Yaqindan ko'rish, miopiya
- faqat yaqindagi narsalarni aniq ko'rish. Bunda
ko‘z optik apparatlarning nur sindirish xususiyati buzilib, uzoqda joylashgan
narsalardan ko‘zga tushgan nurlarning sinish burcliagi o4zgaradi va fokus to ‘r
pardaga bormasdan o'rta yo‘lda yig‘iladi. Natijada bunday narsalar xira
ko'rinadi. Buni tuzatish uchun maxsus ko‘zoynaklardan foydalaniladi. Yaqindan
ko'ruvchilarda ko‘z gavhari o'zining egiluvchanlik xususiyatini yo'qotgan
bo'ladi. Buning sabablari o'qish, yozishda gigiyenik qoidalarga rioya qilmaslik,
turli kasalliklar va hokazo.
0 6pka - asosiy nafas olish organi, ikki: chap va o kng boMaklardan iborat,
undagi asosiy havo almashinadigan qopchalar, ya’ni alveola pufaklari juda
ko4p (700 mln. Dan oshiqroq). Shu qopchalarning nafas olishda qatnashadigan
umumiy yuzasi taxminan 90 m2 ni tashkil qiladi. O'plca muskulsiz organ bo‘lib,
uning kengayishi va torayishi diafragma muskuli, qobirg‘alararo muskullar,
qorin muskullari, ko'krak va yelka muskullari ishiga bog‘liq.
O p k a tiriklik sigim i
- odam chuqur nafas olib, chuqur nafas chiqarganda
nafas olish yo‘llaridan ajralib chiqqan havo mikdori, o'rtacha ayollarda 3000-
4500 ml., erkaklarda 4000-5500 ml.ni tashkil etadi. (Урка tiriklik sig'imi uch
xil havo yig'indisidan iborat; me’yorida nafas olish havosi (500 ml), qo'shimcha
olinadigan havo (3000 ml) va qo4shimcha chiqariladigan havo (1300 ml). O'pka
tiriklik sig'imi organizm jismoniy imkoniyatlarining koVrsatgichi sifatida sport
va tibbiyot amaliyotida keng qo'llaniladi.
Qalqonsimon bez
- ichki sekretsiya bezlaridan biri. Bezdan yod elementiga
boy tiroksin va triyodtironin gormonlari qonga ishlab chiqarib turiladi.
Qandli
diabet - me’da osti bezi Langergans orolchalaridan ishlab
chiqariladigan insulin gormonining yetarli bo'lmasligi tufayli qonda glyukoza
ko‘payib ketish holati.
Buning sababi qondagi glyukoza to'qimalarda to'la oVzlashtirilmaydi va
zahira uglevodlar glikogenga aylanmadi. Qonda ko‘p miqdorda bo'lgan
glyukoza siydik bilan chiqadi (glyukozuriya). Qandli diabet paytida siydikning
o‘zi ham ko'p ajraladi (sutkasida 6 litrgacha), organizmning ko'p suv yo‘qotishi
sababli bemor chanqaydi, tinkasi quriydi, oriqlab ketadi.
Qandsiz diabet
- gipofiz orqa bo‘lagining gipofunksiyasi, gormonlardan
antidiuretik gormon (vazopressin)ning kamligi natijasida yuzaga keladi.
Qandsiz diabet holatida ajratiladigan siydik miqdori ko‘payadi (sutkada 10-12
litr) va qattiq chanqash sodir bo'ladi, odam darmonsizlanib oriqlab ketadi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |