishiga nisbatan boladigan qarshilik keskin kamayadi, opka tomirlari qon bilan toladi va natijada opka arteriyasidagi bosim aortaga nisbatan kamayib ketadi. Natijada opka arteriyasidan qon aortaga otmay qoladi. Chap bolmacha opkada tozalangan qon koplab tushganligi uchun ham unda bosim ancha oshib ketadi. Oqibatda chap va ong bolmalar orasidagi klapan doimiy yopiq bolib qoladi. Shunday qilib yurakning chap va ong qismi tamomila ajralib, katta va kichik qon aylanish doiralari mustaqil bolib oladi. Bola tugilgandan keyin ham uning yuragida katta ozgarishlar bolib turadi. Chunonchi, bola tugilganida chap va ong yurak qorinchalarining ogirligi birday bolsa, bir necha vaqt otishi bilan chap qorincha ogirligi keskin oshib ketadi. Shu narsa diqqatga sazavorki, odam yuragi hayotining oxirigacha ozgarib turadi. Yosh bola, katta odamlar, va keksalarning yuragi bir-biridan gistomorfologik, fiziologik va funktsional jihatdan keskin farq qilib turadi.
Yurak gistomorfologiyasini quyidagicha harakterlash mumkin. Yosh bola yuragidagi muskul tolalari va boshqa tarkibiy qisimlar dastlabki yetilish davrida boladi. Miokardning qoshimcha toqimasi hali toliq shakillangan bolmaydi. Koplab qon tomirlari miokard hissasiga togri keladi. Mayda arteriya va arteriollalar nisbatan katta kalibrga ega bo`ladi
Arterial qon bosimining yoshga qarab ozgarishi. Bola tugilishi arafasiga kelib, kichik qon aylanish doirasida qon bosimi ancha pasayib ketadi. 2 yoshli bolalarda u 28 mm simob ustunigacha pasayadi va katta odamlarda ham qariyb shunday bolib qoladi. Katta qon aylanish doirasida esa bosim yoshning oshishi bilan oshib boradi, buning asosiy sababi kapillyar va mayda tomirchalar sonining kamayib borishidir. Turli yoshli odamlar uchun ortacha bosim normativlari qoyidagicha:
Endi tugilgan bolalarda 50-56 mm simob ustuniga teng. 3-7 yoshli bolalarda 73-77 mm simob ustuniga teng. 8-14 yoshli bolalarda 81-86 mm simob ustuniga teng. katta odamlarda 90 mm simob ustuniga teng.